Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreyaga ketish istagida yurgan kuzatuvchilarim yaqinroq keling 👀

O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib ochilgan KANGWON NATIONAL UNIVERSITY FOUNDATION ta’lim dasturi sizga talaba bo‘lish imkonini beradi.

🎓Foundationning  afzalliklari:

✅  Hech qanday viza to‘lovi yo‘q!
✅  IELTS sectionlari ahamiyatsiz, faqat overall 5.5 yetarli
✅  Bakalavr uchun atigi 1 kunlik 6500$ bank schot kifoya
✅  Eng muximi Ota ona yillik daromadi xam talab etilmaydi!

🌟Yo'nalish:
✅GLOBAL BIZNESS

Ishonavering, bunaqa imkoniyatni butun O'zbekiston bo'yicha xam topa olmaysiz!

🗓26-avgust kuni  KNUF kuzgi qabuli uchun Kangwon Milliy Universiteti professori  offline suhbat oladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Admission:
@KnuF_3
@KnuF_1

📞 Center:
+998-95-106-28-80
+998-95-263-07-00

✅KANGWON NATIONAL UNIVERSITY FOUNDATION

Ijtimoiy tarmoqlar:
📱Instagram 📱Telegram
📱Facebook  🌐 Web-sayt

   Hozir biz bilan bog‘laning va Bakalavr uchun Telex visani qoʻlga kiriting.
❤38👍4🔥2
Yandex ML School Uzbekistan: Mashinaviy oʻrganish (Machine Learning) boʻyicha bepul ta’lim dasturi

Ushbu dasturga IT sohasidagi talabalar va mutaxassislar ariza topshirishi mumkin. Nomzodlarda ingliz tilini yetarlicha bilish va oflayn darslarga qatnashish talab etiladi.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– ML bo‘yicha real ish tajribasi va kuchli portfolioni shakllantirish
– Xalqaro standartlar asosida ingliz tilida bilim olish
– Netvorking va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
– Qatnashganlik haqida sertifikat

Arizalar 2025-yil 10-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yandex-ml-school-uzbekistan/

@grantlar
❤22👍16🔥1
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 12-oktabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
❤32🔥15👍8
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2026-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 992 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2026-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
❤41🔥8👍7
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
❤33👍13🔥4
Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant

Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).

Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/

@grantlar
❤33👍9🔥9
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2025-yil 1-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi (2026-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤35👍18🔥5
Dunyoning 6-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2025-yil 8-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤57👍5🔥3
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2025-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍40❤35🔥7
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 16,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 3-6 oy davom etadi.

Arizalar 2025-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
❤33👍12
Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 82 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda universitet o'qituvchilari va tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon Oʻktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi, 3 yildan beri ushbu dastur bo’yicha mentor

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda umumiy yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) tekshirib berish.
— Ariza topshirish bosqichi uchun to’liq ko’rsatma.

Ushbu kurs toʻlovi uchun bir nechta tariflar taklif etiladi, ular bilan tanishish uchun quyida koʻrsatilgan telegram akkauntga murojaat qiling.

Kursga qabulning oxirgi sanasi: 2025-yil 10-sentyabr

ESLATMA: Avvalroq ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

➕ Alohida xizmat: Kursda qatnashmasdan faqat hujjatlarni tekshirtirishingiz ham mumkin.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 400 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA.

@grantlar_namuna
❤35👍8
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1220 dollardan 1560 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
❤29👍9
Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyada bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors olimpiadasida bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya berilishi mumkin.

Odatda har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 16-noyabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
❤29👍13🔥2
🎓✈️ Aviasales.uz talabalarga maslahatlar

Ko‘p talabalar bir xil xatoga yo‘l qo‘yadi — chiptani uchishga 1–2 hafta qolganda olishadi.
Bu paytda nafaqat arzon chiptalar qoladi, balki umuman joy ham topilmasligi mumkin.

✅ To‘g‘ri vaqtni yodda tuting:

Viloyatlardan Toshkentga — iyul oxiri yoki avgust boshida chipta olish kerak.
Chet elga uchadigan talabalar — 30–40 kun oldin chipta olgan ma’qul.
Toshkentdan viloyatlarga ta’tilga (qishki yoki yozgi) — 3–4 hafta oldin olish yaxshi.
Chet elda o‘qiydigan talabalar — chipta eng arzon bo‘lishi uchun 2 oy oldin, darrov borib-kelish chipta olish foydaliroq.

Shuningdek, Aviasales.uz ilovasida siz:

1. kerakli sanani va yo‘nalishni tanlaysiz,
2. chiptani saralanganlarga qo‘shasiz,
3. narx tushsa yoki oshsa — ilova sizga xabar beradi.

✈️ Shunday qilib, Aviasales.uz sana va yo‘nalishni tanlab, arzon aviachiptalarni xarid qilib, bemalol safarga tayyorlanishingiz mumkin.
👍21❤19🔥9
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 17 055 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2025-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
❤48👍23🔥6
WSA Young Innovators Award 2025: 26 yoshgacha bo‘lgan innovatorlar uchun xalqaro tanlov

Ushbu tanlovda 26 yoshgacha boʻlgan yosh innovatorlar ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshiruvchi raqamli yechimlari (ilova, loyiha yoki mahsulotlar) bilan qatnashishi mumkin.

Gʻoliblar uchun imtiyozlar:
– Xalqaro miqyosda tanishlar orttirish va WSA xalqaro kongressida (Avstriya) oʻz yechimlarini taqdim qilish
– Gʻolib yechimlar WSA veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlari va press-relizlarida keng yoritiladi
– Mentorlik sessiyalari, seminarlar va boshqalarda ishtirok etish

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wsa-young-innovators-award/

@grantlar
❤39🔥4👍2
Sovrin jamgʻarmasi 36 mln soʻmlik hakatonda qatnashing!

Uzbekistan K-LAB ICT Education Center markazi sizni HAKATHONga taklif qiladi!

Bu markaz Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan.

📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
14-sentabrgacha

❗️Yosh chegarasi pastdagi
havolada.

🏆 Har ikkala toifadagi g‘olib jamoalar umumiy 36 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladi!

🚀 Toifa 1 — Digital Manufacture (o‘quvchilar uchun bepul kursdan so‘ng)

''Bolalar xavfsizligi qurilmasi”ni yasashni bepul o‘rganing.

Dars vaqtlari:
# 1-guruh: 17:00–19:00
# 2-guruh: 19:00–21:00

(22-sentabrdan 24-oktabrgacha)


🚀 Toifa 2 — Programming (soha mutaxassislari uchun 48 soatlik “Non-sleep” musobaqa)

⁉️ 2–4 kishidan iborat jamoangiz bilan portfoliolaringizni bizga yuboring (Google Form orqali).

USHBU HAVOLA orqali ma'lumot oling hamda ro'yxatdan o'ting!

📲 Biz bilan bog‘laning:
Telegram | Instagram | Manzil ㅣ Website

⚠️ Joylar soni cheklangan — bugunoq ro‘yxatdan o‘ting!
❤38🔥9👍8
Germaniya: Bakalavr va magistrlarga qisqa muddatli nemis tili kurslari uchun grant!

Kurslar har yili yozda Germaniya universitetlaridan birida oʻtkaziladi. Davomiyligi – kamida 18 oʻqish kuni.

Ariza topshirish vaqtida nemis tilidan kamida A2 daraja sertifikati talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 450 yevro bir martalik mablagʻ
– Turar joy taʼminlanadi
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 30-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistratura-qisqa-muddatli-kurslar/

@grantlar
❤42👍16
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Har yili taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi taxminan 9-12 ming yevro.

Qabul muddatlari:
- 2025-yil 15-oktabrdan 2026-yil 1-fevralgacha
- 2026-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
❤27👍2
Worldpackers: Dunyo bo'ylab sayohat qilishning kamxarj usuli

Qanday qilib kamroq pul sarflab, ko'proq sayohat qilsam ekan, deb o'ylanayotganlar uchun maxsus maqola.

Ushbu maqolada Yevropa va Osiyo bo'ylab deyarli bepul sayohatga chiqqan o'zbek qizi oʻzining shaxsiy tajriba va tavsiyalari bilan bo'lishadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/worldpackers-dunyo-boylab-bepul-sayohat/

@grantlar
❤23👍8🔥6