Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.38K photos
49 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
❤32🔥7👍6
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤15🔥10👍6
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
❤23👍6🔥4
Research Accelerator Residency: Ijtimoiy sohada tadqiqot olib boruvchilar uchun rezidensiya dasturi

Bu dasturda kamida bakalavrlik diplomiga ega hamda iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat siyosati, statistika yoki shunga oʻxshash miqdoriy ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqotchilar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari asosan onlayn shaklda (ingliz tilida) olib boriladi.

Ushbu dastur Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi va JPAL hamkorligida tashkil etilmoqda.

Manfaatli jihatlari:
– Ishtirok etish bepul
– Tajribali tadqiqorchilardan mentorlik
– Tegishli MIT MicroMaster kurslarida bepul oʻqish
– Mahalliy va xalqaro olimlar bilan tanishish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish
– Kelajakdagi tadqiqotlarni moliyalashtirish imkoniyatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq olish imkoniyati

Arizalar 2026-yil 14-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/research-accelerator-residency/

@grantlar
❤13👍10🔥3
Charles University: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Charlz universiteti (TOP 265) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2026-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
1❤27🔥12👍4
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 10 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 10 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2026-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2026-yil 20-aprelgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
❤23👍8🔥4
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 150 tagacha!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun taxminan 150 tagach grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2026-yil 1-iyundan 15-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2025-yil 15-apreldan 1-iyungacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
❤38👍15🔥8
Worldpackers: Dunyo bo'ylab sayohat qilishning kamxarj usuli

Qanday qilib kamroq pul sarflab, ko'proq sayohat qilsam ekan, deb o'ylanayotganlar uchun maxsus maqola.

Ushbu maqolada Yevropa va Osiyo bo'ylab deyarli bepul sayohatga chiqqan o'zbek qizi oʻzining shaxsiy tajriba va tavsiyalari bilan bo'lishadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/worldpackers-dunyo-boylab-bepul-sayohat/

@grantlar
❤20🔥12👍10
Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, rivojlanish, jurnalistika, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Yashash xarajatlari uchun 16 500 dollar stipendiya

Arizalar 2026-yil 8-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/

@grantlar
🔥25❤15👍4
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi sovrindori - o’zbek talabasi bilan suhbat!

Navbatdagi suhbatimiz Shamsikamar Sharipova — Peter Drucker Challenge esselar tanlovi o’zbekistonlik 1-sovrindori bilan bo’lib o’tadi.

Suhbatda Shamsikamarning bu dasturga topshirish jarayoni qanday o’tgani, tanlovda yutish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi, tanlov sovrindorlariga berilgan imkoniyatlar haqida gaplashamiz.

👉 Suhbat vaqti va manzili: 2-aprel, payshanba 21:00 da @grantlar_namuna kanalida

Suhbatda Shamsikamar o’zining boshqa xalqaro tajribalari hamda kelgusi tanlovga topshirmoqchi bo’lgan nomzodlarga maslahatlari bilan bo’lishadi.

Suhbatda barchani kutib qolamiz!

@grantlar_namuna
❤25🔥12👍6
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Leaders of Tommorow in International Business and Economics: Reshaping Global Economy. Yozgi maktab 2026-yil 9-23-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2026-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
❤38👍8🔥5
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2026-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤30🔥6👍5
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2026-yil 11-iyungacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
❤24🔥5👍4
Dunyoning 34-raqamli universitetida tibbiyot sohasida magistratura kurslarini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Surgery Online Global Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Bu grantlar MSc Surgical Sciences magistrlik kursini onlayn tarzda oʻqish uchun ajratiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2026-yil 29-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/edinburgh-surgery-online-global-scholarships/

@grantlar
❤21🔥10👍1
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi (2026-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
❤19🔥11👍4
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish jarayoni ingliz tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤23👍9🔥6
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
👍11❤6🔥5
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2026-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤19👍8🔥6
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

58th World Gallery of Cartoons – Skopje 2026 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2026-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
❤28👍11🔥6
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 750 dollar
– 3-oʻrin: 500 dollar

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2026-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤33🔥8👍7