Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.

Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/

@grantlar
2❤20👍20🔥5
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2025-yil 1-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi (2026-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤16👍10
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2025-yil 31-oktabr, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
❤26👍17🔥3
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2025-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2026-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2025-yil 15-noyabrdan 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
❤38👍12
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!

Dasturga 20-25 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2026-yil iyul oyida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
– Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi.

Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/

@grantlar
❤43👍13🔥3
YPIP: Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati!

Dasturga biznes yoki STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohalarida karyera qilishga ahd qilgan, ingliz tilini yetarli darajada biluvchi bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin.

Talaba hozirda Oʻzbekistondagi OTMda 3-4-kurs boʻlishi yoki 2026-yil may oyida OTMni yakunlashi kutilayotgan boʻlishi kerak.

Imtiyozlar:
– Butun dastur uchun muayyan miqdorda stipendiya beriladi
– Tasdiqlangan hollarda safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Amaliyot oʻtash (2026-yil yozda), mentorning onlayn seanslarida qatnashish, yangi tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur yakunida sertifikat va tavsiyanoma beriladi

Arizalar 2025-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-professional-internships-program/

@grantlar
❤30👍12
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

Dastur 2026-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 4524 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1256 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabuli 2025-yil 15-noyabgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
❤29👍11🔥1
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1800 CHF (taxminan 2261 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2025-yil oktabr oyi oxiridan 30-noyabrgacha davom etadi (2026-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
❤21👍12🔥3
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 8056 dollar stipendiya.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
❤28👍9
Kelajagingizni Koreyada qurmoqchimisiz? 🇰🇷

Texnologiya, innovatsiya va ijod markazi - SeoulTech universiteti sizga o‘z eshiklarini ochmoqda!

Xalqaro talabalar uchun to‘liq va qisman stipendiyalar, zamonaviy laboratoriyalar va global karyera imkoniyatlari - barchasi SeoulTechda!

🎓 Eng muhim yangilik - 2026-yil bahorgi semestr uchun qabul jarayoni ochiq!

Hujjat topshirishni UniLink platformasi orqali amalga oshiring va ortiqcha hujjat ishlari va tashvishlarsiz universitetga qabul qiling!

🎓 Shuningdek, UniLink platformasida siz:
- Koreya universitetlari haqida batafsil ma’lumot olasiz
- Koreyadagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lasiz
- Universitetlarga ariza topshirasiz
va yana ko‘plab foydali imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

⏰ Qabul muddati: 2025-yil 10-oktyabrgacha!

🤙 Murojaat uchun:
@rasheedkh21
@saidakbar_ikramov

Veb-sahifa: https://unilinkedu.com/
Telegram: @unilinkedu
Youtube: Koreya Universitetlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍11🔥3
World of 8 Billion: Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi

Tanlovda maktabning 6-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/akademik litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Videoda belgilangan muammolarga yechim taklif qilish kerak. Videolar ingliz tilida yoki istalgan boshqa tilda (inglizcha subtitir bilan) yaratilishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari 300 dollardan 1200 dollargacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2026-yil 4-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-of-8-billion-videolar-tanlovi/

@grantlar
❤18👍6🔥2
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1220 dollardan 1560 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
❤22👍10
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 950 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 10 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 950 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1700 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤22👍17🔥5
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 17 055 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2025-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
❤26👍22🔥4
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤17👍9
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati!

United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir.

Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi.

UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi.

Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi.
– Darsliklar olib beriladi.

Bu yilgi qabul 2025-yil 27-oktabrgacha davom etadi.

Qabul qilinganlar 2026-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/

Foydali:

👉 Shu dastur g'olibi bilan suhbat

@grantlar
❤24👍10🔥10
Germaniya: Bakalavr va magistrlarga qisqa muddatli nemis tili kurslari uchun grant!

Kurslar har yili yozda Germaniya universitetlaridan birida oʻtkaziladi. Davomiyligi – kamida 18 oʻqish kuni.

Ariza topshirish vaqtida nemis tilidan kamida A2 daraja sertifikati talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 450 yevro bir martalik mablagʻ
– Turar joy taʼminlanadi
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 30-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistratura-qisqa-muddatli-kurslar/

@grantlar
❤31👍10🔥6
MEWC: Talabalar va universitetni yaqinda bitirganlar uchun Saudiya Arabistonida xarajatlari qoplanuvchi qishki oromgoh!

Bu dasturda elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yoʻnalishlariga oid fanlar boʻyicha tahsil olayotgan magistratura talabalari, bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari va yaqinda universitetni bitirganlar qatnashishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2026-yil 12-yanvardan 19-fevralgacha KAUST universitetida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya
– Logistika va viza boʻyicha yordam
– Bepul turar joy
– Maxsus sertifikat va boshqalar

Arizalar 2025-yil 23-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/microelectronics-winter-camp/

@grantlar
❤22👍11
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
❤21👍17
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2026-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 992 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2026-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
❤28👍11🔥8