Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy va sayohat sugʻrutasi xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2025-yil 16-iyul soat tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar
❤69👍8🔥3
Talabalar uchun Mirzo Ulug‘bek vorislari Data Science kursi – bepul issiq ovqat, har oy 1,3 million so’m stipendiya

Kurs doirasida 160 nafar kvota (toʻliq grant) asosida qabul qilinadi. Kurs mashgʻulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. Boshqa viloyatlardan boʻlgan talabalarning oʻqishi 1 yil Toshkentdagi universitetlarga koʻchiriladi (oʻqishni koʻchirishida bevosita yordam beriladi).

Manfaatli jihatlar:
– Bepul ovqat, shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar taʼminlanadi
– Oyiga 1 320 000 soʻm stipendiya beriladi
– IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash imkoniyati
– Sertifikat, tavsiyanoma va h.k.

P.S. Istovchilar shartnoma asosida (pulli) oʻqishni tanlashi mumkin.

Arizalar 2025-yil 10-avgust, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/data-science-kursi/

@grantlar
❤62🔥10👍6
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤41👍17🔥2
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
❤20👍3🔥3
Maktab oʻquvchilari uchun “Jadid bobomga maktub” nomli insholar tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 37 mln soʻm!

“Jadid” gazetasi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan bu tanlovda maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilardan daftar varagʻining 80 qatoridan oshmagan inshoni qoʻlda xatosiz yozish va tahririyat manziliga yuborish talab etiladi.

Mukofotlar

Tanlov g‘oliblari diplom, jadid bobolar qalamiga mansub kitob jamlanmasi va quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
– 1 ta birinchi o‘rin: 5 mln soʻm
– 2 ta ikkinchi o‘rin: har biri 4 mln soʻm
– 3 ta uchinchi o‘rin: har biri 3 mln soʻm
– 10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin: har biri 1 mln soʻm

Insholar 2025-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsiil👇
https://grantlar.uz/jadid-bobomga-maktub/

@grantlar
❤41🔥18👍2
HackUnicorn Summer Camp 2025: Startapiga ega 18-30 yoshli nomzodlar uchun yozgi lager

Ushbu lagerda 18-30 yoshli va kamida MVP bosqichiga yetgan startapga ega nomzodlar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar Bo‘stonliq tumanining (Toshkent viloyati) Yoshlar oromgohida 2025-yil 31-iyul – 5-avgust kunlari oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminalanadi
– Real MVP ustida ishlash va feedback olish
– Mentorlar bilan individual ishlash
– Startapni investorlar qarshisida taqdim etish (final pitching)
– Maxsus spikerlar, investorlar va tajribali mutaxassislar bilan tanishuv
– Eng yaxshi startaplar $5000 gacha investitsiya va 6 oylik mentorship yutib olish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 20-iyul 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hackunicorn-summer-camp/

@grantlar
❤30🔥14👍4
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2026-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2025-yil 19-sentabrdan 23-oktabrgacha (oʻqish 2026-yil bahorgi semestrdan)
– 2025-yil 6-noyabrdan 2026-yil 6-yanvargacha (oʻqish 2026-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤36👍23🔥6
ISMA: Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Farg‘onadagi yagona universitet

2018-yil 26-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan tashkil etilgan ISMA oliygohida Yevropa standartlari asosida taʼlim beriladi.

Yoʻnalishlar (bakalarviat va magistratura uchun):
– Biznes boshqaruvi
– Turizmda biznes boshqaruvi
– Axborot tizimlari

ISMA oliygohida taʼlimning oʻziga xos jihatlari:
– Yevropa standartlari asosida taʼlim
– bepul ispan va ingliz tili kurslari
– “Work and travel” dasturi asosida Yevropada haq toʻlanadigan amaliyot
– Oʻqishni Latviyada davom ettirish imkoniyati
– ham Oʻzbekistonda, ham Yevropada tan olinadigan xalqaro diplom
– har yili 20 dan ortiq grant oʻrni ajratiladi

Batafsil BU YERDA tanishing.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

👉 https://sites.google.com/view/isma-qabul/bosh-sahifa

📞 Savollar uchun: +998-73-240-01-14
📲 Telegram: https://t.me/ISMA_Qabul
🌐 Rasmiy sayt: www.ismaeu.uz
❤28👍8🔥2
Atlas Shrugged Essay Contest: Mukofot jamgʻarmasi 40 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!

Tanlovda 9-sinf oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar.

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar
❤21👍13
LCOY Uzbekistan 2025 – Nukusda yoshlar uchun 3 kunlik iqlim konferensiyasi: barcha xarajatlar qoplanadi

Ushbu konferensiyada 16-30 yoshli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin. Konferensiya 2025-yil 27–29-avgust kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtadi.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Manfaatli jihatlar:
– 2025-yil 26–30-avgust kunlari uchun Nukusda turar joy taʼminlanadi
– Yo‘l xarajatlari qoplanadi
– Bepul oziq-ovqat taʼminlanadi
– Panel muhokamalari, masterklasslar, interaktiv sessiyalar
– Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoniga tashrif
– BMT, xalqaro tashkilotlar, mahalliy hokimiyatlar va yoshlar harakati vakillari bilan netvorking

Arizalar 2025-yil 15-iyulgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lcoy-uzbekistan/

@grantlar
❤38👍16🔥11
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ayollar - Ipak yoʻli merosi saqlovchilari.

Mukofotlar

Har bir toifa boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2025-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
❤26👍10
Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍31❤29🔥3
O’zbekistonda yashovchi 14-30 yoshlilar uchun “Youth for Peace” ijodiy ishlar tanlovi

Ushbu tanlovda Oʻzbekiston hududida yashovchi 14-30 yoshli nomzodlar rassomlik ishlari, raqamli sanʼat ishlari va sheʼrlari (ingliz tilida) bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-, 2-, 3-o‘rinlar uchun sovg‘alar va C5+1 Youth Council tashkiloti yorlig’i tushirilgan promomahsulotlar
– Tanlab olingan ishlar ommaviy ko‘rgazmalarda namoyish qilinadi
– Saralangan ijodiy ishlar C5+1 Youth Council ijtimoiy tarmoqlari orqali keng targ’ib qilinadi

Ishlar 2025-yil 20-avgust soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-for-peace/

@grantlar
❤43🔥8👍4
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2025-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
❤25👍11🔥2
BRICS-SCO Young Leaders Award 2025: 18-35 yoshdagilar uchun xalqaro yetakchilar tanlovi

Tanlov Qozon shahrida (ingliz tilida) 2025-yil 18-19-avgust kunlari oʻtkaziladi.

Tanlov nominatsiyalari:
– Yilning yosh media ta’sir ko‘rsatuvchisi
– Yilning ijtimoiy yechim loyihasi
– Yilning ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihasi
– Yilning xalq diplomatiyasi loyihasi
– Yilning ekologik tashabbusi

Mukofotlar:
– G‘oliblarga BRICS-SCO Award statuetkasi, rasmiy sertifikat, tashkilotchilar brendi tushirilgan mahsulotlar beriladi
– G‘oliblar Qozon shahridagi rasmiy marosimga taklif etiladi va professional-madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Arizalar 2025-yil 18-iyul 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/brics-sco-young-leaders-award/

@grantlar
❤29👍15🔥2
The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 93 000 AQSh dollari!

Dasturga bastakor, xoreograf, ijrochi (jumladan, teatr aktyorlari, raqqoslar va h.k.), shoir, tasviy sanʼat vakillari, yozuvchi, tarjimon va boshqa turdagi sanʼatkorlar ariza berishlari mumkin.

Odatda dasturga 5 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va ular Prinston universitetida 1 yil davomida amaliyot (tadqiqot) oʻtaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 93 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2025-yilning 9-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-hodder-fellowship-sanatkorlar-uchun-aqshda-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤28👍13
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 25 ming dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori 8-12-sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar;

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤23🔥6👍1
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 93 000 dollar!

Dasturga ijodkorona yozish (Creative Writing), teatr, raqs, musiqa va tasviriy sanʼat sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 93 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2025-yil 10-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
❤24👍6🔥5
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 21-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
❤30👍5🔥3
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin: 2000 dollar;
– 2-oʻrin: 1000 dollar;
– 3-oʻrin: 500 dollar.

Insholar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤14🔥8👍1