Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
#Eslatma

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan Khazar University barcha bosqichlar uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etmoqda.

Darslar ingliz tilida boʻladi.

Oʻqishga kirish yoki granti qoʻlga kiritish uchun IELTS/TOEFL talab etilmaydi.

Qabul 2021-yilning 15-mayigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khazar-university-ozarbayjonda-barcha-bosqichlarda-tahsil-olish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lager!

AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi 9-10-sinf oʻquvchilar uchun Samarkand–USA English Camp – 2021 yozgi lagerini eʼlon qildi. Mazkur yozgi lagerda qatnashish mutlaqo BEPUL.

Lager 2021-yilning 20-iyunidan 18-iyuligacha Samarqandda boʻlib oʻtadi.

Lagerdagi mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

– ingliz tilini rivojlantirish
– Amerika haqida oʻrganish
– butun Oʻzbekistondan yangi doʻstlar orttirish
– musiqa, raqs, sanʼat va sport
– Samarqand boʻylab tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish
– va toʻliq bir oy davomida navqiron Samarqandda koʻngil ochish

Ishtirokchilar yotoqxonalarga joylashtiriladi va bir oy davomida Samarqand davlat chet tillari institutidagi maxsus darslarga qatnaydi.

Lager uchun arizalar 2021-yil 10-may, soat 18:00 ga qadar topshiriladi.

Ishtirok etmoqchi boʻlganlar koʻrsatilgan sanagacha BU YERDA ariza topshirishlari mumkin.

@grantlar_namuna
❤2👍1
Grant yutish uchun nima qilish kerak? Yoxud “yutolmayman” deb, hujjat topshirmaydiganlar uchun maxsus maqola
👉 https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-nima-qilish-kerak-yoxud-yutolmayman-deb-hujjat-topshirmaydiganlar-uchun-maxsus-maqola/

@grantlar
❤1
AQSHning 15 ta universitetiga grant asosida qabul qilingan oʻzbek talaba bilan suhbat

“Imtihonlarga (SAT, IELTS) tayyorgarlik koʻrish va universitetlarga topshirish uchun 1 dollar ham sarflamadim. IELTS va SATʼga internetdagi tayyor manbalar orqali tayyorlandim. Universitetlarga hujjat topshirish jarayonini ham internetdagi maʼlumotlar asosida oʻrganib chiqdim, hammasiga hech bir agentlik koʻmagisiz, oʻzim mustaqil hujjat topshirdim”.

Suhbatni toʻliq oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-15-ta-universitetiga-grant-asosida-qabul-qilingan-ozbek-talaba-bilan-suhbat/

P.S. Talabaning universitetlarga topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
Rossiya: magistraturada o’qish uchun 100% grant!
👉 https://grantlar.uz/hse/

@grantlar
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lageri haqidagi savollarga javoblar tayyorlandi.

Batafsil: https://t.me/grantlar_namuna/207

@grantlar
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; mukofot – 5 ming AQSH dollari!
👉 https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
“Yosh kitobxon oila tanlovida ishtirok etib, “Spark” yutib oling!

30 yoshgacha
boʻlgan yosh oila (er-xotin)lar uchun “Yosh kitobxon oila” tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlov hududiy va respublika bosqichida boʻlib oʻtadi.

Hududiy bosqich g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin – kir yuvish mashinasi, maxsus diplom.
2-o‘rin – televizor, maxsus diplom.
3-o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin – “Prezident sovg‘asi” 1 dona yengil avtomashina (“Spark”), kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
2-o‘rin – 1 dona kompyuter jamlanmasi, kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
3-o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom.

Arizalar 2021-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yosh-kitobxon-oila-tanlovida-ishtirok-etib-spark-yutib-oling/

@grantlar
Tanlov: o’ziga xoslikni ifodalovchi rasm chizib, 1000 AQSh dollari yutib oling
👉🏻 https://grantlar.uz/tanlov-oziga-xoslikni-ifodalovchi-rasm-chizib-1000-aqsh-dollari-yutib-oling/

@grantlar
👍1
O'zbekistondagi City Business School'dan eksklyuziv taklif!

"CERT ACADEMY GROUP" – nufuzli "City Business School" xalqaro biznes maktabining O'zbekistondagi vakolatxonasi sizga 20 479 000 so'm miqdorida grant olish imkoniyatini beradi.

Grant nimaga sarflanadi?

Grant eng oliy va dunyoda talab qilinadigan MBA GENERAL dasturi uchun o'quv to'lovining 59 foizini qoplaydi.

❗️ Grant miqdori naqd shaklida berilmaydi va faqat MBA GENERAL dasturi bo'yicha ta'lim olish uchun ishlatilishi mumkin.

MBA dasturlari bo'yicha maslahat olish:

☎️ Telefon orqali: +998712030204
🌐 e-mba.uz saytida so'rov qoldiring.
University of Sheffield: Bakalavriatda oʻqish uchun 50% lik grantlar; joy - 50 ta!
👉 https://grantlar.uz/university-of-sheffield-bakalavriatda-oqish-uchun-qisman-grant/

@grantlar
DIQQAT!

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lageri haqida qoʻshimcha maʼlumotlar aniqlashtirildi.

1. Litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari ham qatnasha oladi.

2. Hali hujjat topshirmagan boʻlsangiz, ota-ona ruxsatini (Letter of Permission from Parents) inglizcha yozing. Ruxsatning taxminiy namunasi BU YERDA 13-savolda koʻrsatilgan.

3. Ishtirokchilar ingliz tilini kamida pre-intermediate darajada bilishi lozim.

4. Samarqandga borish va qaytish xarajatlarini ishtirokchilarning oʻzi qoplaydi. Yotoqxona, oziq-ovqat va mashgʻulotlar bepul.

Eslatma: Ariza shaklini inglizcha toʻldiring, oʻzbekcha yoki ruscha emas.

Yozgi lager va unga hujjat topshirish haqida BU YERDAN maʼlumot oling.

@grantlar_namuna
Grant yutish haqida: baholar va insholarning o'rni qanday?
👉🏻 https://grantlar.uz/blog/grant-arizasini-tushunib-oling/

@grantlar
Magistraturada o'qish uchun EPOG+ grantiga hujjat topshirib, suhbat bosqichiga o'tgan talabaning motivatsiya xati
👉 https://grantlar.uz/blog/erasmus-mundus-epog-toliq-grant-dasturining-suhbat-bosqichiga-otgan-nomzodning-inshosi/

@grantlar
IMD MBA Merit Scholarships: MBA kursida oʻqish uchun 54 ming AQSh dollarigacha grantlar!
👉 https://grantlar.uz/imd-mba-merit-scholarships-mba-kursida-o%ca%bbqish-uchun-grantlar/

@grantlar
Huquq sohasida dunyoning birinchi raqamli oliygohi - Stenford universitetiga kirgan hamyurtimiz bilan suhbat
👉🏻 https://grantlar.uz/blog/llm_stanford/

@grantlar
#Eslatma

Fulbright (magistratura) dasturiga qabul davom etmoqda.

Fulbright AQSHda magistratura bosqichini to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi

Dastur quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi
– Talabalarga oylik stipendiya ajratiladi
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi
– Stipendiat J-1 vizasi bilan ta’minlanadi
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi
– O’zbekistondan AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi

Dasturga hujjatlar 2021-yil 5-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

@grantlar
UNESCO Prize for Girls’ and Women’s Education 2021: Xotin-qizlar ta’limi fidoyilari uchun tanlov; mukofot – 50000 AQSH dollari!
👉 https://grantlar.uz/unesco-prize-for-girls-and-womens-education-xotin-qizlar-talimi-fidoyilari-uchun-tanlov/

@grantlar
Avstriyada oʻqishning afzalliklari
👉 https://t.me/grantlar_namuna/211

@grantlar