Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍31❤10
Barcha bosqich talabalari, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar!

Latviya hukumati 2025-yilning yozida Latviyada oʻtkaziladigan 6 ta yozgi maktab uchun grantlar taqdim etmoqda. Maktablar ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant yutib olganlarga 1000 yevro mablagʻ ajratiladi va bu mablagʻ quyidagilarni toʻliq qoplaydi:
– Maktabga qatnashish haqi
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Seminar va maʼruzalar
– Ekskuriyalar
– Va boshqa madaniy tadbirlar

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/talabalar-va-otm-xodimlariga-latviyada-yozgi-kurslar-uchun-711-yevro-grant/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning hujjatlari

@grantlar
👍32❤4🔥1
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍36❤16🔥2
Goi tinchlik fondi insholar tanlovi tugatildi

Goi tinchlik fondi 25 yil davomida har yili oʻtkazib kelingan insholar tanlovi tugatilganini eʼlon qildi.

Mazkur tanlov butun dunyodagi 25 yoshgacha boʻlgan nomzodlar uchun moʻljallangan edi. Tanlov gʻoliblari pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlangan.

Mazkur tanlovda oʻzbekistonlik yoshlar ham faol qatnashib kelgan va turli sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan, oxirgi tanlovda (2024-yil) Yoshlar kategoriyasi boʻyicha Grantlar.uz loyihasi aʼzosi Adhamjon Jannobiddinov 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Adhamjonning gʻolib inshosini BU YERDA oʻqishingiz mumkin.

Shunday qilib, afsuski, oʻzbek yoshlari ham har yili qatnashishi mumin boʻlgan insholar tanlovlari soni bittaga kamaydi.

@grantlar
👍34❤9🔥1
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing
– Software Engineering and Internet Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍28❤4🔥4
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1700 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 13 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1700 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 27-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
👍43❤10🔥6
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2025-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍27❤7🔥5
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 2-oʻrin: 250 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍23❤4🔥3
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 100 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤21👍19
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
👍31❤20🔥8
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2025-yil 13-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
👍30🔥8❤7
Birlashgan Arab Amirliklaridagi Khalifa University oliygohida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar!

Universitetdagi istalgan magistratura yoki doktorantura sohalari, shu jumladan, tibbiyot sohasi uchun ham bir necha turdagi toʻliq grantlar taklif etiladi.

Grantlarning baʼzilari kontrakt, borish-kelish, turar joy, tibbiy sugʻurta, xalqaro konferensiyalarga qatnashish xarajatlarini qoplashdan tashqari oyiga 5450 dollargacha stipendiya taqdim etadi.

Arizalar 2025-yil 14-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khalifa-university-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant-stipendiya-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍44❤14
Saudiya Arabistonida talabalar uchun 4 haftalik to'liq moliyalashtiriladigan yozgi tadqiqot dasturi

Bu dasturga elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, fizika yoki aloqador sohalarda ta’lim olayotgan magistrlar, bakalavriatning oxirgi kurs talabalari va yaqinda bakalavriatni tamomlaganlar ariza topshira oladi.

Mashgʻulotlar 2025-yil 1-31-iyul kunlari KAUST universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Stipendiya
– Viza  va logistika xarajatlarida yordam
– Bepul turar joy
– Dunyo darajasidagi tadqiqot resurslari va uskunalaridan foydalanish imkoniyati
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2025-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/photonics-summer-camp/

@grantlar
👍37❤10
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2025-yil 12-iyungacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
👍36❤8🔥1
The Geneva Challenge 2025 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishdagi qiyinchilar boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 160 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5600 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2800 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 1-may, soat 02:59.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
1👍28❤10
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 10 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 10 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2025-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2025-yil 24-may, 19:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
👍31❤10
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
👍22❤6🔥5
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍34❤11🔥3
PURE: Turkiyaning Sabachi universitetida 8 haftalik amaliyot – xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga hozirda bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Ishtirokchilar mavjud 48 ta tadqiqot loyihasidan birda faoliyat olib boradi, seminarlar, ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashadi.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 7-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlari:
– Barcha ishtirokchilar bepul turar joy va maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi
– 30 nafar ishtirokchi 240 dollar oylik stiepndiya, borish-kelish uchun bepul chipta bilan taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil, 11-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/program-for-undergraduate-research-pure/

@grantlar
👍51❤15🔥2
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍35🔥6❤5