Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
50 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 10 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 10 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2025-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2025-yil 24-may, 19:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
👍31❤10
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
👍22❤6🔥5
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍34❤11🔥3
PURE: Turkiyaning Sabachi universitetida 8 haftalik amaliyot – xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga hozirda bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Ishtirokchilar mavjud 48 ta tadqiqot loyihasidan birda faoliyat olib boradi, seminarlar, ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashadi.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 7-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlari:
– Barcha ishtirokchilar bepul turar joy va maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi
– 30 nafar ishtirokchi 240 dollar oylik stiepndiya, borish-kelish uchun bepul chipta bilan taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil, 11-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/program-for-undergraduate-research-pure/

@grantlar
👍51❤15🔥2
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍35🔥6❤5
Westlake University: Xitoyda 6 haftalik bepul yozgi tadqiqot, bepul yotoqxona va 340 dollar stipendiya

Dastur bakalavr va magistratura talabalari hamda shu bosqichlarni yaqinda tamomlaganlar uchun mo'ljallangan.

Mashg'ulotlar 2025-yil 14-iyuldan 22-avgustgacha Xitoyning Hangzhou shahrida bo'lib o'tadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Bepul yotoqxona
– Bir martalik 2475 RMB (taxminan 341 AQSh dollari) stipendiya.

Arizalar 2025-yil 14-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/westlake-university-program

@grantlar
👍34❤9
🇰🇷KANGWON NATIONAL UNIVERSITY: Kuzgi semestr 1-raund qabuli

Suhbat asosida qabul!

📍Shahar: Seul va Kangwon-do
🐱Reyting: QS-1001
💸Application fee: 50 000 won
🪪Viza turi: Oddiy viza, E-Viza
❤️Kontrakti: 1,698,000-4,126,000won
📌Talablar: TOPIK 3, IELTS 5,5, TOEFL 74
🎓Bosqich: Bakalavr, Magistratura va PhD
📚Yo'nalishi:
– English track - Global bizness
– Korean track - Barcha yo'nalish

Scholarship:
Magistratura:
– IELTS 6.5/TOPIK 4 – 40%
– IELTS 7.0/TOPIK 5 – 50%
Bakalavr:
– IELTS 6.5/TOPIK 4 – 60%
– IELTS 7.0/TOPIK 5 – 100%

❗️Dedlayn: 15-aprel

Suhbat sanasi va manzili:
15.04 - Samarqand
16.04 - Toshkent
17.04 - Andijon
18.04 - Namangan
19.04 - Toshkent

Murojaat:
+998781139303

➡️ ROʻYXATDAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
❤️INSTAGRAM ❤️TELEGRAM
❤️FACEBOOK ❤️YOU TUBE
😀Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤12🔥6
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2025-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍23❤7🔥1
Xitoyda barcha bosqich talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriladigan yozgi maktab

Yer fanlari, atrof-muhit fanlari, ekologiya, biologiya, kimyo, fizika/mexanika yoki tegishli sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari qatnashishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar:
– Registratsiya, ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta taʼminlanadi
– Eng yaxshi nomzodlarga xalqaro safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Maxsus sertifikat va boshqalar

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ucas-summer-school/

@grantlar
👍25❤21🔥3
Worldpackers: Dunyo bo'ylab sayohat qilishning kamxarj usuli

Qanday qilib kamroq pul sarflab, ko'proq sayohat qilsam ekan, deb o'ylanayotganlar uchun maxsus maqola.

Ushbu maqolada Yevropa va Osiyo bo'ylab deyarli bepul sayohatga chiqqan o'zbek qizi oʻzining shaxsiy tajriba va tavsiyalari bilan bʻ'lishadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/worldpackers-dunyo-boylab-bepul-sayohat/

@grantlar
👍41❤14🔥9
Tarjimonlar uchun Toshkentda haq to'lanadigan volontyorlik dasturi

Dastur tarjima, tilshunoslik, filologiya va shunga teng yo'nalishda bakalavr darajasiga ega va ingliz, rus hamda o'zbek tillarini a'lo darajada biladigan mutaxassislarga mo'ljallangan.

Xizmat joyi: Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi.

Moddiy imtiyozlar:
Volontyor oyiga 554 AQSh dollari to'lov va boshqa moddiy manfaatlar bilan ta'minlanadi.

Arizalar 2025-yil 13-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/toshkentda-bmt-tomonidan-haq-tolanadigan-volontyorlik/

@grantlar
👍45🔥42❤15
🇰🇷 JOONGBU UNIVERSITY
📣Kuzgi semestr qabuli

JOONGBU UNIVERSITETI vakillari suhbat asosida KUZGI QABUL uchun kelmoqda.

📍Shahar: SEUL (Goyang Campus) va Daejeon (Chuncheong Campus)
💸Application Fee:
– Bakalavr - 0
– Magistr - 30 000 won
– PhD - 50 000 won
🪪Visa turi: D-2-2, D-2, D-4, E-Visa

Yo'nalishi:
-> Bakalavr
English Track:
1. International Trade
2. Hotel Business Major
3. Health Administration
Koreyan Track - bo'yicha barcha yo’nalishlar
-> Magistratura
English Track:
1. Future Automotive Engineering
2. Smart Farm
3. International Trade
Koreyan Track - bo'yicha barcha yo’nalishlar
-> Doktorantura
English Track:
1. International Trade
Korean Track - bo'yicha barcha yo’nalishlar

💰Scholarship:
IELTS 5.5 + — TOPIK 3 -> 30%
TOPIK 4 -> 40%
TOPIK 5 -> 50%
TOPIK 5 -> 60%

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa, VIZA chiqish ko'rsatgichi 💯 gacha

❗️Dedlayn: 20-aprelgacha

📆Subbat sanasi va manzili:
- 22.04.2025 – Farg'ona
- 23.04.2025 – Andijon
- 24.04.2025 – Namangan
- 25.042025 – Toshkent
- 26.04.2025 – Buxoro
- 28.04.2025 –Samarqand
- 29.042025 – Toshkent

Murojaat:

+998781139303

➡️ ROʻYXATDAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
❤️INSTAGRAM ❤️TELEGRAM
❤️FACEBOOK ❤️YOU TUBE
😀Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55❤8🔥5
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
👍28🔥10❤4
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2025-yil 30-aprel, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
👍45❤12🔥10
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2025- yoki 2026-yil bitiradiganlar yoki 2024-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2025-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍37❤9🔥1
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Joriy qabul muddati:
- 2025-yil 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍34❤6
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2025-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
👍49❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Maqsad orzuligicha qolmaydi, Toʻgʻri tanlov qilsang bas!

📢SILK ROAD ACADEMY bilan Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida tahsil oling.

🪪Bizdagi VIZA natijalari bilan tanishing

1. 강원대학교 / Kangwon National University 33
2. 공주대학교 / Kongju National University 1
3. 김천대학교 / Gimcheon University 2
4. 남서울대학교 / Namseoul University 23
5. 대신대학교 / Daeshin University 5
6. 목원대학교 / Mokwon University 19
7. 서일대학교 / Seoil University 4
8. 중부대학교 / Joongbu University 114
9. 중원대학교 / Jungwon University 9

🏆Samarqand shahridagi “Silk Road Academy” (SISRA) jamoamiz bilan 314 nafar talabaga VIZA olishda koʻrmaklashdik.
Bu talabalar qatorida siz ham bo'lishingiz mumkin.

Hoziroq biz bilan bo'g'laning
📞+998781139303
👩‍💻@SilkRoad_Academy3

Universitetlar haqida batafsil ma'lumot telegram kanalimizda⬇️
✅TELEGRAM ✅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤10🔥5
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
🔥22👍15❤4
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1700 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 13 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1700 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 27-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
👍28❤10🔥9