Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Dunyoning 6-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2025-yil 8-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤50👍10🔥8
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤13👍10
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 100 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Qabul uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
❤49🔥12👍10
Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant

Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi
– Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati

Arizalar qabuli 2025-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi va 2025-yil 4-noyabr yoki 2026-yil 2-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/

@grantlar
👍23❤21🔥1
Talabalar uchun Mirzo Ulug‘bek vorislari Data Science kursi – bepul issiq ovqat, har oy 1,3 million so’m stipendiya

Kurs doirasida 160 nafar kvota (toʻliq grant) asosida qabul qilinadi. Kurs mashgʻulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. Boshqa viloyatlardan boʻlgan talabalarning oʻqishi 1 yil Toshkentdagi universitetlarga koʻchiriladi (oʻqishni koʻchirishida bevosita yordam beriladi).

Manfaatli jihatlar:
– Bepul ovqat, shaxsiy noutbuk, internet va o‘quv-uslubiy materiallar taʼminlanadi
– Oyiga 1 320 000 soʻm stipendiya beriladi
– IT Park rezidentlari bilan amaliyot o‘tash imkoniyati
– Sertifikat, tavsiyanoma va h.k.

P.S. Istovchilar shartnoma asosida (pulli) oʻqishni tanlashi mumkin.

Arizalar 2025-yil 10-avgust, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/data-science-kursi/

@grantlar
❤38👍19🔥2
AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura va PhD bosqichida tadqiqot olib borish uchun 25 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 25 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar
❤24👍8
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2025-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤15👍10🔥3
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤23👍22🔥1
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍15❤13
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤32👍18
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 950 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 10 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 950 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1700 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2025-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤20👍10
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
❤17👍12
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2026-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
❤18👍18🔥6
O’zbekistonda yashovchi 14-30 yoshlilar uchun “Youth for Peace” ijodiy ishlar tanlovi

Ushbu tanlovda Oʻzbekiston hududida yashovchi 14-30 yoshli nomzodlar rassomlik ishlari, raqamli sanʼat ishlari va sheʼrlari (ingliz tilida) bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-, 2-, 3-o‘rinlar uchun sovg‘alar va C5+1 Youth Council tashkiloti yorlig’i tushirilgan promomahsulotlar
– Tanlab olingan ishlar ommaviy ko‘rgazmalarda namoyish qilinadi
– Saralangan ijodiy ishlar C5+1 Youth Council ijtimoiy tarmoqlari orqali keng targ’ib qilinadi

Ishlar 2025-yil 20-avgust soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-for-peace/

@grantlar
❤23👍11🔥2
Counter Balance: Germaniyada raqs sohasida tadqiqot va ijod qilish uchun to‘liq moliyalashtiriladigan dastur

Mazkur dasturga barcha yoshdagi raqqoslar va raqsni boshqa sohalar bilan bogʻlamoqchi boʻlgan mutaxassislar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchiral 4 yoki 6 haftalik dasturda Germaniyada tadiqot yoki asar yaratish ustida ishlaydi (ingliz tilini bilish talab etiladi).

Moddiy taʼminot: Dasturga qatnashish bilan bogʻliq bacha xarajatlar, jumladan, Germaniyaga borish va kelish, turar joy va boshqa xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/counter-balance/

@grantlar
❤28👍8
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 17 055 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2025-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
❤25👍23🔥7
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Har yili taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi taxminan 9-12 ming yevro.

Qabul muddatlari:
- 2025-yil 15-oktabrdan 2026-yil 1-fevralgacha
- 2026-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
❤18👍11🔥2
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2026-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2025-yil 19-sentabrdan 23-oktabrgacha (oʻqish 2026-yil bahorgi semestrdan)
– 2025-yil 6-noyabrdan 2026-yil 6-yanvargacha (oʻqish 2026-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤30👍7🔥7
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
❤22👍4
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasi yoki muqobil kasbiy malakaga va 10 yillik tajribaga ega nomzodlar.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2025-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
❤22👍17