Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Global Leadership Scholarship: Britaniyada magistraturani o’qish uchun 10 000 funt sterling grant; joylar soni – 281 ta

Ushbu grant Glasgow universiteti tomonidan shu universitetdagi 200 ga yaqin magistrlik yoʻnalishlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bu yil jami 281 nafar talabaga ushbu grantni taqdim qilish rejalashtirilgan.

Grant miqdori: grantni qoʻlga kiritgan 300 nafar talabaning har biriga 10 000 funt sterling miqdorida mablagʻ taqdim etiladi

Arizalar 2026-yil iyul oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi (magistrlik dasturiga qarab biroz farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-leadership-scholarship-glasgow/

@grantlar
❤26🔥9👍4
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤22👍8🔥4
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
❤19🔥9👍6
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari hamda shu yoʻnalishlardan birida bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1583 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
❤17👍13🔥4
Qabul boshlandi

Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 150 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu yilgi qabulda ushbu dasturga butun dunyodan 150 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2026-yil 9-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
❤25🔥6👍4
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2026-yil 30-aprel, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
❤22👍9🔥5
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan nomzodlarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2026-yil yoz boshidan 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
❤33👍10🔥6
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
❤36👍10🔥4
🎓 Research Academy 1-mavsumga qabul boshlandi
(
Joylar soni atigi 10 nafar!)

Bu ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarini o’rgatadigan 2 oylik dastur.

Kimlar uchun:
→ Universitetga topshirayotgan maktab o‘quvchilari
→ Xalqaro almashinuv dasturlari va magistraturaga topshirayotgan talabalar

Nimalarni o‘rganasiz:
1️⃣ Tadqiqot asoslari
2️⃣ Mavzu tanlash va adabiyotlar tahlili
3️⃣ Metodologiya
4️⃣ Natijalar va tahlil
5️⃣ Manbalar va formatlash
6️⃣ Peer review jarayoni
7️⃣ Jurnalga yuborish
8️⃣ Chop etilish jarayoni

Dastur formati:
• Yoshlar ishlari agentligi Youth Research Office mentorlari bilan interaktiv sessiyalar
• Yo‘nalishlar: Ta’lim, IT, Iqtisodiyot va boshqalar
• 2 oy davomida to‘liq qo‘llab-quvvatlash

👉 Ariza topshirish va ma’lumot: https://youth-research-office.vercel.app/academy
❤30👍10🔥8
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2026-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
❤23🔥8👍5
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
❤13👍13🔥5
AQSH: J-1 viza

AQSHda oʻqish imkonini beruvchi bir qancha dasturlarni, jumladan, almashinuv dasturlarini (masalan, UGRAD, FLEX, TechGirls va h.k.) yutganlar AQSHga J-1 viza orqali ketadi.

Ba'zi oʻquvchilar “J-1 viza orqali AQSHda oʻqib qaytgandan keyin 2 yil davomida xorijga (yoki AQSHga) chiqish mumkin emas ekan, shundaymi?” deb soʻramoqda.

Yoʻq, unday emas (ayrim hollar bundan mustasno).

Grantlar.uz jamoasi AQSHning J-1 vizasi haqida maqola tayyorlagan.

Maqolada tanishasiz:
– AQSH tomonidan beriladigan J-1 vizasi qanday viza?
– J-1 viza bilan AQSHga borib, qaytganlar 2 yil davomida AQSH yoki boshqa davlatlarga bora olmaydimi?
– Oʻzbekiston fuqarolariga qanday dasturlarda qatnashish uchun J-1 viza beriladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-j-1-vizasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
❤23👍4🔥4
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍15❤11🔥7
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Leaders of Tommorow in International Business and Economics: Reshaping Global Economy. Yozgi maktab 2026-yil 9-23-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2026-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
❤23👍6🔥6
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 14-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
❤24👍12🔥5
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
❤17🔥9👍6
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi (2026-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
❤17👍15🔥8
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2026-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤16👍9🔥9
Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, rivojlanish, jurnalistika, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Yashash xarajatlari uchun 16 500 dollar stipendiya

Arizalar 2026-yil 8-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/

@grantlar
❤21👍15🔥10
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida yoki onlayn tarzda 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤30👍7🔥6