Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍25❤4🔥4
Lucerne Summer University: Magistratura talabalari uchun Shveytsariyada 1 haftalik yozgi maktab; barcha xarajatlar qoplanadi!

UNESCO homiyligidagi ushbu dasturda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 23-28-may kunlari Shveytsariyda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish mutlaqo bepul
– Toʻliq moliyaviy yordam mavjud: borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-lucerne-summer-university-ethics-in-a-global-context-lsue/

@grantlar
👍28❤5
Gollandiya: Dunyodagi 73-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2601 yevro chegirma.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi (o'qish 2025-yil sentabrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍28❤2
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
👍34❤11🔥1
Camp Rising Sun: 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh!

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil yozida AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Mashgʻulotlarda ishtirokchilar yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantiradi, bir-biridan oʻrganadi va tanishlar orttiradi.

Dastur boshlanishi vaqtida 15-16 yosh boʻlgan barcha ariza topshirishi mumkin, Til sertifikati talab etilmaydi.

Moddiy imtiyozlar:
– Ariza topshirish va qatnashish bepul
– AQSHga borish va qaytish uchun safar xarajatlari qoplab berilishi mumkin

Arizalar 2024-yil 27-noyabrdan 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/camp-rising-sun-15-16-yoshli-nomzodlar-uchun/

@grantlar
👍34❤11🔥4
Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2025-yil 21-iyuldan 11-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Oylik stipendiya beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
👍38❤10🔥1
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

Dastur 2025-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 4030 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1160 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabuli 2025-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
👍40❤8
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan, birinchi yoki oxirgi bosqich talabasi boʻlmagan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1683 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1346 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2025-yil 1-fevral soat tongi 04:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
👍23❤4🔥3
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to'liq grant va stipendiya!

Gollandiyadagi Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
– Shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlari, seminarlar, treninglar va h.k.larda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tu_delft_grant_msc/

@grantlar
👍24❤1
Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme: Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining 43 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 19 237 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi (qabul muddati yoʻnalishga qarab farq qiladi).

Maʼlumot uchun: THE reytingiga koʻra, Oksford universiteti 2024-yilda dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 1-oʻrinni egallab turibdi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
👍27❤6
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlari

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (110-450 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍38❤7
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Qabul muddatlari:
- 2024-yil 15-oktabrdan 2025-yil 1-fevralgacha
- 2025-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍28❤5
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2024-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
👍24❤22🔥1
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍38❤11🔥4
Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:
– AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
– G'olib maqolalar belgilangan talablarga mos bo'lsa, rasmiy nashrda chop etiladi

Maqolalar qabuli 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
❤19👍16🔥1
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
2👍19🔥18❤5
Germaniya ishqibozlari uchun maxsus post

Hozirda Germaniyada oʻqish, amaliyot oʻtash va malaka oshirishga oid bir nechta grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Quyidagi ularni eʼtiboringizga havola qilamiz.

1. Bakalavr va magistrlarga nemis tili kurslari uchun grant: Germaniyada kamida 18 oʻquv kuni davomida nemis tilini oʻrganish mumkin.

Oylik stipendiya, safar va sugʻurta xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.

Dedlayn: 2024-yil 1-dekabr

2.
Bakalavrlar uchun HZB yozgi amaliyot dasturi. Germaniyada 8 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi (ingliz tilida).

Stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.

Dedlayn: 2024-yil 31-dekabr

3. CCP Fellowships: 3 oygacha haq to'lanadigan trening. Talaba boʻlmaganlar uchun Germaniya va boshqa bir nechta davlatda malaka oshirish imkonini beradi (ingliz tilida).

Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Dedlayn: 2024-yil 5-dekabr

4. Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan DESY amaliyoti. Germaniyada 1,5 oy amaliyot oʻtash imkonini beradi (ingliz tilida).

Oylik stipendiya va bepul turar joy taʼminlanadi.

Dedlayn: 2025-yil 31-yanvar

5. Leaders for Future: 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar. kamida 18 yosh boʻlgan barcha uchun Germaniya amaliyot oʻtash imkonini beradi (ingiz yoki nemis tilida).

Ishtirokchilarga toʻliq va qismqan grantlar taklif qilinadi.

Dedlayn: 2024-yil 15-dekabr

6. Barcha bosqich talabalari uchun IES dasturi. Germaniyada 1 semestr davomida oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beradi (nemis yoki ingliz tilida).

Toʻliq va qisman grantlar taklif etiladi.

Dedlayn: 2024-yil 20-dekabr

7. Germaniyada oziq-ovqat kelajagi mavzusida Humboldt rezidensiya dasturi. Tadqiqotchilar, jurnalistlar, sanʼat sohasi vakillari, yozuvchilar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari uchun dastur (ingliz tilida).

Stipendiya, safar xarajatlar uchun mablagʻ va bepul turar joy taʼminlanadi.

Dedlayn: 2024-yil 9-dekabr

8. Kompyuter fanlari boʻyicha toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi. Soha boʻyicha bilim va/yoki tajribaga ega barcha uchun 12-14 haftalik amaliyot (ingliz tilida).

Oylik stipendiya, bepul turar joy va safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.

Dedlayn: arizalar yil boʻyi qabul qilinadi

@grantlar
👍50🔥9❤7
Bugundan qabul boshlandi

Camp Rising Sun: 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh!

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil yozida AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Mashgʻulotlarda ishtirokchilar yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantiradi, bir-biridan oʻrganadi va tanishlar orttiradi.

Dastur boshlanishi vaqtida 15-16 yosh boʻlgan barcha ariza topshirishi mumkin, Til sertifikati talab etilmaydi.

Moddiy imtiyozlar:
– Ariza topshirish va qatnashish bepul
– AQSHga borish va qaytish uchun safar xarajatlari qoplab berilishi mumkin

Arizalar 2024-yil 27-noyabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/camp-rising-sun-15-16-yoshli-nomzodlar-uchun/

Foydali:

👉 Ushbu dastur bo'yicha vakil bilan suhbat

@grantlar
👍35🔥4❤2
Obama fondining stipendiya dasturi: AQSHda 1 yillik taʼlim dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur oʻz sohasiga sezilarli hissa qoʻshgan yetakchilar uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar Kolumbiya universitetidagi 1 yillik malaka oshirish mashgʻulotlariga qatnashadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– 4 tagacha kurs uchun kontrakt summasi va boshqa badallar toʻliq qoplanadi.
– AQSHga borish kelish va boshqa tegishli safarlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
– Tibbiy, tish parvarishi va hayot sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 16-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/obama-foundation-scholars-program-fully-funded/

@granlar
👍48❤13🔥3
Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!

Coe College oliygohi istalgan bakalavriat dasturida o'qish uchun Global Leadership Scholarship grantini taklif qiladi. Grant har yili 1 nafar xorijlik talabaga beriladi.

Grant miqdori: Grant universitetda o'qish pulini (tuition fee) to'liq qoplaydi.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/coe-college-aqshda-bakalavriat-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍33❤5🔥3