Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Ham o'qib, ham ishlash imkoniyatni beradigan JOONGBU UNIVERSITY 2026-yil bahorgi qabuli davom etmoqda!!!

📍Kampuslari:
SEUL
DAEJEON

Qabul bosqichlari:
Bakalavr - Topik 3+
- IELTS 5.5+

Magistr, PhD - Topik 2+
- IELTS 5.5+
Til kursi - Topik 1+

💰Scholarship:
IELTS 5.5 + — TOPIK 3 -> 30%
TOPIK 4 -> 40%
TOPIK 5 -> 50%
TOPIK 5 -> 60%

❗️Bakalavr talabalari har ikki Track yo’nalish bo'yicha semester davomida GPA va boshqa dasturlar orqali 20% gacha yana qo'shimcha chegirmaga ega bo'lish imkoni mavjud.

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa VIZA chiqish ko'rsatgichi 💯gacha

Bog'lanish👇
📱 @Knuf_Madina
📞 +998933390702

Ijtimoiy tarmoqlar:
😎INSTAGRAM 😎TELEGRAM
😎FACEBOOK 😎YOU TUBE
😀Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤40👍1🔥1
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2026-yil yanvar oyining boshlarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
❤28👍23🔥13
Lucerne Summer University: Magistratura talabalari uchun Shveytsariyada 1 haftalik yozgi maktab; barcha xarajatlar qoplanadi!

UNESCO homiyligidagi ushbu dasturda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari 2026-yil 8-13-may kunlari Shveytsariyda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish mutlaqo bepul
– Toʻliq moliyaviy yordam mavjud: borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-lucerne-summer-university-ethics-in-a-global-context-lsue/

@grantlar
❤22🔥13👍2
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
❤23👍9🔥1
Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2026-yil 21-iyuldan 10-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Oylik ish haqi beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Safar xarajatlari qisman qoplanadi

Arizalar 2026-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
❤27👍5🔥3
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2026-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 2 oy davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, matematika yoki shu sohalarga aloqador soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 115 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2026-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤19🔥6👍5
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2026-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2025-yil 6-noyabrdan 2026-yil 6-yanvargacha (oʻqish 2026-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤39👍7🔥1
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!

Dasturga 20-25 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2026-yil iyul oyida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
– Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi.

Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/

@grantlar
❤35👍15🔥5
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2026-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
❤32👍7🔥2
Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar, jurnalistika yoki kommunatksiyalardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishda yordam.
– AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
– Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
– Yuk uchun mablagʻ.
– Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati.

Arizalar 2026-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-tea/

@grantlar
❤48🔥10👍5
AScI internship programme: Bakalavr, magistr va bitirivchilar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot 2026-yil iyun-avgust oylarida 12 hafta davomida Aalto universiteti kampuslaridan birida oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Dastur doirasida amaliy fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, nevrologiya, biotibbiy muhandislik kabi bir qancha sohalarga oid tadqiqot loyihalarida qatnashish mumkin.

Moddiy taʼminot:
– Kamida 2000 yevro oylik maosh toʻlanadi.
– Safar xarajatlari uchun bonuslar ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 7-yanvardan 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asci-internship-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-finlandiyada-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
❤30👍9
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
❤30🔥10👍4
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 33 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 33 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (18 000 yevro emas, 2695 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
❤32👍7🔥1
RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 2 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2026-yil 23-iyundan 21-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Stipendiya (4200 dollar).
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2026-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
❤35👍12
TEAM University va The Stirling Foundation tomonidan bepul ta’lim dasturi

Ushbu dastur moliyaviy jihatdan ehtiyojmand yoshlar uchun moʻljallangan. Kurs davomiyligi 6 oy boʻlib, asosiy mashgʻulotlar ingliz tilini oʻrganishga qaratilgan. Shuningdek, SMM va IT boʻyicha ham qoʻshimcha bilim va koʻnikmalar beriladi.

Dasturga 40 nafar oʻquvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Manfaatli jihatlar:
– Dasturda qatnashish bepul
– Dasturni eng yaxshi natijalar bilan yakunlagan 5 nafar oʻquvchi TEAM universitetiga toʻliq grant asosida qabul qilinadi

Arizalar 2026-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/team-the-stirling-foundation/

@grantlar
❤33👍14🔥6
Yenching Global Symposium: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro simpozium!

2026-yilgi simpozium mavzusi: Harnessing Momentum: The Power to Act in a Changing World.

1995-yil may oyidan keyin tugʻilgan va ingliz tilini yetarlicha biluvchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Simpozium 2026-yil 16-19-aprel kunlari Pekinda boʻlib oʻtadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching_simpozium/

@grantlar
❤43👍8🔥1
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2026-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1870 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1500 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2025-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
❤29👍9
Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

Imkoniyatlari:
– 960 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kursi
– Doimiy yordam

Arizalar 2026-yil 20-yanvardan 24-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-utokyo-transfer/

@grantlar
🔥31❤26👍8
Turkiya: maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun bepul yozgi maktab; turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!

Molekulyar va nazariy biologiya yozgi maktabiga maktabning 8-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki rus tilida topshiriladi. Qabul qilinganlar 2026-yil iyul-avgust oylarida Qozog'istondagi yozgi maktab mashgʻulotlarida qatnashadi. Mashgʻulotlar 18 kun davom etadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi
– Viza olish xarajatlari qoplanadi (agar viza talab etilsa)
– Borish va kelish xarajatlari qisman yoki toʻliq qoplanishi mumkin

Arizalar 2026-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/school-of-molecular-and-theoretical-biology/

@grantlar
❤35👍12
Turkiya burslari boʻyicha mentorlik kursi uchun yangi guruh va individual darslarga qabul!

Koʻplab nomzodlarning talablariga binoan, @Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursi uchun yangi guruh ochilayotganini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Kurs mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 2026-yil 10-yanvar, soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kurs narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev
❤43👍5