Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.38K photos
50 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Kanada: dunyoning 27-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1600 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3600 dollargacha grant

Arizalar 2026-yil 19-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2027-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤27👍5🔥1
Dunyoning 8-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga taxminan 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍31❤21🔥4
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
❤19👍7
O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji (AQSH)

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2026-yil 1-avgustdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
❤46🔥10👍5
Dunyoning 5-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤41👍9🔥8
5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling

Ushbu tanlovda 5-19 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan “Chemistry Powering our Planet (Sayyoramizni quvvatlayotgan kimyo)” mavzusida rasm chiqish va uni JPG yoki PNG shaklida topshirish talab etiladi.

Tanlov quyidagi yoshlar kesimida oʻtkaziladi:
– 5-8 yosh
– 9-12 yosh
– 13-15 yosh
– 16-19 yosh

Mukofotlar:
– Har bir kesim boʻyicha gʻoliblar 350 AQSH dollari bilan mukofotlanadi
– Ishtirokchilarga sertifikat beriladi
– Sovrindor shlar onlayn platformalarda namoyish etiladi

Ishla 2026-yil 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-chemistry-art-competition/

@grantlar
❤34👍6🔥1
Expatrio Scholarship tanlovi: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant

Bu tanlov 2025-yil oktabrdan boshlab Germaniyada istalgan bosqichda oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan.

Ishtirokchilardan berilgan mavzuda 2 daqiqadan oshmaydigan video tayyorlash va topshirish talab etiladi (ingliz, nemis yoki ona tilida).

Mukofotlar: Sovrinli oʻrinlar – 10 ta. Sovrindorlar 300 yevrodan 15 000 yevrogacha pul mukofotlari va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/expatrio-scholarship/

@grantlar
❤28👍5
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍17❤13🔥3
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 750 dollar
– 3-oʻrin: 500 dollar

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
❤24👍5🔥4
Urganchda IT Community Roadshow 2026: AI, startaplar va IT karyera bo‘yicha bepul tadbir

Tadbir 2026-yil 22-agust kuni 10:00–17:00 da Urganchda tashkil etiladi. Ushbu tadbirda 16 yoshdan katta barcha ishtirok etishi mumkin.

Tadbirda ishtirokchilar AI davrida karyera qurish, IT sohasida taʼlim va rivojlanish imkoniyatlari, muvaffaqiyatli startap yaratish va boshqa mavzular boʻyicha bilim va tavsiyalar oladi.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– Xivadan keluvchilar uchun bepul transport tashkil etiladi
– Tadbir davomida interaktiv viktorinalar, sovrinli o‘yinlar va netvorking sessiyalari ham tashkil etiladi

Qatnashish uchun 2026-yil 21-avgust 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/urganchda-it-community-roadshow/

@grantlar
❤22🔥6👍5
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
❤19👍5
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
❤33👍18🔥10
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati!

United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir.

Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi.

UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi.

Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi.
– Darsliklar olib beriladi.

Bu yilgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Qabul qilinganlar 2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/

Foydali:

👉 Shu dastur g'olibi bilan suhbat

@grantlar
❤37👍6🔥6
Central Asia Youth Dialogue Forum: Qirgʻizistonda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 5 kunlik forum!

Ushbu forumga ingliz tilida erkin muloqot qila oluvchi 18-25 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Forum 2026-yl -5-9-oktabr kunlari Issiqkoʻl shahrida (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtadi.

Forum mavzusi: Yoshlarning jinoiy faoliyatga jalb etilishining oldini olish.

Jami 25 nafargacha ishtirokchi qabul qilinadi.

Moddiy imtiyozlar:
– Roʻyxatdan oʻtish va qatnasish bepul
– Safar (borish-kelish) xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy, oziq-ovqat va oʻquv materiallari taʼminlanadi

Arizalar 2026-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asia-youth-dialogue-forum-2/

@grantlar
❤40👍13🔥5
“Yoshlar tinchlik uchun” BMT Modeli 2026: yoshlar uchun diplomatiya va xalqaro muzokaralar bo‘yicha bepul konferensiya

Ushbu konferensiya 2026-yil 17-18-avgust kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Konferensiyada talabalar, yuqori sinf oʻquvchilari, xalqaro munosabatlarga qiziquvchi yoshlar qatnashishi mumkin. Jami 200 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Manfaatli jihatlari:
– Ishtirok etish bepul va bepul tushlik taʼminlanadi
– BMT Modeli formatida amaliy diplomatiya va muzokaralar olib borish tajribasini orttirish
– o‘z fikr va takliflarini asoslantirish hamda diplomatik tarzda himoya qilishni o‘rgananish
– Yoshlar ishlari agentligi, BMT tizimi vakillari hamda xalqaro miqyosda faol yosh liderlar bilan muloqot qilish imkoniyati va boshqalar

Arizalar 2026-yil 14-avgust 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yoshlar-tinchlik-uchun-bmt-modeli/

@grantlar
❤36👍5🔥2
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
❤16👍4
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasi yoki 10 yillik tegishli mehnat tajribasiga ega nomzodlar.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– J-2 vizasi bo‘yicha bir nafar oila a’zosi uchun moliyaviy yordam.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2026-yil 20-sentabrgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
❤9👍8🔥8
ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻruta xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2026-yil 31-avgust soat 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar
❤23👍8🔥7
Amaliyot Ofisi — Yoshlar ishlari agentligida amaliyot dasturi

Bu dastur Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi ish jarayonlarini o‘rganish, tajribali mutaxassislar bilan ishlash, real loyihalarda ishtirok etish hamda kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Dasturga bitiruvchi bosqich talabalari, bitiruvchilar hamda faol va tashabbuskor yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Agentlik tizimida tajriba orttirish
– Real loyihalarda qatnashish
– Eng yaxshi amaliyotchiga oyiga 1 mln soʻm stipendiya
– Kasbiy va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish va boshqalar

Arizalar 2026-yil 20-avgust 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/amaliyot-ofisi/

@grantlar
❤25👍8🔥3
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 93 000 dollar!

Dasturga teatr, raqs va musiqiy teatr sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi.

Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyoz:
Ishtirokchilarga yiliga 93 000 AQSH dollari stipendiya beriladi.

Arizalar 2026-yil 9-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
2👍11❤9🔥1