Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Cambridge LC va Najot Ta'lim markazlaridan “Kelajak yoshlari” granti: umumiy qiymati 2,2 mlrd so‘m!

Bu grant dasturida kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan va grantga haqiqatdan ham muhtoj 16 yoshdan 24 yoshgacha yoshlar qatnashishi mumkin

Imtiyozlar
Grant doirasida 100 nafar yigit qiz 1 yil davomida ingliz tili va zamonaviy kasblardan bepul ta'lim olishi mumkin bo'ladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun arizalar 2025-yil 20-mart soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/kelajak-yoshlari-granti/

@grantlar
👍58❤16🔥13
Chexiyada fizika sohasida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) fizika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PPTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-physics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍34❤6
Ijtimoiy himoya milliy agentligidan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi

Tanlovda Oʻzbekiston hududidagi oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat va magistratura bosqichining oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Tanlovga ijtimoiy himoya mavzularidagi bitiruv malakaviy ishlari va dissertatsiyalar qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: Noutbuk
– 2-oʻrin: Plaud
– 3-oʻrin: Planshet

Ishtirok etish uchun arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ijtimoiy-himoya-milliy-agentligidan-tanlov/

@grantlar
👍21❤5🔥2
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍35❤16🔥7
International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 75 ta!

Sheffild universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun qisman grantlar taklif etmoqda. Grantlar 2024-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun beriladi.

Grant imtiyozi: Grant kontrakt summasi uchun 10 000 funt-sterling chegirma qiladi. Jami 75 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 12-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-merit-postgraduate-scholarship-britaniyada-magistraturani-oqish-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
👍31❤4🔥1
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍38❤10
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍23❤14
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1432 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 781 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
👍34❤5
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Joriy qabul muddati:
- 2025-yil 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍21🔥12❤7
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2025-yil 15-apreldan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
❤12👍11🔥4
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti odatda har yili jami 400-420 nafar talabani (300 nafar magistr, 100-120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 5.5 yoki TOEFL iBT 72 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (450-840 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2025-yil 7-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2025-yil 1-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍46❤9
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2025-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍25❤10🔥3
Kanada: dunyoning 30-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3500 dollargacha grant

Arizalar 2025-yil iyun oyi boshidan 20-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2026-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍47❤14🔥6
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2025-yil 30-aprel, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
👍31🔥13❤10
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍23❤4
Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarida (ingliz tilida) oʻqishni xohlovchilarga CSTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/chexiya-magistratura-va-bakalavriat-uchun-grant-dasturi/

@grantlar
👍37❤1🔥1
Ispaniyada talabalar uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi

Dasturda biotibbiyot va hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) bo‘yicha tahsil olayotgan yuqori kurs talabalari qatnashishi mumkin. Qabul qilinganlar 2025-yil 23-iyundan 14-avgustgacha CNIO laboratoriyalarida tajriba orttiradi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul.
– Madridga borish va qaytish uchun chipta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul nonushta va tushlik bilan ta’minlanadi.
– Favqulodda holatlar boʻyicha sug’urta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ispaniyada-talabalar-uchun-8-haftalik-yozgi-tadqiqot/

@grantlar
👍20🔥11❤2
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍31❤10
Barcha bosqich talabalari, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar!

Latviya hukumati 2025-yilning yozida Latviyada oʻtkaziladigan 6 ta yozgi maktab uchun grantlar taqdim etmoqda. Maktablar ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant yutib olganlarga 1000 yevro mablagʻ ajratiladi va bu mablagʻ quyidagilarni toʻliq qoplaydi:
– Maktabga qatnashish haqi
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Seminar va maʼruzalar
– Ekskuriyalar
– Va boshqa madaniy tadbirlar

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/talabalar-va-otm-xodimlariga-latviyada-yozgi-kurslar-uchun-711-yevro-grant/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning hujjatlari

@grantlar
👍32❤4🔥1
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍36❤16🔥2