Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Har yili taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi taxminan 9-12 ming yevro.

Qabul muddatlari:
- 2025-yil 15-oktabrdan 2026-yil 1-fevralgacha
- 2026-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
❤18👍11🔥2
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2026-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2025-yil 19-sentabrdan 23-oktabrgacha (oʻqish 2026-yil bahorgi semestrdan)
– 2025-yil 6-noyabrdan 2026-yil 6-yanvargacha (oʻqish 2026-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤30👍7🔥7
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
❤22👍4
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasi yoki muqobil kasbiy malakaga va 10 yillik tajribaga ega nomzodlar.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2025-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
❤22👍17
FLEX dasturiga qabul boshlandi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun 1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktabida oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

Arizalar 2025-yil 16-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
❤53👍18🔥5
FLEX boʻyicha savollarga javoblar

Bugun FLEX dasturga qabul boshlangani haqida maʼlum qilan edik.

Koʻplab obunachilar dasturga oid turli savollar bilan murojaat qilmoqda.

Shu sababli eng koʻp beriladigan savollarga javoblarni ixtiyoringizga havola qilamiz. Barchasini diqqat bilan oʻqib chiqish tavsiya etiladi.

👉 Savol-javoblarni o'qish

Shuningdek, FLEX dasturi haqida BU YERDAGI maqolada batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

@grantlar
❤23👍5🔥5
Central Asia Youth Dialogue Forum 2025: Qirgʻizistonda 18-25 yoshli nomzodlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan forum

Mazkur forum uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olish mavzusiga bagʻishlangan. Shu sohada tajriba yoki kuchli qiziqishga ega, ingliz tilini biluvchi yoshlar (18-25 yosh) ariza topshirishi mumkin.

Forum 2025-yil 13-17-oktabr kunlari Issiqkoʻlda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtadi.

Moddiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va forum materiallari ta’minlanadi
– Qatnashish va ariza topshirish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi

Arizalar 2025-yil 1-sentabr 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asia-youth-dialogue-forum/

@grantlar
❤28👍16🔥3
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Biomedical Sciences, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics Computer Science and Numerical Sciences, Neuroscience, Pharmacy, Physics, Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 12 500-18 750 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun taxminan 624 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2025-yil sentabrdan 2026-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
❤29👍12🔥3
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2025-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤19👍5🔥3
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 21-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
❤23👍13
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2025-yil 10-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
❤24👍10
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 93 000 dollar!

Dasturga ijodkorona yozish (Creative Writing), teatr, raqs, musiqa va tasviriy sanʼat sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 93 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2025-yil 10-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
❤16👍8
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
❤21👍5🔥3
Oʻzbekiston: Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar respublika tanlovi

Ushbu tanlovda Oʻzbekiston fuqarosi va 16-40 yosh boʻlgan barcha ixtirochi va ratsionalizatorlar oʻz ixtirosi, foydali model yoki ratsionalizatorlik takliflari bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari;
– 2-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari;
– 3-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 14-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eng-yaxshi-ixtirochi-va-ratsionalizatorlar-tanlovi/

@grantlar
❤22👍9🔥2
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
❤28👍7🔥2
Qizlar va ayollar uchun raqamli va IT-stajirovkalar dasturining ikkinchi to‘plamiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Читать на русском языке можно тут

O‘zbekistonning yetakchi IT va fintech kompaniyalarida to‘lanadigan 2 oylik stajirovkadan o‘tish imkoniyati. Agar siz oliy o‘quv yurtida o‘qisangiz yoki oliy o‘quv yurtini IT-yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lsangiz, biroq rezyumengizda amaliyot yetishmayotgan bo‘lsa, ariza bering!

Kimlar qatnashishi mumkin:
• 18-28 yoshli qizlar va ayollar;
• RU/UZ tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustuvorlik hisoblanadi;
• IT-yo‘nalish talabasi/bitiruvchisi;
• Toshkentda 2 oyni o‘tkazishga tayyorlik (agar boshqa hududdan bo‘lsangiz).
👉 Stipendiya stajirovka paytida yashash va boshqa xarajatlarni qoplaydi.

Dastur qanday o‘tadi:
• Sentyabr–noyabr 2025: gibrid format (onlayn uchrashuvlar + oflayn stajirovka 2 oy);
• saralash: anketalar bo‘yicha, rezyume → onlayn-suhbat;
• 30 nafar eng yaxshi ishtirokchi yirik IT-kompaniyalarda stajyor o‘rniga ega bo‘ladi;
• noyabrda — Toshkentda final tadbir va BMTTD sertifikati.

Arizalarni taqdim etish dedlayni: 2025-yil 1-sentyabrgacha.

👉 RO'YXATDAN O'TISH

Qizlar uchun IT- stajirovkalar dasturi Tech4impact NNT tomonidan O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTD ning hamkorlikdagi “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
❤36👍7
The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 93 000 AQSh dollari!

Dasturga bastakor, xoreograf, ijrochi (jumladan, teatr aktyorlari, raqqoslar va h.k.), shoir, tasviy sanʼat vakillari, yozuvchi, tarjimon va boshqa turdagi sanʼatkorlar ariza berishlari mumkin.

Odatda dasturga 5 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va ular Prinston universitetida 1 yil davomida amaliyot (tadqiqot) oʻtaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 93 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2025-yilning 9-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-hodder-fellowship-sanatkorlar-uchun-aqshda-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤16👍13
Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍37❤30🔥2
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
❤30👍9🔥2
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing
– Software Engineering and Internet Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
❤35👍8🔥3