Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.38K photos
51 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 150 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu yilgi qabulda ushbu dasturga butun dunyodan 150 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2026-yil 9-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
❤32👍13🔥10
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 238 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2027-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2026-yil 22-sentabrdan 22-oktabrgacha (oʻqish 2027-yil bahorgi semestrdan)
– 2026-yil 10-noyabrdan 2027-yil 14-yanvargacha (oʻqish 2027-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤25👍11🔥7
Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2027-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Boshqa majburiy to'lovlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar 2026-yil 6-iyuldan 9-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 21-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
👍24❤18🔥9
NSP almashinuv dasturiga oxirgi qabul natijalari eʼlon qilindi

Slovakiyada 1 oydan 10 oygacha almashinuv asosida oʻqish va tadqiqot olib borish imkonini beruvchi NSP dasturining oxirgi qabul natijalari eʼlon qilindi.

Ushbu qabulda (2026-yil 30-aprelda tugagan qabul) jami 72 nafar oʻzbekistonlik talaba va tadqiqotchi mazkur dasturga qabul qilingan.

Qabul qilinganlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: Mazkur dasturga keyingi qabul 2026-yilning sentabr oyi oxirlarida ochilishi kutilmoqda.

@grantlar
❤34👍19🔥9
Global Leadership Scholarship: Britaniyada magistraturani o’qish uchun 10 000 funt sterling grant; joylar soni – 281 ta

Ushbu grant Glasgow universiteti tomonidan shu universitetdagi 200 ga yaqin magistrlik yoʻnalishlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bu yil jami 281 nafar talabaga ushbu grantni taqdim qilish rejalashtirilgan.

Grant miqdori: grantni qoʻlga kiritgan 281 nafar talabaning har biriga 10 000 funt sterling miqdorida mablagʻ taqdim etiladi

Arizalar 2026-yil iyul oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi (magistrlik dasturiga qarab biroz farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-leadership-scholarship-glasgow/

@grantlar
❤12👍5🔥4
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤16👍9🔥7
Dunyoning 8-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga taxminan 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
❤50👍27🔥12
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan nomzodlarga (sudya, huquqshunos, huquq professor-oʻqituvchi, sud maʼmuri, davlat amaldorlari va h.k.) moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
❤27👍7🔥4
Kanada: dunyoning 27-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1600 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3600 dollargacha grant

Arizalar 2026-yil 19-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2027-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
1❤25👍8🔥5
O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji (AQSH)

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2026-yil 1-avgustdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
❤28👍15🔥3
Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant

Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi
– Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati

Arizalar qabuli 2026-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi va 2026-yil 2-noyabr yoki 2027-yil 4-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/

@grantlar
❤20👍11
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 93 000 dollar!

Dasturga teatr, raqs va musiqiy teatr sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi.

Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyoz:
Ishtirokchilarga yiliga 93 000 AQSH dollari stipendiya beriladi.

Arizalar 2026-yil 9-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
❤20👍6🔥3
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2026-yil 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
❤12👍9🔥5
Dunyoning 5-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤23👍12🔥7
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
❤11👍6🔥4
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida yoki onlayn tarzda 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤21👍15
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
❤17👍9
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari hamda shu yoʻnalishlardan birida bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1583 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
❤28👍11🔥4
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2026-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤35👍11
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasi yoki 10 yillik tegishli mehnat tajribasiga ega nomzodlar.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– J-2 vizasi bo‘yicha bir nafar oila a’zosi uchun moliyaviy yordam.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2026-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
❤24👍5🔥2