Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
50 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍34❤13
Global Essay Prize 2025: 19 yoshgacha bo’lgan o‘quvchi va talabalar uchun xalqaro insholar tanlovi

Jon Lok instituti tomonidan oʻtkaziladigan ushbu tanlovda 19 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi va talabalar tegishli mavzulardan biri boʻyicha ingliz tilida yozilgan insho bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrindorlar Jon Lok instituti yozgi maktablarida qatnashish uchun 1000 dollardan 10 000 dollargacha stipendiya bilan taqdirlanadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi
– Sovrindorlar 2025-yil 4-oktabrda Londonda oʻtkaziladigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi

Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-essay-prize/

@grantlar
👍29❤14🔥7
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍16❤9
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 21-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
👍30❤4
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍32❤15
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍25🔥17❤9
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2025- yoki 2026-yil bitiradiganlar yoki 2024-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2025-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍25❤8🔥7
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Marketing in the AI Era: Insights, Engagement, Innovation. Yozgi maktab 2025-yil 10-24-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
👍36❤18
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ayollar - Ipak yoʻli merosi saqlovchilari.

Mukofotlar

Har bir toifa boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2025-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
👍42❤8🔥1
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍32❤13🔥4
Malayziyada magistraturani oʻqish uchun MTCP toʻliq granti!

Malayziya hukumati tomonidan taklif etiladigan ushbu grant deyarli barcha soha boʻyicha magistraturada oʻqish uchun (ingliz tilida) ajratiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga RM 3500 (taxminan 825 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi
– Malayziyaga borish va o’qish yakunida qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplab beriladi

Arizalar 2025-yil 18-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/malayziyada-oqish-uchun-mtcp-granti/

@grantlar
👍43❤22
Berggruen Prize insholar tanlovi: mukofot 50 ming AQSH dollari

Har yili oʻtkaziladigan ushbu tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Bu yili tanlovga ong (consciousness) mavzusiga oid ishlar qabul qilinadi. Ishlarni ingliz yoki xitoy tilida topshirish mumkin.

Mukofot: Gʻolib 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/berggruen-prize-essay-competition/

@grantlar
👍37❤21🔥8
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2025-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤17👍17
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
❤31👍10
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤25🔥6👍5
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga:
– ijtimoiy fanlar, huquq, matematika, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va qishloq xoʻjaligi sohalarida oʻqiyotgan;
– hozirda 2-kurs boʻlgan;
– 2025-yil, oktabrda 19 yoshdan kichik boʻlmagan va 23 yoshdan katta boʻlmagan;
– Oʻzbekistondagi OTMlarda tahsil oluvchi talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 110 AQSH dollar oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni

Arizalar 2025-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar
❤50👍23🔥1
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤41👍7
Qozon shahrida 4 kunlik sammit: turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi!

Kazan Global Youth Summit 2025-yil 27-30-avgust kunlari Qozon shahrida (Rossiya), ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Sammitga 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Sammit vazirlar yalpi majlislari, panel muhokamalari, interfaol seminarlar va madaniy dasturlarni oʻz ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Sammitda bepul ishtirok
– Turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kazan-global-youth-summit/

@grantlar
❤40👍6🔥5
Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant

Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).

Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/

@grantlar
❤49👍15
International Computer Science Competition – barcha yoshdagi o’quvchi va talabalar uchun xalqaro tanlov

Bu tanlovda maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn tarzda va ingliz tilida oʻtkaziladi.

Ishtirokchilardan tegishli masalalarni yechib talab etiladi.

Mukofotlar: Sovrindorlar turli miqdordagi pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-computer-science-competition/

@grantlar
❤40🔥11👍5