Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.38K photos
51 videos
14 files
7.1K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
❤9👍4🔥4
Dunyoning 8-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga taxminan 30 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
❤26👍5
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
❤16👍10
Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grant

Ushbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi
– Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyati

Arizalar qabuli 2026-yil 2-noyabr yoki 2027-yil 4-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/

@grantlar
❤21👍5🔥4
Dunyoning 5-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤32👍8🔥3
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2026-yil 31-oktabr, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
❤27👍9🔥2
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
❤27👍7
UM NL-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 18 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM NL-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 18 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 20 150 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 38 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 1-oktabrdan 10-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
❤30👍10
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 992 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2026-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
❤25👍11
TDTU Graduate Scholarship: Vyetnamda magistratura va doktoranturada o‘qish uchun to‘liq va qisman grant

TDTU universiteti mavjud magistratura va doktorantura yoʻnalishlari uchun toʻliq va qisman grantlarni taqdim qiladi. Oʻqish ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdorlari:
– To‘liq grant: 100% o‘qish to‘lovi va yotoqxona xarajatlari to’liq qoplanadi.
– Qisman grant: o‘qish to‘lovining 50% qismi va yotoqxona xarajatlarining 50% qismi qoplanadi.

Arizalar 2026-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tdtu-graduate-scholarship/

@grantlar
2❤14👍7
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

2027-yil kuzidan o'qishni boshlash uchun arizalar 2026-yil 28-sentabrdan 2027-yil 3-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
❤20👍19
🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda

Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz!

Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.

Dasturda:
— dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar;
— real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle;
— rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating;
— yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar.
Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.

📅 26-sentabr, 12:00
📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz.

➡️ ARIZA TOPSHIRISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6🔥3
AQSH: Oʻzbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha stipendiya dasturi – xarajatlar toʻliq qoplanadi

Bu dasturga magistrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilingan 6 nafar ishtirokchi Vashington shahrida uch oylik (2027-yil 15-fevral – 15-may) kunduzgi dasturda oʻz malakalarini oshiradi (ingliz tilida).

Nomzodlar belgilangan mavzularga oid tadqiqot loyihalarini taqdim qilishi kerak.

Moddiy imtiyozlar:
– Oyiga 4000 dollar stipendiya
– Yoʻlkira xarajatlari uchun 1600 dollar mablagʻ

Arizalar 2026-yil 20-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/uzbekistan-reform-support-fellowship/

@grantlar
❤21👍18
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 238 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2027-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2026-yil 22-sentabrdan 22-oktabrgacha (oʻqish 2027-yil bahorgi semestrdan)
– 2026-yil 10-noyabrdan 2027-yil 14-yanvargacha (oʻqish 2027-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
❤37🔥7👍4
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 500 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
❤25🔥4👍2
Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2027-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Boshqa majburiy to'lovlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar 2026-yil 9-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 21-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
❤27👍10
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 1250 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun yiliga 310 yevro mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2026-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
❤22👍15
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
❤20🔥1
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida yoki onlayn tarzda 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
❤31👍1
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1800 CHF (taxminan 2150 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2026-yil oktabr oyi oxiridan 29-noyabrgacha davom etadi (2027-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
❤20👍6