Grantlar.uz
79.5K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 6-raqamli universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 21 000 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 11 604 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 16 548 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Arizalar qabuli 2025-yil 2-dekabr yoki 2026-yil 7-yanvarda tugaydi (qabulning oxirgi muddati dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
❤29👍8
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 1250 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun yiliga 310 yevro mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2025-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
❤21👍16
MBZUAI UGRIP 2026: Abu Dabida bakalavrlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan 4 haftalik yozgi amaliyot

Ushbu dasturga STEM fanlari yoki ularga aloqador sohalarda tahsil oluvchi bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari Birlashgan Arab Amirliklaridagi MBZUAI universitetida olib boriladi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Stipendiya, bepul turar joy, sog‘liqni sug‘urtasi ta’minlanadi.
– Viza rasmiylashtirish va aviabiletlar dastur tomonidan qoplanadi.
– Turli ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– MBZUAI kutubxonasi, laboratoriyalari, sport zallari va boshqa kampus infratuzilmasidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

Arizalar 2026-yil 1-yanvardan 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-ugrip/

@grantlar
❤22👍15
TDTU Graduate Scholarship: Vyetnamda magistratura va doktoranturada o‘qish uchun to‘liq va qisman grant

TDTU universiteti mavjud magistratura va doktorantura yoʻnalishlari uchun toʻliq va qisman grantlarni taqdim qiladi. Oʻqish ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdorlari:
– To‘liq grant: 100% o‘qish to‘lovi va yotoqxona xarajatlari to’liq qoplanadi.
– Qisman grant: o‘qish to‘lovining 50% qismi va yotoqxona xarajatlarining 50% qismi qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tdtu-graduate-scholarship/

@grantlar
❤16👍6🔥5
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
❤12👍8🔥2
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (kontrakt summasi qoplanadi, oylik stipendiya 1400 yevro va sugʻurta xarajatlari qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

MUHIM: Dastlab siz oʻqimoqchi boʻlgan soha mavjudligini BU YERDAN tekshirib oling.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
❤35👍7🔥5
The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-19 yoshli oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn formatda va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar ekologik barqarorlikka oid ijobiy oʻzgarish olib keladigan yechim taklif qilishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– Mintaqaviy gʻolib (jami 7 ta): 12 500 dollar
– Yil pedagoglari uchun 2500 dollar
– Yil mentori (3 nafar): 2500 dollar

Nomzodlar bu tanlovda qatnashish uchun 2026-yil 31-yanvargacha roʻyxatdan oʻtishi va kerakli hujjatlarni topshirishi kerak.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-earth-prize-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilar-uchun-tanlov/

@grantlar
❤29👍7🔥6
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2025-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
❤26👍19
HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavriat talabalariga 2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

F
izika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, muhandislik, hayot haqidagi yoki atrof-muhit fanlari yoxud shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1900 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 800 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 20-oktabrdan 14-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
❤28👍9🔥1
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤22👍13🔥6
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2025-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
❤30👍8
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening!

Trening nomzodning tanloviga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi.

Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.

Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari:
– Oyiga 650 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajatlari uchun kompensatsiya

Arizalar 2025-yil 10-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ccp-fellowships-strenghtening-civil-societies-germaniya-tomonidan-haq-tolanadigan-trening/

@grantlar
❤24👍10
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍14❤13
Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant

Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi
– Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati

Arizalar qabuli 2025-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi va 2025-yil 4-noyabr yoki 2026-yil 2-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/

@grantlar
❤38👍1
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
❤24👍8
AQSH: J-1 viza

AQSHda oʻqish imkonini beruvchi bir qancha dasturlarni, jumladan, almashinuv dasturlarini (masalan, UGRAD, FLEX, TechGirls va h.k.) yutganlar AQSHga J-1 viza orqali ketadi.

Ba'zi oʻquvchilar “J-1 viza orqali AQSHda oʻqib qaytgandan keyin 2 yil davomida xorijga (yoki AQSHga) chiqish mumkin emas ekan, shundaymi?” deb soʻramoqda.

Yoʻq, unday emas (ayrim hollar bundan mustasno).

Grantlar.uz jamoasi AQSHning J-1 vizasi haqida maqola tayyorlagan.

Maqolada tanishasiz:
– AQSH tomonidan beriladigan J-1 vizasi qanday viza?
– J-1 viza bilan AQSHga borib, qaytganlar 2 yil davomida AQSH yoki boshqa davlatlarga bora olmaydimi?
– Oʻzbekiston fuqarolariga qanday dasturlarda qatnashish uchun J-1 viza beriladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-j-1-vizasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
❤37👍10🔥2
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Biomedical Sciences, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics Computer Science and Numerical Sciences, Neuroscience, Pharmacy, Physics, Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 12 500-18 750 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun taxminan 624 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2026-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
❤37👍6🔥4
Qabul boshlandi

HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavriat talabalariga 2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

F
izika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, muhandislik, hayot haqidagi yoki atrof-muhit fanlari yoxud shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1900 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 800 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2025-yil 14-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
❤22👍16
Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2026-yil 21-iyuldan 10-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Oylik ish haqi beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Safar xarajatlari qisman qoplanadi

Arizalar 2025-yil dekabr oyi boshlaridan 2026-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
❤19👍15🔥2
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2026-yil yanvar oyining boshlarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
❤39👍21🔥5