Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlariga qabul eʼlon qilindi!

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (110-450 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍38❤20
U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2025-yil 22-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

Foydali:

👉 Shu grant g'olibi bilan suhbat

@grantlar
👍25❤7
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2025-yil 5-iyundan 7-avgustgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 270 000 JPY (1764 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar
👍36❤8🔥1
Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 28 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍36❤15🔥11
Shveytsariya: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

ETH Student Summer Research Fellowship – ETH Zurich universitetining Kompyuter fanlari fakulteti tomonidan taklif etiladigan 2 oylik amaliyot dasturi.

Dasturda kompyuter fanlari va unga yaqinda aloqador sohalar (elektrotexnika, matematika, fizika va h.k) bo'yicha o'qiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnasha oladi.

Amaliyot 2025-yil 30-iyundan 29-avgustgacha boʻlib oʻtadi va ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Yashash va turar joy xarajatlari uchun 4600 dollar stipendiya.
– Viza va safar xarajatlari qoplanadi.
– Viza olish masalalari boʻyicha maʼlumot va maslahatlar beriladi.

Arizalar 2024-yil 16-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-student-summer-research-fellowship-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
👍45🔥11❤7
Dekabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil dekabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 1-dekabrda qabul tugaydigan dasturlar roʻyxati (jami 11 ta)

👉 Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening! (dedlayn: 5-dekabr)

👉 15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 6-dekabr)

👉 YPIP: Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati! (dedlayn: 8-dekabr)

👉 Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyada bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida grant asosida oʻqiydi! (dedlayn: 10-dekabr)

👉 LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi! (dedlayn: 12-dekabr)

👉 Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar! (dedlayn: 15-dekabr)

👉 Magistratura talabalari uchun Shveytsariyada 1 haftalik yozgi maktab; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 30-dekabr)

👉 Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 O'qish bepul bo'lgan Berea kollejida (AQSH) oʻqish imkoniyati (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 31-dekabr)

Noyabrda qabul tugaydigan dasturlarni BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍34❤6
International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Arizalar 2024-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.

@grantlar
👍52❤9
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1800 CHF (taxminan 2024 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2024-yil 1-dekabrgacha davom etadi (2025-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
👍23❤6🔥4
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2024-2025-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1456 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍20❤4
Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant; joy – 20 ta!

AQSHdagi Boston universiteti istalgan bakalavrlik dasturida oʻqish uchun Trustee Scholarship grantini taklif qiladi. Har yili taxminan 20 ta talaba bu grant bilan taqdirlanadi.

Grant mkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qiladi (4 yilgacha)
– Boshqa majburiy talabalik toʻlovlaridan ozod qiladi

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-bakalavr-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍34❤12🔥5
The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-19 yoshli oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn formatda va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar ekologik barqarorlikka oid ijobiy oʻzgarish olib keladigan yechim taklif qilishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– Mintaqaviy gʻolib (jami 7 ta): 12 500 dollar
– Yil pedagogi (3 nafar): 2500 dollar
– Yil mentori (3 nafar): 2500 dollar

Nomzodlar bu tanlovda qatnashish uchun 2024-yil 30-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-earth-prize-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilar-uchun-tanlov/

@grantlar
👍37🔥9❤7
Boston University Presidential Scholarship: AQSHda bakalavriatda oʻqish uchun qisman grant

Bu grant universitetda mavjud barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun taqdim etiladi.

Boston universiteti QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 108-oʻrinni egallab turibdi.

Grant miqdori: Bu grantni yutganlar kontrakt toʻlovining yarmini toʻlashdan ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yilda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
👍36❤6
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 2-oʻrin: 250 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍24🔥11❤9
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 8056 dollar stipendiya.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
👍24❤4🔥4
Obama fondining stipendiya dasturi: AQSHda 1 yillik taʼlim dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur oʻz sohasiga sezilarli hissa qoʻshgan yetakchilar uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar Kolumbiya universitetidagi 1 yillik malaka oshirish mashgʻulotlariga qatnashadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– 4 tagacha kurs uchun kontrakt summasi va boshqa badallar toʻliq qoplanadi.
– AQSHga borish kelish va boshqa tegishli safarlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
– Tibbiy, tish parvarishi va hayot sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 16-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/obama-foundation-scholars-program-fully-funded/

@granlar
👍51❤8
15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Bu dasturda qatnashish uchun 2007-yil 12-iyuldan 2010-yil 12-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilgan boʻlish kerak.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 6-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Foydali:

👉 Shu dastur gʻolibasi bilan suhbat

@grantlar
👍26❤16🔥9
Germaniya: Bakalavr va magistrlarga qisqa muddatli nemis tili kurslari uchun grant!

Kurslar har yili yozda Germaniya universitetlaridan birida oʻtkaziladi. Davomiyligi – kamida 18 oʻqish kuni.

Ariza topshirish vaqtida nemis tilidan kamida A2 daraja sertifikati talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 1192 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1275 yevro mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistratura-qisqa-muddatli-kurslar/

@grantlar
👍37❤9
YPIP: Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati!

Dasturga biznes yoki STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohalarida karyera qilishga ahd qilgan, ingliz tilini yetarli darajada biluvchi bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin.

Talaba hozirda Oʻzbekistondagi OTMda 3-4-kurs boʻlishi yoki 2025-yil may oyida OTMni yakunlashi kutilayotgan boʻlishi kerak.

Imtiyozlar:
– Butun dastur uchun muayyan miqdorda stipendiya beriladi
– Tasdiqlangan hollarda safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Amaliyot oʻtash (2025-yil yozda), mentorning onlayn seanslarida qatnashish, yangi tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur yakunida sertifikat va tavsiyanoma beriladi

Arizalar 2024-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-professional-internships-program/

@grantlar
👍34❤11
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍34❤6🔥6
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 100 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Qabul uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
👍51❤7🔥7