Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.38K photos
50 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
SDG Youth Summer Camp: 1998-2008-yillar orasida tug’ilganlar uchun Koreyada xalqaro yozgi oromgoh

Ushbu oromgoh iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash va uglerod bozorlariga bagʻishlangan. Ishtirokchilar uglerod bozorlari haqida oʻrganadi, mavzuga oid muammolarni hal qilsih boʻyicha saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydigan innovatsion gʻoyalar hamda tezkor yechimlarni ishlab chiqadi.

Oromgoh 2025-yil 4-6-avgust kunlari Janubiy Koreyada, ingliz tilida oʻtkaziladi.

Manfaatli jihatlar:
– Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Maxsus sertifikat beriladi
– Xalqaro tanishlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2026-yil 15-iyun, soat 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sdg-youth-summer-camp/

@grantlar
❤26👍9🔥8
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2026-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤34👍16🔥7
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
❤24👍6🔥5
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤21👍9🔥4
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 750 dollar
– 3-oʻrin: 500 dollar

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2026-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤17🔥10👍5
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
❤12👍4🔥4
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
❤16👍9🔥4
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasi yoki 10 yillik tegishli mehnat tajribasiga ega nomzodlar.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– J-2 vizasi bo‘yicha bir nafar oila a’zosi uchun moliyaviy yordam.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2026-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
❤23🔥10👍6
🇷🇺 ROSSIYA DAVLAT UNIVERSITETLARIGA GRANT ASOSIDA QABUL BOSHLANDI!

Texnik Pro xalqaro ta’lim agentligi orqali Rossiyaning nufuzli davlat universitetlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kunduzgi ta’lim olish imkoniyati.

🎓 Volga bo‘yi davlat texnologiya universiteti
🎓 Tyumen davlat universiteti
🎓 Moskva aviatsiya instituti (MAI)
🎓 Sankt-Peterburg davlat agrar universiteti

📚 Qabul imtihon asosida:
• Matematika
• Fizika
• Rus tili

O‘rtacha bilim darajasiga ega abituriyentlar ham qatnashishi mumkin.

⏰ Hujjatlar qabuli 30-IYUNGA QADAR!

Joylar cheklangan. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va grant asosida talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

📞 +998937191194
📲 Telegram: @texnikprouz
🌐 Website: texnikpro.uz
📱 Instagram: @texnikpro.uz
❤18👍8🔥6
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2026-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
❤27👍9🔥5
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
❤18👍6🔥2
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤24👍8🔥7
5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling

Ushbu tanlovda 5-19 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan “Chemistry Powering our Planet (Sayyoramizni quvvatlayotgan kimyo)” mavzusida rasm chiqish va uni JPG yoki PNG shaklida topshirish talab etiladi.

Tanlov quyidagi yoshlar kesimida oʻtkaziladi:
– 5-8 yosh
– 9-12 yosh
– 13-15 yosh
– 16-19 yosh

Mukofotlar:
– Har bir kesim boʻyicha gʻoliblar 350 AQSH dollari bilan mukofotlanadi
– Ishtirokchilarga sertifikat beriladi
– Sovrindor shlar onlayn platformalarda namoyish etiladi

Ishla 2026-yil 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-chemistry-art-competition/

@grantlar
❤22👍7🔥4
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2026-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤21🔥6👍5
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
👍17❤14🔥4
Andijonda IT Community Roadshow 2026: AI, startaplar va IT karyera bo‘yicha bepul tadbir

Tadbir 2026-yil 27-iyun kuni 10:00–17:00 da Andijonda tashkil etiladi. Ushbu tadbirda 16 yoshdan katta barcha ishtirok etishi mumkin.

Tadbirda ishtirokchilar AI davrida karyera qurish, IT sohasida taʼlim va rivojlanish imkoniyatlari, muvaffaqiyatli startap yaratish va boshqa mavzular boʻyicha bilim va tavsiyalar oladi.

Shuningdek, tadbir davomida interaktiv viktorinalar, sovrinli o‘yinlar va netvorking sessiyalari ham tashkil etiladi.

Moddiy jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– Bepul tushlik va kofe-breklar

Qatnashish uchun 2026-yil 26-iyun 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/it-community-roadshow/

@grantlar
❤25🔥14👍13
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
❤22👍7🔥4
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 25 ming dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori 8-12-sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Tanlov har yili 3 marta oʻtkaziladi, shu 3 ta mavsumda 1-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yil gʻolibini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etadi.

Har bir masumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 3000 dollar;
– 2-oʻrin: 2000 dollar;
– 3-oʻrin: 1000 dollar;

Yil gʻolibi boʻlgan ishtirokchi mavsumiy tanlovdagi pul mukofotidan tashqari 22 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy mavsum uchun arizalar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
❤26👍7🔥6
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2026-yil 24-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤21👍9🔥2
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 150 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu yilgi qabulda ushbu dasturga butun dunyodan 150 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2026-yil 9-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
❤32👍13🔥10