Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.38K photos
50 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Yandex ML School Uzbekistan AI va machine learning sohasida 19 nafar mutaxassisni tayyorladi
 
Bu dasturning ilk bitiruvchilari hisoblanadi.
 
Yandex ML School Uzbekistan'ga qabul qilinib, uni muvaffaqiyatli tamomlash oson bo‘lmagan. Dastur qat’iy saralash tizimi va talabalarga qo‘yilgan yuqori talablari bilan ajralib turadi: qariyb 3000 nafar nomzod orasidan faqat 19 nafar ishtirokchigina o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlay oldi.
 
Bir yil davomida talabalar machine learning, deep learning, NLP, computer vision va katta til modellari bo‘yicha intensiv tayyorgarlikdan o‘tdi. Shuningdek, ular chiziqli algebra, matematik tahlil va ehtimollar nazariyasini ham chuqur o‘rgandi.
 
Ta’lim jarayoni to‘liq ingliz tilida olib borildi va real industrial vazifalar asosida shakllantirildi. Darslarni Yandex ekspertlari, AI sohasi mutaxassislari hamda yetakchi universitetlar o‘qituvchilari olib bordi.
 
Dastur davomida maktab talabalaridan tashkil topgan uchta jamoa dasturning akademik rahbari Mahmud Sodiqov boshchiligida ML Community Hackathon g‘oliblari qatoriga kirdi.
 
Bitiruvchilarning ayrimlari allaqachon texnologik loyihalarda ish boshlagan. Masalan, dastur ishtirokchilaridan biri Yandex Cloud'ning sun’iy intellekt texnologiyalari orqali o‘rmon yong‘inlarining oldini olishga qaratilgan loyihasida ishtirok etmoqda, yana biri esa Ucell kompaniyasidan ish taklifi olgan.
 
Navbatdagi oqim uchun ro‘yxatdan o‘tish ochilgan. Arizalarni 10 sentyabrgacha topshirish mumkin.

#reklama

https://t.me/grantlar
❤38👍10🔥10
Blitz nemis tili markazi “IMKON” ta’lim granti loyihasiga qabul boshlanganini e’lon qiladi!🎉

Bu yil grant miqdori — 550 million so‘m.

🤩60 nafar yosh 1 yil davomida nemis tilini mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📍Shundan 20 nafar o‘quvchi Toshkent filiallarida,
📍yana 40 nafar o‘quvchi esa Samarqand, Farg‘ona, Qarshi va Andijon filiallarida tahsil oladi. 🚀


Grantda 16–25 yosh oralig‘idagi, O‘zbekistonning istalgan hududida yashovchi yoshlar qatnashishi mumkin.

📝 Saralash motivatsion esse va suhbat asosida amalga oshiriladi.

Bu loyiha Blitz nemis tili markazi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajagiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilmoqda.

Agar siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermoqchi bo‘lmasangiz, hoziroq ariza topshiring!

🔖 "IMKON" ta'lim grantiga ro‘yxatdan o‘tish

⏳ Arizalar 31-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

P.S. Ushbu imkoniyat haqida do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang ✨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37🔥19👍16
Malayziyada magistraturani oʻqish uchun MTCP toʻliq granti!

Malayziya hukumati tomonidan taklif etiladigan ushbu grant deyarli barcha soha boʻyicha magistraturada oʻqish uchun (ingliz tilida) ajratiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya (taxminan 800 AQSh dollari) stipendiya beriladi
– Malayziyaga borish va o’qish yakunida qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplab beriladi

Arizalar 2026-yil 12-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/malayziyada-oqish-uchun-mtcp-granti/

@grantlar
❤33👍17🔥9
O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji (AQSH)

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2026-yil 1-avgustdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍35❤31🔥10
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ipak yoʻli boʻylab jonli meros (Living Heritage along the Silk Roads)

Mukofotlar

Har bir toifa boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
❤26👍9🔥6
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1381 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 753 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
❤25👍11🔥10
Qabul boshlandi

Kanada: dunyoning 27-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1600 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3600 dollargacha grant

Arizalar 2026-yil 19-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2027-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤24👍18🔥8
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 105 yevro oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga:
– IT va kompyuter fanlari, dasturiy taʼminot muhandisligi, mahalliy qishloq xoʻjaligi / oziq-ovqat ishlab chiqarish, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika va taʼlim, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, huquqshunosli sohalarida oʻqiyotgan;
– hozirda 2-kurs boʻlgan;
– 2026-yil, oktabrda 19 yoshdan kichik boʻlmagan va 23 yoshdan katta boʻlmagan;
– Oʻzbekistondagi OTMlarda tahsil oluvchi talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 105 yevro oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni

Arizalar 2026-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar
❤21👍13🔥11
“World Handwriting Contest” tanlovi: berilgan matnni qoʻlda koʻchirib yozing va mukofotlar yutib oling

Ushbu tanlovda yoshidan va fuqaroligidan qatʼi nazar, barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan berilgan inglizcha matnni oq qogʻozga qoʻlda koʻchirib yozish va uning rasmini ariza bilan birga yuborish talab etiladi.

Ishlar turli yosh guruhlari asosida baholanadi va mukofotlanadi.

Mukofotlar:
– Har bir yo’nalish va kategoriya bo’yicha g’oliblarga maxsus sertifikatlar beriladi
– Gʻoliblar esdalik sovg’alar (yozish uchun turli ish qurollari, husnixat to’plamlari va va h.k.) bilan taqdirlanadi

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-handwriting-contest/

@grantlar
❤40👍13🔥4
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤17👍14🔥7
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi (2026-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
❤17👍7🔥7
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
❤37👍10🔥4
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
❤17👍5🔥5
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,33 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 3-6 oy davom etadi.

Arizalar 2026-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
2❤39👍12🔥11
Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant

Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi
– Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati

Arizalar qabuli 2026-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi va 2026-yil 2-noyabr yoki 2027-yil 4-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/

@grantlar
👍19❤16🔥7
International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

@grantlar
❤24👍7🔥4
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
– Universitetda oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 3-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
❤29👍10🔥7
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari hamda shu yoʻnalishlardan birida bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1583 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍17❤15🔥3
Dunyoning 5-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤43👍13🔥7