Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2026-yildan o'qishni boshlash uchun arizalar 2025-yil 1-oktabr yoki 2026-yil 17-yanvargacha qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
❤33👍19
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 21-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
❤23👍7
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2025-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍18❤15
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2025-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
❤39👍14🔥12
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2025-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
❤33🔥13👍12
MEWC: Talabalar va universitetni yaqinda bitirganlar uchun Saudiya Arabistonida xarajatlari qoplanuvchi qishki oromgoh!

Bu dasturda elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yoʻnalishlariga oid fanlar boʻyicha tahsil olayotgan magistratura talabalari, bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari va yaqinda universitetni bitirganlar qatnashishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2026-yil 12-yanvardan 19-fevralgacha KAUST universitetida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya
– Logistika va viza boʻyicha yordam
– Bepul turar joy
– Maxsus sertifikat va boshqalar

Arizalar 2025-yil 23-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/microelectronics-winter-camp/

@grantlar
❤32👍11
KNU suhbati!

BUNAQASI BOʻLMAGAN!


KANGWON NATIONAL UNIVERSITY 2026-yil bahorgi qabul uchun oflayn suhbat oʻtkaziladi.

Suhbat Kangwon National University vakillar tomonidan YUZMA-YUZ oʻtkaziladi.

Suhbatda qatnashing va nufuzli universitet talabasi bo'ling!

🎓 BAKALAVR (Hokimiyat-Viza)
- Topik 3+
- IELTS 5.5+
🎓MAGISTRATURA (E-Viza)
🎓DOKTORANTURA (E-Viza)

- Topik 3+
- IELTS 5.5+

✅ IELTS boʻlimlari muhim emas, faqat overall 5.5 kifoya
✅ 1 kunlik $6500 bank schot yetarli
✅ Ota-ona daromadi haqida hujjatlar talab qilinmaydi

📍 Suhbat manzillari:
- 09.23 – Toshkent
- 09.24 – Andijon
- 09.25 – Namangan
- 09.26 – Samarqand
- 09.27 – Toshkent

Batafsil maʼlumot uchun murojaat qiling: @KnuF_3

Call Center:
+998-90-283-98-06
@SilkRoad_Academy1
(Samarqand filal)

+998-78-122-53-95
@SISRA_01
(Toshkent filal)

Ijtimoiy tarmoqlarimiz
INSTAGRAM | TELEGRAM
FACEBOOK | YOUTUBE
Veb-sayt
❤30👍5🔥5
The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-19 yoshli oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn formatda va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar ekologik barqarorlikka oid ijobiy oʻzgarish olib keladigan yechim taklif qilishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– Mintaqaviy gʻolib (jami 7 ta): 12 500 dollar
– Yil pedagoglari uchun 2500 dollar
– Yil mentori (3 nafar): 2500 dollar

Nomzodlar bu tanlovda qatnashish uchun 2026-yil 31-yanvargacha roʻyxatdan oʻtishi va kerakli hujjatlarni topshirishi kerak.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-earth-prize-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilar-uchun-tanlov/

@grantlar
👍17❤15🔥10
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 12-oktabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
❤36👍7
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2026-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1870 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1500 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2025-yil noyabr oyidan 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
❤26👍10🔥1
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 200 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 200 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍20❤15
Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyada bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors olimpiadasida bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya berilishi mumkin.

Odatda har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 16-noyabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
👍18❤16
WSA Young Innovators Award 2025: 26 yoshgacha bo‘lgan innovatorlar uchun xalqaro tanlov

Ushbu tanlovda 26 yoshgacha boʻlgan yosh innovatorlar ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshiruvchi raqamli yechimlari (ilova, loyiha yoki mahsulotlar) bilan qatnashishi mumkin.

Gʻoliblar uchun imtiyozlar:
– Xalqaro miqyosda tanishlar orttirish va WSA xalqaro kongressida (Avstriya) oʻz yechimlarini taqdim qilish
– Gʻolib yechimlar WSA veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlari va press-relizlarida keng yoritiladi
– Mentorlik sessiyalari, seminarlar va boshqalarda ishtirok etish

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wsa-young-innovators-award/

@grantlar
❤20👍11
Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2026-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar 2025-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 21-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
1❤52👍9
UM NL-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 21 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM NL-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 21 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 15 925 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 30 625 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
❤31👍1
Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍25❤24🔥3
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.

Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/

@grantlar
2❤20👍20🔥5
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2025-yil 1-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi (2026-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤16👍10
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2025-yil 31-oktabr, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
❤26👍17🔥3
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2025-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2026-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2025-yil 15-noyabrdan 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
❤38👍12