Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
50 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
The Geneva Challenge 2025 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishdagi qiyinchilar boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 160 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5600 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2800 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 1-may, soat 02:59.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
👍31❤1🔥1
Dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri – MEXT (Research Student) grantiga qabul boshlandi!

Mazkur grant Yaponiyada magistratura yoki doktoranturada istalgan soha bo'yicha oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
– 1020 AQSH dollarigacha miqdorda oylik stipendiya beriladi.
– Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Nomzod oʻqish uchun ingliz yoki yapon tilini tanlashi mumkin.

Qabul 2025-yil 23-may soat 17:00 gacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/magistratura-uchun-yaponiyaning-mext-stipendiyasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
👍35🔥7❤5
MEXT Undergraduate Students: Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant va oylik 820 dollar stipendiya!

Bu dastur Yaponiyada deyarli barcha sohalar boʻyicha bakalavriat bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Talaba ingliz yoki yapon tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
– 820 AQSH dollari miqdorda oylik stipendiya beriladi.
– Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Arizalar 2025-yil 23-may 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-talaba-dasturi-yaponiyada-bakalavriatni-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-11000-dollar-stipendiya/

@grantlar
❤20👍13🔥4
Bugun Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun “MEXT Undergraduate Students” toʻliq granti post joylagandik.

Grantlar.uz jamoasi mazkur grantni qoʻlga kiritgan va hozirda Yaponiyada tahsil olayotgan hamyurtimiz – Azimov Sarvar bilan suhbat qilgan.

Sarvar suhbatda bu grantga qabul jarayoni va uni qo'lga kiritish borasidagi qimmatli tajribasi bilan bo'lishgan.

Suhbatni quyidagi havol orqali oʻqishingiz mumkin👇
https://grantlar.uz/blog/yaponiyada-oqish-uchun-mext-talaba-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍25❤15
📣Kuzgi semestr E-VISA qabuli
🇰🇷 JOONGBU UNIVERSITY

Siz bilgan va ishongan JOONGBU UNIVERSITETI vakillari KUZGI QABUL uchun kelishmoqda.

📍Shahar: SEUL (Goyang Campus) va Daejeon (Chuncheong Campus)
🪪Visa turi: D-2-2, D-2, D-4, E-Visa
D-2-2 — Bakalavr - Topik3+
- IELTS 5.5+
D-2 - Magistr/PhD - Topik3+
- IELTS 5.5+
D-4 —— Til kursi - Topik1/2
E-Visa —Master - Topik3+
- IELTS 5.5+

🎓Yo'nalishi:
🟠Bakalavr
🟠Magistratura
🟠Doktorantura

💲SCHOLARSHIP

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa, VIZA chiqish ko'rsatgichi 💯

⚠️Qabullar boshlangan, zudlik bilan SILK ROAD ACADEMYASI xodimlariga aloqaga chiqing.

❗️Deadline: 21-aprel

📆SUHBAT SANALARI VA MANZILLARI

📞Bog'lanish
+998781139303

➡️ REGISTRATSIYADAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
❤️INSTAGRAM ❤️TELEGRAM
❤️FACEBOOK ❤️YOU TUBE
😀Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤6🔥4
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍37❤11🔥1
Amerika elchixonasi tomonidan xarajatlari qoplanuvchi “English for IT 2025” yozgi oromgoh dasturi

Dasturda Nukus, Buxoro, Fargʻona, Samarqand va Toshkentda yashovchi 9-10-sinf maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Qabul qilinganlar tegishli shaharlarda 17 kun davomida ingliz tilini yaxshilash, IT koʻnikmalarini va ijtimoiy koʻnikmalarni yaxshilash mashgʻulotlarida qatnashadi (ingliz tilida).

Manfaatli jihatlari:
– Dastur bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi
– Mahalliy va amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan mashgʻulotlarda qatnashish

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/english-for-it/

@grantlar
👍50❤12🔥4
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
👍34❤9
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍32🔥14❤4
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍42❤9🔥6
☄️Janubiy Koreyada o‘qish orzungizmi? Uni bugun ro‘yobga chiqaring!

📌NAMSEOUL UNIVERSITY – hamyonbop, oson va samarali yo‘l bilan BAKALAVR, MAGISTRATURA va PhD bosqichlarida tahsil olish imkoniyati aynan SIZ uchun!

💵Siz uchun maxsus bonuslar:

IELTS 5.5 – 25% chegirma
TOPIK 3 – 25%
TOPIK 4 – 40%
TOPIK 5/6 – 40% + 500,000 WON stipendiya!


🔄Yo'nalishlar va nega aynan bu universitetni tanlashingiz kerakligi haqidagi o'zingizni qiziqtirgan savollarga TELEGRAM KANALIMIZDA javob topasiz.

🔜 Suhbatga yozilish uchun oxirgi muddat: 30-APREL!

⚠️SHOSHILING, JOYLAR SONI ATIGI 10 ta

Ro‘yxatdan o‘tish:
+998-95-264-07-00
@SilkRoad_Academy2

😮O‘qish. Ishlash. Rivojlanish. O‘z orzularingizni Koreyada ro‘yobga chiqaring.

NAMSEOUL UNIVERSITY bilan bu yo‘l – ENDI OSON!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2🔥1
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1700 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 13 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1700 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 27-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
👍19❤9
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍32❤9
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Marketing in the AI Era: Insights, Engagement, Innovation. Yozgi maktab 2025-yil 10-24-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
👍30❤15
Worldpackers: Dunyo bo'ylab sayohat qilishning kamxarj usuli

Qanday qilib kamroq pul sarflab, ko'proq sayohat qilsam ekan, deb o'ylanayotganlar uchun maxsus maqola.

Ushbu maqolada Yevropa va Osiyo bo'ylab deyarli bepul sayohatga chiqqan o'zbek qizi oʻzining shaxsiy tajriba va tavsiyalari bilan bʻ'lishadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/worldpackers-dunyo-boylab-bepul-sayohat/

@grantlar
👍32❤12🔥8
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga alohida mukofot
– En ommabop 10 ta ish muallifiga alohida mukofot
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2025-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍25❤9🔥8
Central Asian Youth Simulation 2025: Markaziy Osiyo va Afg‘onistondan bo'lgan yoshlar uchun 2 kunlik dastur

Dasturda Ingliz tilida soʻzlasha oladigan 9-11-sinf maktab o’quvchilari hamda universitet talabalari qatnashishi mumkin.

Dastur dastlab Toshkent, Bishkek va Dushanbedagi mashgʻulotlar, keyinchalik (2025-yil 31-may – 1-iyun) Qozogʻistondagi Grand finaldan iborat.

Manfaatli jihatlar:
– Seminarlar, muhokama va boshqa mashgʻulotlar orqali malaka oshirish
– Ishtirok etish bepul
– Qozogʻizdagi Grand finalga chiqqanlar uchun safar va yashash xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat va boshqalar

Arizalar 2025-yil 14-may, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asian-youth-simulation/

@grantlar
👍49❤14🔥8
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
👍22❤10
Youth Vision Debate Tournament 2025: Markaziy Osiyo va Afg‘onistondan bo’lgan oʻquvchi va talabalar uchun munozara musobaqasi

Ushbu dastur mashgʻuloarlari 2025-yil 8-9-iyun kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Dasturda Markaziy Osiyo mamlakatlari yoki Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan 10–11-sinf o‘quvchilari va universitet talabalari qatnashishi mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– Yetakchilik, jamoada ishlash va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish
– Yangi do‘stlar orttirish
– Yoʻl va yashash xarajatlari qoplanadi
– Rasmiy sertifikat

Arizalar 2025-yil 24-may 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-vision-debate-tournament/

@grantlar
👍38❤9🔥6