Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 21-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
❤23👍13
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2025-yil 10-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
❤24👍10
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 93 000 dollar!

Dasturga ijodkorona yozish (Creative Writing), teatr, raqs, musiqa va tasviriy sanʼat sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 93 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2025-yil 10-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
❤16👍8
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
❤21👍5🔥3
Oʻzbekiston: Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar respublika tanlovi

Ushbu tanlovda Oʻzbekiston fuqarosi va 16-40 yosh boʻlgan barcha ixtirochi va ratsionalizatorlar oʻz ixtirosi, foydali model yoki ratsionalizatorlik takliflari bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari;
– 2-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari;
– 3-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 14-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eng-yaxshi-ixtirochi-va-ratsionalizatorlar-tanlovi/

@grantlar
❤22👍9🔥2
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
❤28👍7🔥2
Qizlar va ayollar uchun raqamli va IT-stajirovkalar dasturining ikkinchi to‘plamiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Читать на русском языке можно тут

O‘zbekistonning yetakchi IT va fintech kompaniyalarida to‘lanadigan 2 oylik stajirovkadan o‘tish imkoniyati. Agar siz oliy o‘quv yurtida o‘qisangiz yoki oliy o‘quv yurtini IT-yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lsangiz, biroq rezyumengizda amaliyot yetishmayotgan bo‘lsa, ariza bering!

Kimlar qatnashishi mumkin:
• 18-28 yoshli qizlar va ayollar;
• RU/UZ tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustuvorlik hisoblanadi;
• IT-yo‘nalish talabasi/bitiruvchisi;
• Toshkentda 2 oyni o‘tkazishga tayyorlik (agar boshqa hududdan bo‘lsangiz).
👉 Stipendiya stajirovka paytida yashash va boshqa xarajatlarni qoplaydi.

Dastur qanday o‘tadi:
• Sentyabr–noyabr 2025: gibrid format (onlayn uchrashuvlar + oflayn stajirovka 2 oy);
• saralash: anketalar bo‘yicha, rezyume → onlayn-suhbat;
• 30 nafar eng yaxshi ishtirokchi yirik IT-kompaniyalarda stajyor o‘rniga ega bo‘ladi;
• noyabrda — Toshkentda final tadbir va BMTTD sertifikati.

Arizalarni taqdim etish dedlayni: 2025-yil 1-sentyabrgacha.

👉 RO'YXATDAN O'TISH

Qizlar uchun IT- stajirovkalar dasturi Tech4impact NNT tomonidan O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTD ning hamkorlikdagi “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
❤36👍7
The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 93 000 AQSh dollari!

Dasturga bastakor, xoreograf, ijrochi (jumladan, teatr aktyorlari, raqqoslar va h.k.), shoir, tasviy sanʼat vakillari, yozuvchi, tarjimon va boshqa turdagi sanʼatkorlar ariza berishlari mumkin.

Odatda dasturga 5 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va ular Prinston universitetida 1 yil davomida amaliyot (tadqiqot) oʻtaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 93 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2025-yilning 9-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-hodder-fellowship-sanatkorlar-uchun-aqshda-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤16👍13
Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍37❤30🔥2
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
❤30👍9🔥2
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Data Science
– Media and Human-Centered Computing
– Software Engineering and Internet Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 7000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
❤35👍8🔥3
Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun Toshkentda 2 bepul xalqaro sammit – ishtirok etish bepul

Sammitda 10 dan ortiq sohalardan boʻlgan 18-30 yoshli talabalar, yosh mutaxassislar va tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Sammit 2025-yil 10-12-oktyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan oʻtkaziladi (Toshkentda). Sammitda ingliz, rus yoki oʻzbek tilida qatnashish mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Xalqaro ekspertlar bilan muhokamalar
– Dunyoning turli burchaklaridan tanishlar orttirish imkoniyati
– Madaniy dastur va h.k.

Arizalar 2025-yil 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yosh-tadqiqotchilar-uchun-sammit/

@grantlar
❤49👍19🔥9
CyberSafe: Raqamli xavfsizlik va xabardorlik boʻyicha Toshkentda 2 kunlik bepul trening

Ushbu treningda Toshkentda yashovchi/oʻquvchi talabalar ariza topshirishi mumkin. Trening C5+ Youth Counsil tomonidan 2025-yil 4-5-oktabr kunlari ingliz tilida oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Kiberxavflar turlari bilan tanishish
– Ma’lumotlarni himoya qilish strategiyalarini oʻrganish
– Amaliy mashg‘ulotlar

Arizalar 2025-yil 7-sentabr 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cybersafe-bepul-trening/

@grantlar
❤27👍3🔥2
Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2026-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar 2025-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 21-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
👍23❤20🔥6
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 1250 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun yiliga 310 yevro mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2025-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
❤25👍19🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreyaga ketish istagida yurgan kuzatuvchilarim yaqinroq keling 👀

O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib ochilgan KANGWON NATIONAL UNIVERSITY FOUNDATION ta’lim dasturi sizga talaba bo‘lish imkonini beradi.

🎓Foundationning  afzalliklari:

✅  Hech qanday viza to‘lovi yo‘q!
✅  IELTS sectionlari ahamiyatsiz, faqat overall 5.5 yetarli
✅  Bakalavr uchun atigi 1 kunlik 6500$ bank schot kifoya
✅  Eng muximi Ota ona yillik daromadi xam talab etilmaydi!

🌟Yo'nalish:
✅GLOBAL BIZNESS

Ishonavering, bunaqa imkoniyatni butun O'zbekiston bo'yicha xam topa olmaysiz!

🗓26-avgust kuni  KNUF kuzgi qabuli uchun Kangwon Milliy Universiteti professori  offline suhbat oladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Admission:
@KnuF_3
@KnuF_1

📞 Center:
+998-95-106-28-80
+998-95-263-07-00

✅KANGWON NATIONAL UNIVERSITY FOUNDATION

Ijtimoiy tarmoqlar:
📱Instagram 📱Telegram
📱Facebook  🌐 Web-sayt

   Hozir biz bilan bog‘laning va Bakalavr uchun Telex visani qoʻlga kiriting.
❤38👍4🔥2
Yandex ML School Uzbekistan: Mashinaviy oʻrganish (Machine Learning) boʻyicha bepul ta’lim dasturi

Ushbu dasturga IT sohasidagi talabalar va mutaxassislar ariza topshirishi mumkin. Nomzodlarda ingliz tilini yetarlicha bilish va oflayn darslarga qatnashish talab etiladi.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– ML bo‘yicha real ish tajribasi va kuchli portfolioni shakllantirish
– Xalqaro standartlar asosida ingliz tilida bilim olish
– Netvorking va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
– Qatnashganlik haqida sertifikat

Arizalar 2025-yil 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yandex-ml-school-uzbekistan/

@grantlar
❤22👍16🔥1
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 12-oktabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
❤32🔥15👍8
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2026-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 992 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2026-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
❤41🔥8👍7
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
❤33👍13🔥4