Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Daniya: Mexatronika va elektronika sohalari magistratura kurslari uchun toʻliq grant; oylik stipendiya – 400 yevro!
👉 https://grantlar.uz/daniya-mexatronika-va-elektronika-sohalari-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-400/

@grantlar
Forwarded from Salomov.uz
​​❗️ Oʻzbekistondagi AQSh elchixonasi 15-17 yoshli oʻzbekistonliklar uchun AQSHda 2-4 hafta davomida universitetlar va taʼlim bilan tanish imkonini beruvchi dasturga arizalar qabul qilmoqda.

Dasturda qatnashish imkonini qoʻlga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
✔️ AQShga borish va kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi.
✔️ Viza xarajatlari qoplab beriladi.
✔️ Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
✔️ Barcha ishtirokchilar dastur davomida tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi.

🔘 Ushbu dasturga arizalar 2020-yilning 20-fevrali soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Talablar va hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumot bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Harbiy xizmatchiga OTMga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi belgilandi
👉 https://grantlar.uz/blog/harbiy-xizmatchiga-otmga-kirishi-uchun-tavsiyanoma-berish-tartibi-belgilandi/

@grantlar
Forwarded from Salomov.uz
2020-yil 1-fevraldan boshlab Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 soʻm;

👉 Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari – 1 207 461 soʻm;

👉 Davlat granti va stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun – 513 600 soʻm;

👉 Davlat granti va stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun bazaviy stiyendiya – 428 600 soʻm;

👉 1- va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalarga belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi.

👉 Alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtmoiy himoyaga muhtoj talabalarga belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
👍1
Avstraliya: Bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun 50 foizlik grant; joy – 10 ta!
👉 https://grantlar.uz/avstraliya-bakalavriat-bosqichida-tahsil-olish-uchun-50-foizlik-grant-joy-10-ta/

@grantlar
Endi Oʻzbekiston fuqarolari 5 yillik shartnoma asosida Yaponiyada ishlashi mumkin
👉 https://grantlar.uz/blog/endi-ozbekiston-fuqarolari-5-yillik-shartnoma-asosida-yaponiyada-ishlashi-mumkin/

@grantlar
AQSh: Barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi; stipendiya - 3 000 AQSh dollar!
👉 https://grantlar.uz/aqsh-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi-stipendiya-3-000-aqsh-dollar/

@grantlar
Qoʻshni davlatlarda oʻqiyotgan talabalardan oʻqishni Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirish uchun hujjatlar qabul qilinadi
👉 https://grantlar.uz/blog/qoshni-davlatlarda-oqiyotgan-talabalardan-oqishni-ozbekiston-otmlariga-kochirish-uchun-hujjatlar-qabul-qilinadi/

@grantlar
Forwarded from Salomov.uz
Hali ham kimga qancha stipendiya berilishini tushuna olmayotgan talabalar bor ekan. Quyida kimga qancha stipendiya berilishi haqida maʼlumotlarni keltirib oʻtaman (maʼlumotlar stipendiyasiz kontrakt toʻlab oʻquvchilarga va davlat granti asosida oʻquvchi bitiruvchi kurslarga taalluqli emas).

№1.
Davlat granti asosida oʻqiyotganlar ham, toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotganlar ham semestrni “5” ga yopsa, 513 000 soʻm stipendiya oladi: 428 000 + (428 000x20%) = 513 000.

№2. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar semestrni “4” yoki “3” bahoga yopsa, bazaviy miqdordagi stipendiyani, yaʼni 428 000 soʻm oladi.

№3. Semestrni “Yaxshi (4)” bahoga yopgan, shuningdek, semestrdagi fanlarning 1-29% qismini “qoniqarli (3)” bahoga yopgan davlat granti asosida tahsil oluvchi talabalar bazaviy miqdordagi stipendiyani, yaʼni 428 000 soʻm oladi.

№4. Oʻquv semestri fanlarining 30 foizi va undan ortiq qismini “qoniqarli” oʻzlashtirish bilan yakunlagan (reyting koʻrsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida oʻquvchi talabalarga navbatdagi oʻquv semestrida stipendiya tayinlanmaydi. Yaʼni ular keyingi semestr stipendiya olmaydi.

Shu oʻrinda, stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga oid maʼlumotni ham keltirib oʻtsak: oʻquv semestrini “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi – 86 ball va undan yuqori)lar bilan yopgan stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalar stipendiya bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida, yaʼni 85 600 soʻm (hozirda) toʻlov bilan ragʻbatlantiriladi.

Yuqoridagilardan tashqari, iqtidorli, jamoat ishlarida faol va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga ham qoʻshimcha ravishda belgilangan stipendiyaning 50 foizigacha qoʻshimcha toʻlov bilan ragʻbatlantiriladi.

Qolgan barcha maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasining 59-son qarorida berilgan.

P.S. Huquqiy axborot kanalidadagi “Kontraktdagi talaba”lar oʻzlashtirish koʻrsatkichidan qatʼi nazar bazaviy stipendiyani oladi nomli xabarni koʻrib, kontraktda oʻquvchi talabalar “5” ga yopsa ham 428 000 ming olar ekan, degan xayolga bormang. Bu xabar faqat “4” va “3” bahoga yopgan kontraktda oʻquvchi talabalarga taalluqli.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
University of Manchester: bakalavriat uchun qisman grantlar
👉 https://grantlar.uz/university-of-manchester-bakalavriat-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
​​Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Nyu-York shahrida boʻlib oʻtadigan The Economic and Social Council (ECOSOC) xalqaro forumida ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qildi.

2020-yilning 31-mart 2-aprel kunlari AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Ijtimoiy va iqtisodiy kengashi yoshlar forumi hamda yoshlar yalpi majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda. BMTning ushbu tadbirida oʻzbekistonlik yosh yetakchilar delegatsiyasi ishtirok etishi va nutq soʻzlashi rejalashtirilgan.

Rejadan tashqari, ishtirokchilar dunyoga mashhur New York Bridge ko'prigi, Manxetten koʻchalarida sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston fuqarolari ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Xalqaro forumda ishtirok etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ishtirokchilarning oʻzlari tomonidan qoplanadi. Yoshlar ittifoqi tanlangan nomzodlarga vizani qoʻlga kiritishda koʻmaklashadi.

Forum haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Tanlovga arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Arizani SHU YERDA topshirishingiz mumkin.

Ta'limga oid yangiliklar👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAECp_t68C8AC0V-Abg
University of Westminster: Magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant; safar va yashash xarajatlari qoplanadi!
👉 https://grantlar.uz/university-of-westminster-magistratura-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Forwarded from Salomov.uz
​​Viza talablariga amal qilmayotganlar soni keskin oshib borayotganligi sababli, Yapon hukumati Yaponiyada oʻqishni xohlovchi Oʻzbekiston fuqarolariga viza berishdan oldin amalga oshiriluvchi tekshiruvni kuchaytirmoqda. Yomon.

Sababi nima?

Afsuski, Yaponiyada tahsil olayotgan koʻpgina xorijliklar oʻqishi yakunlanib, oʻqish uchun berilgan viza muddati tugagandan keyin ham Yaponiyadan chiqib ketmaydi – noqonuniy qolib, ishlab yurishga urinishadi. Noqonuniy qolib ishlayotgani maʼlum boʻlgan xorijliklarga nisbatan Yaponiyadan deport qilishgacha boʻlgan choralar qoʻllaniladi.

Bunday urinishlarni amalga oshiruvchi xorijliklar orasida oʻzbekistonliklar ham bor. Mazkur chora Yaponiyada noqonuniy qoluvchilar sonini qisqartirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yaponiya hukumati bunday chorani oxirgi marta qachon qoʻllagan?

Aytish joizki, Yaponiyada ishchi kuchi yetishmaydi. Xorijliklar, jumladan xorijlik talabalar Yaponiyada yetishmayotgan ishchi kuchining oʻrnini anchagina toʻldirib turadi. Jumladan, Yaponiyada tahsil olayotgan xorijlik talabalarga haftasiga 28 soat ishlashi uchun qonunan ruxsat berilgan.

Ishchi kuchi yetishmasligi muammosiga qaramay, viza muddati tugagach mamlakatda noqonuniy qolayotganlar soni keskin oshishi Yaponiya immigratsiya xizmatlari agentligini qatʼiy chora koʻrishga majbur qilgan.

Agentlik xorijlik talabalarga viza berishdagi tekshiruvchi kuchaytirish chorasini oxirgi marta bundan 30 yil oldin qoʻllagan. Hozirda Yaponiyada oʻqishni xohlovchi 7 mamlakat fuqarolariga viza berishda kuchaytirilgan tekshiruv amal qiladi. Bu mamlakatlar –Xitoy, Vetnam, Nepal, Shri-Lanka, Myanma, Bangladesh va Moʻgʻuliston.

Bu safar nechta mamlakat fuqarolari uchun chora koʻrilishi rejalashtirilgan?

Bu safar jami 80 ta davlat fuqarolariga oʻqish uchun viza berishdan oldin kuchaytirilgan tekshiruvni qoʻllash nazarda tutilgan. Ular orasida Oʻzbekiston ham mavjud. Eʼtiborga molik jihati shundaki, bunday davlatlar orasidan Xitoyni chiqarib tashlash rejalashtirilgan.

Kuchaytirilgan tekshiruv qachondan amal qila boshlaydi?

80 mamlakat fuqarolari uchun kuchaytirilgan tekshiruv 2020-yilning aprelidan boshlab amal qila boshlaydi. Ungacha ushbu mamlakat fuqarolari odatiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Davlatlar roʻyxati nimaga asoslanib tuzilgan?

Agentlik iqtisodiy holati nisbatan yaxshi boʻlgan davlatlar roʻyxatini shakllantirgan. Bu roʻyxatdan 118 mamlakat joy olgan. Iqtisodiy holat yaxshiroq davlatlar fuqarolarining noqonuniy qolib ishlash ehtimoli kam ekanligi hisobga olingan.

80 ta mamlakat esa iqtisodiy holati u qadar yaxshi boʻlmagan davlatlar roʻyxatidan joy olgan. Mazkur mamlakatlar fuqarolarining noqonuniy qolib ishlash ehtimoli yuqori boʻlganligi sababli, ularga nisbatan kuchaytirilgan tekshiruv joriy qilinmoqda. Noqonuniy qoluvchilar soni ham hisobga olingan, albatta.

Tekshiruv qiyinlashadi degani nima?

Bu degani vizaga nomzoddan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinadi.

Masalan, hozirda kuchaytirilgan tekshiruv amal qiluvchi 7 mamlakat fuqarolari, boshqa davlat talabalaridan farqli ravishda, viza uchun Agentlikka ariza topshirishda quyidagi qoʻshimcha hujjatlarni ham taqdim qilishi lozim:

1. Eng oxirgi taʼlim bosqichida olingan diplom/sertifikat.
2. Talaba Yaponiyada oʻqiyotgan payti uni iqtisodiy taʼminlab turuvchi vatanidagi qarindoshlarining bank hisob raqamlaridagi summalar.
3. Talabaning ota-onasi/qarindoshlariga qarindoshlik aloqasi bilan bogʻlanganini isbotlovchi hujjat.

Shunday qilib, joriy yilning aprelidan boshlab Yaponiyada oʻqishni xohlovchi vatandoshlarimiz uchun viza olish yanada qiyinlashadi.

Tekshiruv kuchaytiriladigan 80 mamlakatning toʻliq roʻyxati bilan SHU YERDA tanishing.

P.S. Vatandoshlarimiz qaysi davlatda borishdan qatʼiy nazar, viza va boshqa masalalarga oid qonunchilikka amal qilishlarini soʻrab qolamiz.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
University of Westminster: Magistratura bosqichida oʻqish uchun 3 000 funt-sterling grant; joy – 60ta!
👉 https://grantlar.uz/university-of-westminster-magistratura-bosqichida-oqish-uchun-3-000/

@grantlar
University of Manchester: Magistratura uchun toʻliq grant!
👉 https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Angliya: Insholar tanlovi; bosh sovrin – 7 000 yevro!
👉 https://grantlar.uz/angliya-insholar-tanlovi-bosh-sovrin-7-000-yevro/

@grantlar
Chexiya: bakalavriat va magistraturada 1 semestr uchun toʻliq grant va 2050 yevro stipendiya; joy – 6 ta!
👉 https://grantlar.uz/chexiya-bakalavriat-va-magistraturada-1-semestr-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Islom Taraqqiyot Banki: Yosh mutaxassislar dasturi; yuqori oylik maosh, bepul sugʻurta, aviachipta beriladi; joy – 25tagacha!
👉 https://grantlar.uz/islom-taraqqiyot-banki-yosh-mutaxassislar-dasturi-yuqori-oylik-maosh-bepul-sugurta-aviachipta-beriladi-joy-25/

@grantlar
AQSh: Bakalavr bosqichi uchun 15 000 AQSh dollargacha grant!
👉 https://grantlar.uz/aqsh-bakalavr-bosqichi-uchun-15-000-aqsh-dollargacha-grant-2/

@grantlar
AQSh: Oʻqituvchilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!
👉 https://grantlar.uz/aqsh-oqituvchilar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar