Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Kanada: dunyoning 30-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3500 dollargacha grant

Arizalar 2025-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2026-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤51👍13🔥12
UNICEF: Nyu-Yorkda yoki onlayn tarzda 6 oylik haq to’lanadigan amaliyot dasturi

Bu dasturga Xalqaro munosabatlar, ijtimoiy fanlar, rivojlanish sohasi va shunga aloqador yo‘nalishda magistraturada o’qiydigan yoki magistrlik diplomiga ega mutaxassislar ariza topshirishi mumkin. Amaliyotni Nyu-York shahrida yoki onlayn tarzda oʻtash mumkin (ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar: Amaliyotchilarga oylik stipendiya beriladi. Mablagʻlar mavjudligiga qarab, bir martalik yordam puli, safar va viza xarajatlari uchun yordam puli ham taqdim qilinishi mumkin.

Arizalar 2025-yil 11-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/unicef-6-oylik-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤49👍20
Global Leadership Scholarship: Britaniyada magistraturani o’qish uchun 10 000 funt sterling grant; joylar soni – 300 ta

Ushbu grant Glasgow universiteti tomonidan shu universitetdagi 300 ga yaqin magistrlik yoʻnalishlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bu yil jami 300 nafar talabaga ushbu grantni taqdim qilish rejalashtirilgan.

Grant miqdori: grantni qoʻlga kiritgan 300 nafar talabaning har biriga 10 000 funt sterling miqdorida mablagʻ taqdim etiladi

Arizalar 2025-yil iyul oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi (magistrlik dasturiga qarab biroz farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-leadership-scholarship-glasgow/

@grantlar
❤47🔥10👍4
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 25 ming dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori 8-12-sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar;

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤44👍12
“World Handwriting Contest” tanlovi: berilgan matnni qoʻlda koʻchirib yozing va mukofotlar yutib oling

Ushbu tanlovda yoshidan va fuqaroligidan qatʼi nazar, barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan berilgan inglizcha matnni oq qogʻozga qoʻlda koʻchirib yozish va uning rasmini ariza bilan birga yuborish talab etiladi.

Ishlar turli yosh guruhlari asosida baholanadi va mukofotlanadi.

Mukofotlar:
– Har bir yo’nalish va kategoriya bo’yicha g’oliblarga maxsus sertifikatlar beriladi
– Gʻoliblar esdalik sovg’alar (yozish uchun turli ish qurollari, husnixat to’plamlari va va h.k.) bilan taqdirlanadi

Arizalar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-handwriting-contest/

@grantlar
❤59👍13🔥5
Atlas Shrugged Essay Contest: Mukofot jamgʻarmasi 40 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!

Tanlovda 9-sinf oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar.

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar
❤32🔥8👍6
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ayollar - Ipak yoʻli merosi saqlovchilari.

Mukofotlar

Har bir toifa boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2025-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
❤42👍3🔥2
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2026-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2025-yil 19-sentabrdan 23-oktabrgacha (oʻqish 2026-yil bahorgi semestrdan)
– 2025-yil 6-noyabrdan 2026-yil 6-yanvargacha (oʻqish 2026-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤49🔥23👍4
Dunyoning 6-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2025-yil 8-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤54👍15
Japan Internship Program: Yaponiyada haq to'lanadigan amaliyot; oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin!

Amaliyotga ingliz yoki yapon tilida ariza topshirish mumkin. Amaliyot ham shu tillardan birida olib boriladi.

Dasturga jami taxminan 100 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Nomzodlar oflayn (Yaponiyaga borib) yoki onlayn tarzda amaliyot oʻtashni tanlashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ishlatish uchun noutbuk, LAN, mobil qurilma va boshqalarni olib turish mumkin.
– Yaponiyaga borish-kelish va turar joy tashkilotchilar tomonidan tashkillashtiriladi.
– Viza olishda yordam.
– Kuniga 20 dollargacha ish haqi.

Arizalar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-internship-program/

@grantlar
❤33👍17🔥8
SDG Youth Summer Camp: 1997-2007 yillar orasida tug’ilganlar uchun Koreyada xalqaro yozgi oromgoh

Ushbu oromgoh plastik ifloslanish inqiroziga qarshi kurashishga bagʻishlangan. Ishtirokchilar plastik ifloslanish muammosini hal qilishga hissa qoʻshish uchun innovatsion gʻoyalar va tezlashtirilgan yechimlarni ishlab chiqishni o’rganadi.

Oromgoh 2025-yil 19-21-avgust kunlari Janubiy Koreyada, ingliz tilida oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlar:
– Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Maxsus sertifikat beriladi
– Xalqaro tanishlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 20-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sdg-youth-summer-camp/

@grantlar
❤48👍16🔥11
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2025-yil 10-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
❤38👍7🔥7
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2025-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
❤28👍8
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin: 2000 dollar;
– 2-oʻrin: 1000 dollar;
– 3-oʻrin: 500 dollar.

Insholar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤39👍11🔥3
Talabalar uchun Mirzo Ulug‘bek vorislari Data Science kursi – bepul issiq ovqat, har oy 1,3 million so’m stipendiya

Kurs doirasida 160 nafar kvota (toʻliq grant) asosida qabul qilinadi. Kurs mashgʻulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. Boshqa viloyatlardan boʻlgan talabalarning oʻqishi 1 yil Toshkentdagi universitetlarga koʻchiriladi (oʻqishni koʻchirishida bevosita yordam beriladi).

Manfaatli jihatlar:
– Bepul ovqat, shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar taʼminlanadi
– Oyiga 1 320 000 soʻm stipendiya beriladi
– IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash imkoniyati
– Sertifikat, tavsiyanoma va h.k.

P.S. Istovchilar shartnoma asosida (pulli) oʻqishni tanlashi mumkin.

Arizalar 2025-yil 10-avgust, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/data-science-kursi/

@grantlar
❤64👍25🔥10
Fuqarolik jamiyati tashkilotlari orasida korrupsiyaga qarshi tashabbuslarni amalga oshirish uchun kichik grantlar tanlovi

Bu tanlov BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyihasi asosida oʻtkazilmoqda.

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasidagi NNTlar va ilmiy muassasalar tegishli mavzularga oid tashabbuslari bilan qatnashishi mumkin.

Mukofot: Tanlov doirasida munosib topilgan tashabbuslar uchun 7000 dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 25-iyun, 00:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/kichik-grantlar-tanlovi/

@grantlar
❤45👍4
Berggruen Prize insholar tanlovi: mukofot 50 ming AQSH dollari

Har yili oʻtkaziladigan ushbu tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Bu yili tanlovga ong (consciousness) mavzusiga oid ishlar qabul qilinadi. Ishlarni ingliz yoki xitoy tilida topshirish mumkin.

Mukofot: Gʻolib 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/berggruen-prize-essay-competition/

@grantlar
❤37👍9🔥7
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 1250 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun yiliga 310 yevro mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2025-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
❤34👍13
Future Scholars Camp – 2025: Namanganda 7-11-sinf maktab oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun 1 kunlik bepul oromgoh

Ushbu oromgoh quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
– Kimyo
– Fiziki
– Ingliz tili

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil iyul oyida Namangan viloyati, Uychi tumani, Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkaziladi.

Imtiyozlar:
– Ariza topshirish va qatnashish bepul
– Bepul tushlik taʼminlanadi
– Barcha ishtirokchilarga ishtirok sertifikati taqdim etiladi
– Har bir fan yo‘nalishidan eng faol ishtirokchilarga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari
– Bilim va tajribani oshirish, yangi doʻstlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 30-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/future-scholars-camp/

@grantlar
❤47👍10🔥8
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasi yoki muqobil kasbiy malakaga va 10 yillik tajribaga ega nomzodlar.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2025-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
❤42👍19🔥4