Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
50 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2025-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2026-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2026-yil 11-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
❤33👍21🔥2
Yenching Global Symposium: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro simpozium!

2026-yilgi simpozium mavzusi: Harnessing Momentum: The Power to Act in a Changing World.

1995-yil may oyidan keyin tugʻilgan va ingliz tilini yetarlicha biluvchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Simpozium 2026-yil 16-19-aprel kunlari Pekinda boʻlib oʻtadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching_simpozium/

@grantlar
👍19❤18🔥5
UTRIP: Bakalavrlar uchun Yaponiyaning Tokio universitetida haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Bu dasturga tabiiy fanlar yoki ularga aloqador sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot mashgʻulotlari 2026-yil 24-iyundan 4-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida). Amaliyot davomida ishtirokchilar tegishli laboratoriyalardagi tadqiqotlarda qatnashadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 1088 dollargacha bir martalik mablagʻ
– Bepul turar joy taʼminlanadi

Arizalar 2026-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrip-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤20👍5
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,36 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 3-6 oy davom etadi.

Arizalar 2026-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍17❤12
World of 8 Billion: Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi

Tanlovda maktabning 6-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/akademik litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Videoda belgilangan muammolarga yechim taklif qilish kerak. Videolar ingliz tilida yoki istalgan boshqa tilda (inglizcha subtitir bilan) yaratilishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari 300 dollardan 1200 dollargacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2026-yil 4-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-of-8-billion-videolar-tanlovi/

@grantlar
❤21👍7🔥4
Birtaniyada bakalavrlar uchun 8 haftalik yozgi maktab; haftalik stipendiya va bepul turar joy taʼminlanadi!

Britaniyadagi John Innes markazi bakalavriat talabalaridan xalqaro yozgi maktab uchun arizalar qabul qilmoqda.

Birinchi va oxirgi kurs boʻlmagan hamda ingliz tilini yetarli darajada biladigan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Afzalliklar:
- Haftalik stipendiya
- Bepul turar joy
- Dunyodagi yetakchi olimlar bilan tadqiqotlar ustida ishlash imkoniyati
- Seminar, konferensiya, ijtimoiy tadbirlarda qatnashish imkoniyati

Maktab 2026-yil 29-iyundan 22-avgustgacha boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2026-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/john-innes-centre-birtaniyada-bakalavrlar-uchun-8-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
❤36🔥13👍3
Qabul boshlandi!

15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Bu dasturda qatnashish uchun 2008-yil 12-iyuldan 2011-yil 12-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilgan boʻlish kerak.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 20-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Foydali:

👉 Shu dastur gʻolibasi bilan suhbat

@grantlar
❤62👍16🔥10
Shvetsiya: Uppsala universitetining magistratura dasturlarida o'qish uchun 100% lik grant!

Nufuzi boʻyicha dunyoda 93-oʻrinda turuvchi Uppsala universiteti magistraturada oʻqish uchun Uppsala University Global Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantlarni Uppsala universitetidagi istalgan magistrlik dasturi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: bu grant talabani kontrakt summasini toʻlashdan 100% ozod qiladi.

Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sweden-uppsala/

@grantlar
❤26👍10🔥1
Ham o'qib, ham ishlash imkoniyatni beradigan JOONGBU UNIVERSITY 2026-yil bahorgi qabuli davom etmoqda!!!

📍Kampuslari:
SEUL
DAEJEON

Qabul bosqichlari:
Bakalavr - Topik 3+
- IELTS 5.5+

Magistr, PhD - Topik 2+
- IELTS 5.5+
Til kursi - Topik 1+

💰Scholarship:
IELTS 5.5 + — TOPIK 3 -> 30%
TOPIK 4 -> 40%
TOPIK 5 -> 50%
TOPIK 5 -> 60%

❗️Bakalavr talabalari har ikki Track yo’nalish bo'yicha semester davomida GPA va boshqa dasturlar orqali 20% gacha yana qo'shimcha chegirmaga ega bo'lish imkoni mavjud.

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa VIZA chiqish ko'rsatgichi 💯gacha

Bog'lanish👇
📱 @Knuf_Madina
📞 +998933390702

Ijtimoiy tarmoqlar:
😎INSTAGRAM 😎TELEGRAM
😎FACEBOOK 😎YOU TUBE
😀Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤40👍1🔥1
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2026-yil yanvar oyining boshlarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
❤28👍23🔥13
Lucerne Summer University: Magistratura talabalari uchun Shveytsariyada 1 haftalik yozgi maktab; barcha xarajatlar qoplanadi!

UNESCO homiyligidagi ushbu dasturda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari 2026-yil 8-13-may kunlari Shveytsariyda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish mutlaqo bepul
– Toʻliq moliyaviy yordam mavjud: borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-lucerne-summer-university-ethics-in-a-global-context-lsue/

@grantlar
❤22🔥13👍2
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
❤23👍9🔥1
Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2026-yil 21-iyuldan 10-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Oylik ish haqi beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Safar xarajatlari qisman qoplanadi

Arizalar 2026-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
❤27👍5🔥3
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2026-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 2 oy davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, matematika yoki shu sohalarga aloqador soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 115 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2026-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤19🔥6👍5
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2026-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2025-yil 6-noyabrdan 2026-yil 6-yanvargacha (oʻqish 2026-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤39👍7🔥1
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!

Dasturga 20-25 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2026-yil iyul oyida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
– Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi.

Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/

@grantlar
❤35👍15🔥5
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2026-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
❤32👍7🔥2
Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar, jurnalistika yoki kommunatksiyalardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishda yordam.
– AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
– Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
– Yuk uchun mablagʻ.
– Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati.

Arizalar 2026-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-tea/

@grantlar
❤48🔥10👍5
AScI internship programme: Bakalavr, magistr va bitirivchilar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot 2026-yil iyun-avgust oylarida 12 hafta davomida Aalto universiteti kampuslaridan birida oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Dastur doirasida amaliy fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, nevrologiya, biotibbiy muhandislik kabi bir qancha sohalarga oid tadqiqot loyihalarida qatnashish mumkin.

Moddiy taʼminot:
– Kamida 2000 yevro oylik maosh toʻlanadi.
– Safar xarajatlari uchun bonuslar ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 7-yanvardan 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asci-internship-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-finlandiyada-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤30👍9
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
❤30🔥10👍4