Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.38K photos
50 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2026-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
❤23🔥8👍5
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
❤13👍13🔥5
AQSH: J-1 viza

AQSHda oʻqish imkonini beruvchi bir qancha dasturlarni, jumladan, almashinuv dasturlarini (masalan, UGRAD, FLEX, TechGirls va h.k.) yutganlar AQSHga J-1 viza orqali ketadi.

Ba'zi oʻquvchilar “J-1 viza orqali AQSHda oʻqib qaytgandan keyin 2 yil davomida xorijga (yoki AQSHga) chiqish mumkin emas ekan, shundaymi?” deb soʻramoqda.

Yoʻq, unday emas (ayrim hollar bundan mustasno).

Grantlar.uz jamoasi AQSHning J-1 vizasi haqida maqola tayyorlagan.

Maqolada tanishasiz:
– AQSH tomonidan beriladigan J-1 vizasi qanday viza?
– J-1 viza bilan AQSHga borib, qaytganlar 2 yil davomida AQSH yoki boshqa davlatlarga bora olmaydimi?
– Oʻzbekiston fuqarolariga qanday dasturlarda qatnashish uchun J-1 viza beriladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-j-1-vizasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
❤23👍4🔥4
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍15❤11🔥7
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Leaders of Tommorow in International Business and Economics: Reshaping Global Economy. Yozgi maktab 2026-yil 9-23-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2026-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
❤23👍6🔥6
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 14-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
❤24👍12🔥5
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
❤17🔥9👍6
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi (2026-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
❤17👍15🔥8
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2026-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤16👍9🔥9
Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, rivojlanish, jurnalistika, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Yashash xarajatlari uchun 16 500 dollar stipendiya

Arizalar 2026-yil 8-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/

@grantlar
❤21👍15🔥10
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida yoki onlayn tarzda 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤30👍7🔥6
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ipak yoʻli boʻylab jonli meros (Living Heritage along the Silk Roads)

Mukofotlar

Har bir toifa boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
❤29👍15🔥3
Dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri – MEXT (Research Student) grantiga arizalar qabul qilinmoqda

Mazkur grant Yaponiyada magistratura yoki doktoranturada istalgan soha bo'yicha oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
– 1020 AQSH dollarigacha miqdorda oylik stipendiya beriladi.
– Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Nomzod oʻqish uchun ingliz yoki yapon tilini tanlashi mumkin.

Qabul 2026-yil 25-may soat 17:00 gacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/magistratura-uchun-yaponiyaning-mext-stipendiyasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
❤25👍14🔥3
MEXT Undergraduate Students: Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant va oylik 735 dollar stipendiya!

Bu dastur Yaponiyada deyarli barcha sohalar boʻyicha bakalavriat bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Talaba ingliz yoki yapon tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
– 820 AQSH dollari miqdorda oylik stipendiya beriladi.
– Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Arizalar 2026-yil 25-may 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-talaba-dasturi-yaponiyada-bakalavriatni-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-11000-dollar-stipendiya/

@grantlar
🔥21❤20👍5
Central Asia Media Literacy Project : 16-22 yoshlilar uchun bepul onlayn media savodxonlik kursi

Bu kursda ingliz tilini yetarli darajada biluvchi 16-22 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin. Kurs mashgʻulotlari 3 oy – 2026-yil iyundan sentabrgacha davom etadi (onlayn).

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– Sertifikat va tavsiyanomalar
– Media savodxonlik, faktlarni tekshirish, jurnalist sifatida yozish va boshqa koʻnikmalarni rivojlantirish

Arizalar 2026-yil 17-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asia-media-literacy-project/

@grantlar
❤30👍12🔥5
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish jarayoni ingliz tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤23👍7🔥5
Kanada: dunyoning 27-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1600 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3600 dollargacha grant

Arizalar 2026-yil iyun oyidan 19-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2027-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤39👍9🔥6
🇺🇳 UNICEF va Sanepidemqo'mitadan SERTIFIKAT - real va avvalgidan ham yaqinroq!

Yuzlab yoshlar allaqachon FunDooning Immunizatsiya KVESTini yakunlab, sertifikatlarini olishdi. Endi sizning navbatingiz!

📚 Viktorina, komikslar va qiziqarli suhbatlar ko'rinishidagi 7 ta qiziqarli emlash kvestini bajaring:
— vaksinalar qanday ishlaydi
— immunitet qanday rivojlanadi
— VPCh nima
— misinformatsiyani qanday aniqlash mumkin
va boshqa ko'p mavzular!

🏆 Sizni nima kutmoqda:
— maxsus stikerlar
— "Sog'liqni saqlash chempioni" unvoni
— va eng muhimi, rasmiy SERTIFIKAT!

👉 Hoziroq @FunDooUzbBot - raqamli yordamchingiz bilan boshlang 🤖
🤖 FunDoo platformasida siz: ✔️ zerikarli ma'ruzalarsiz o'rganasiz, ✔️ va eng muhimi, hayotda haqiqatan ham kerakli bo'ladigan bilimlarga ega bo'lasiz.

___________

🇺🇳 СЕРТИФИКАТ от UNICEF и Санэпидкомитета — реальнее и ближе, чем когда-либо!

Уже сотни молодых людей прошли Иммунизационный квест FunDoo и получили свои сертификаты. Очередь за Вами!


📚 Пройдите 7 увлекательных квестов по иммунизации в виде комиксов и интересных чатов, с викторинами:
— как работают вакцины
— как формируется иммунитет
— что такое ВПЧ
— как распознавать фейковую информацию
и многое другое!

🏆 Вас ждут:
— специальные стикеры
— звание «Чемпион здоровья»
— и главное — официальный СЕРТИФИКАТ!


👉 Начните прямо сейчас с Вашим цифровым помощником 🤖 @FunDooUzbBot
🤖 На платформе FunDoo Вы: ✔️ учитесь без скучных лекций, ✔️ а главное, получаете знания, которые раельно пригодятся в жизни.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28🔥10👍9
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
❤29🔥8👍6