Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
50 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi (2025-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
👍33❤8
Top 100 Uni Camp: Top universitetlarga topshirmoqchi boʻlganlar uchun 1 haftalik yozgi lager

Toshkent viloyatida oʻtkaziladigan ushbu lagerda top universitetlarga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan maktab yoki akademik litsey/kollej o‘quvchilari va magistraturaga tayyorlanayotgan bakalavrlar qatnashishi mumkin.

Imkoniyatlar:
– Oʻzbekiston fuqarolari uchun qatnashish bepul, chet ellik fuqarolar uchun qatnashish haqida grantlar mavjud
– Motivatsiya xati yozish, suhbatlarga tayyorgarlik va stipendiya izlash kabi mashgʻulotlar
– Yangi doʻstlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/top-100-uni-camp/

@grantlar
👍70❤27🔥8
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2025-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍25❤7
Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta!

Bu dastur doirasida Qozogʻistondagi 37 ta universitetda, istalgan bosqich va yoʻnalishda oʻqish uchun grant yutib olish mumkin.

Nomzod qaysi tilni bilishiga qarab, ingliz, rus yoki qozoq tilida oʻqitiladigan dasturni tanlay oladi.

Arizalarni ingliz, rus yoki qozoq tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qozogiston-bakalavriat-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-qozogiston-hukumati-grantlari/

@grantlar
👍32❤7
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍29❤6🔥3
KAIST EE Camp 2025: Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi oromgoh!

Dasturga KAIST universitetida elektrotexnika boʻyicha magistraturani oʻqishga qiziquvchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil 25-26-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va qaytish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 23-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-ee-camp-koreyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-yozgi-oromgoh/

@grantlar
👍25❤9🔥2
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍28🔥8❤5
11- sinf bitiruvchilari albatta bilishi kerak!

📢Endi 11- sinf bitiruvchilari ham KDB bank hisobisiz Janubiy Koreyaning top universitetlari talabasi bo'lishi mumkin.

Bu universitetga topshirishning o'ziga xos qulayliklari mavjud.
– Istalgan yo'nalishga topshirish mumkin
– 100% gacha Scholarship
– 2 000 000 vongacha stipendiya
– Qulay va arzon yotoqxona
– Viza chiqish foizi yuqori

Viza uchun:
– 1 oylik KDB bank schyoti kerak emas
– Ota-ona yillik daromadi so'ralmaydi
– Tugʻilganlik haqida guvohnoma va ota-ona pasportlari kerak emas
– Viza to'lovi
– Firma to'lovi
Talablar:
Topik 3 / IELTS 5.5 va undan yuqori

❗️Universitet vakillari bilan suhbat kuni: 01.05.2025

‼️Atiga 10 nafar talaba qabul qilinadi.

Hoziroq biz bilan bo'g'laning

📞+998952620505
📝@Konkuk_Guide

❗️BU MUHIM: Universitet dunyoda top 721-730 talikka kiradi.
👍36❤8🔥2
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2025-yil 25-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
👍42❤21🔥7
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
❤20👍17
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing
– Software Engineering and Internet Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍34❤11🔥1
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 130 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun taxminan 130 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2025-yil 3-iyundan 16-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2025-yil 1-apreldan 2-iyungacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
👍41❤27
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti odatda har yili jami 400-420 nafar talabani (300 nafar magistr, 100-120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 5.5 yoki TOEFL iBT 72 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (450-840 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2025-yil 7-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2025-yil 1-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍36❤11
Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 7 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!

Tanlovga tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar)
– Kattalar (15 yosh va undan kattalar)

Mukofotlar:
– Kattalar kategoriyasida “Yil surati” egasi 7000 yevro, bolalar kategoriyasi gʻolibi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
– Kattalar kategoriyasida yana 4 nafar sovrindorning har biri 1000 yevrodan pul mukofoti bilan taqdirlanadi
– Barcha gʻoliblar 2025-yil sentabrda Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Borish-kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Suratlar 2025-yil 18-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-peace-photo-award/

@grantlar
👍35❤8
“Samarqand noni” tanlovida gʻolib boʻling va 5 625 000 soʻm yutib oling!

Samarqand viloyati hokimligi “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichi uchun eng yaxshi belgi (logotip) tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovda grafik dizaynerlar, rassomlar, illyustratorlar, reklama sohasi vakillari va kreativ yurak egalari (yuridik va jismoniy shaxslar) qatnashishi mumkin.

Mukofot: Gʻolib bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti (5 625 000 soʻm) bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 10-may, soat 24:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/samarqand-noni-logotipi-tanlovi/

@grantlar
👍49❤14
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2025-yil 10-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
👍34❤11
Yovvoyi tabiatga oid fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 18 yosh va undan kattalar
– 18 yoshdan kichiklar

Ishtirokchilar biologik xilma-xillik va yovvoyi tabiat yashash muhitining tiklanishi aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
– 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi gʻolibiga 1000 GBP (1291 AQSH dollari)
– 18 yoshdan kichiklar kategoriyasi gʻolibiga 500 GBP (645 AQSH dollari)

Arizalar 2025-yil 19-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tabiatni-suratga-tushirishni-yoqtirasizmi-fotosuratlaringiz-bilan-tanlovda-ishtirok-etib-1000-funt-sterling-yutib-oling/

@grantlar
👍33❤1
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2414 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (754 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1131 dollar).

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍21❤10🔥1
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
🔥19👍15❤10
Qabul muddati 15-maygacha uzaytirildi

Amerika elchixonasi tomonidan xarajatlari qoplanuvchi “English for IT 2025” yozgi oromgoh dasturi

Dasturda Nukus, Buxoro, Fargʻona, Samarqand va Toshkentda yashovchi 9-10-sinf maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Qabul qilinganlar tegishli shaharlarda 17 kun davomida ingliz tilini yaxshilash, IT koʻnikmalarini va ijtimoiy koʻnikmalarni yaxshilash mashgʻulotlarida qatnashadi (ingliz tilida).

Manfaatli jihatlari:
– Dastur bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi
– Mahalliy va amerikalik mutaxassislar tomonidan olib boriladigan mashgʻulotlarda qatnashish

Arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/english-for-it/

@grantlar
👍37❤14🔥7