Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
👍22❤7🔥1
NIGINTERN 2025: Yaponiyada talabalar uchun amaliyot dasturi; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!

Ushbu dasturga hozirda bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi kursidan oldingi kursda oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2025-yil 13-iyundan 24-iyulgacha Yaponiyada oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dastur imtiyozlari:
– Yaponiyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Yaponiyadagi aeroportdan institutgacha yetib olish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminlandi.
– Dastur yakunida sertifikat taqdim etiladi.
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 6-dekabrdan 2025-yil 6-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nigintern-yaponiyada-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍37❤5
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2024-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
👍40❤13
Yanvarda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2025-yil yanvar oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Princeton universitetining bakalarviat uchun toʻliq grant dasturi! (dedlayn: 1-yanvar)

👉 Gollandiya magistratura kurslari uchun 28 ta qisman grant! (dedlayn: 1-yanvar)

👉 Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya! (dedlayn: 5-yanvar)

👉 Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi (dedlayn: 5-yanvar)

👉 Yaponiyada talabalar uchun amaliyot dasturi; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 6-yanvar)

👉 TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 7-yanvar)

👉 Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 7-yanvar)

👉 Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 5-raqamli universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant! (dedlayn: 7-yanvar)

👉 Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 7-yanvar)

👉 Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 9-yanvar)

👉 Camp Rising Sun: 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh! (dedlayn: 15-yanvar)

👉 Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlari (dedlayn: 15-yanvar)

👉 Shvetsiya: Uppsala universitetining magistratura dasturlarida o'qish uchun 100% lik grant! (dedlayn: 15-yanvar)

👉 AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati! (dedlayn: 15-yanvar)

👉 American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq! (dedlayn: 23-yanvar)

👉 Bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab! (dedlayn: 31-yanvar)

👉 Bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi! (dedlayn: 31-yanvar)

👉 Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi! (dedlayn: 31-yanvar)

👉 Niderlandiya: Xalqaro huquq sohasidagi yozgi kurslar uchun grantlar! (dedlayn: 31-yanvar)

👉 Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 31-yanvar)

👉 Ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 31-yanvar)

Dekabrda qabul tugaydigan dasturlarni BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍44❤11🔥1
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2025-yil 5-iyundan 7-avgustgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 270 000 JPY (1764 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar
👍34❤9🔥1
Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Mentor kim?

Kurs mashgʻulotlari Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlar, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish uchun 2025-yil 10-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kursning narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
👍40❤8🔥7
Qozog'iston: maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun bepul yozgi maktab; turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!

Molekulyar va nazariy biologiya yozgi maktabiga maktabning 8-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki rus tilida topshiriladi. Qabul qilinganlar 2025-yil iyul-avgust oylarida Qozog'istondagi yozgi maktab mashgʻulotlarida qatnashadi. Mashgʻulotlar 18 kun davom etadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi
– Viza olish xarajatlari qoplanadi (agar viza talab etilsa)
– Borish va kelish xarajatlari qisman yoki toʻliq qoplanishi mumkin

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/school-of-molecular-and-theoretical-biology/

@grantlar
👍36🔥8❤6
Shveytsariya: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

ETH Student Summer Research Fellowship – ETH Zurich universitetining Kompyuter fanlari fakulteti tomonidan taklif etiladigan 2 oylik amaliyot dasturi.

Dasturda kompyuter fanlari va unga yaqinda aloqador sohalar (elektrotexnika, matematika, fizika va h.k) bo'yicha o'qiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnasha oladi.

Amaliyot 2025-yil 30-iyundan 29-avgustgacha boʻlib oʻtadi va ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Yashash va turar joy xarajatlari uchun 4600 dollar stipendiya.
– Viza va safar xarajatlari qoplanadi.
– Viza olish masalalari boʻyicha maʼlumot va maslahatlar beriladi.

Arizalar 2024-yil 16-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-student-summer-research-fellowship-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
👍27❤7🔥7
U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2025-yil 22-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

Foydali:

👉 Shu grant g'olibi bilan suhbat

@grantlar
👍36❤14🔥8
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 8056 dollar stipendiya.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
👍32❤8🔥7
HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavriat talabalariga 2025-yil 7-iyuldan 29-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

F
izika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, muhandislik, hayot haqidagi yoki atrof-muhit fanlari yoxud shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1900 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 800 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
👍42❤6
UTRIP: Bakalavrlar uchun Yaponiyaning Tokio universitetida haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Bu dasturga tabiiy fanlar yoki ularga aloqador sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot mashgʻulotlari 2025-yil 25-iyundan 5-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida). Amaliyot davomida ishtirokchilar tegishli laboratoriyalardagi tadqiqotlarda qatnashadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 1330 dollargacha bir martalik mablagʻ
– Bepul turar joy taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrip-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍43🔥7❤6
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2025-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
👍53❤8🔥5
Are you a 9TH GRADER eager to turn your big ideas into real projects?

✨ Not sure how to get started?
No worries—this is your chance!

Join the Oxiana Fellowship! 💻
This amazing 4-month program is designed to help you bring your unique project ideas to life. You’ll gain essential life skills, grow alongside driven peers, and learn from inspiring international mentors who will guide you every step of the way.

Who can apply?
✅ Open to students from all countries
✅ For 9th-grade students
✅ Functional English proficiency

🌟 Don’t miss out on this life-changing opportunity—apply today!

APPLY NOW!

🗓Deadline to apply: 22.12.2024

Learn more about the Oxiana Fellowship.
👍26❤13🔥5
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2025-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 104 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2025-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍50❤8
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍28❤2
TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

5 haftalik malaka oshirish kursi 2025-yil sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish hamda AQSHdagi mahalliy parvozlar aviachiptalari olib beriladi.
– San-Fransisko va Vashingtondagi dasturlar davomda bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar taʼminlandi.
– Mezbon kompaniyalar, jamoat tadbirlariga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/techwomen-xotin-qizlar-uchun-aqshda-5-haftalik-dastur-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍25❤15🔥15
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Biomedical Sciences, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics Computer Science and Numerical Sciences, Neuroscience, Pharmacy, Physics, Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 11 200-16 700 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun 600 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2025-yilning yanvar oyida boshlanadi va 2025-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
👍34❤6🔥5
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
👍37❤1
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍32❤13🔥2