Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Kontrakti arzon universitetlar: Vena texnologiya universiteti (Avstriya)
👉 https://t.me/grantlar_namuna/234

@grantlar
Dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan Ton Duc Thang University (Vetnam) bakalavriatda oʻqish uchun 100 ta toʻliq, 100 ta qisman (jami 200 ta) grant taklif qilmoqda.

Grantlarning 100 tasi ingliz tilidagi kurslarda, yana 100 tasi vetnam tilidagi kurslarda oʻqish uchun beriladi.

Qabul va grant yutish uchun til talabi – IELTS 5.0!

2021-yil kuzgi semestr uchun qabul 2021-yilning 15-iyunigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ton-duc-thang-university-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
Global UGRAD g'oliblari e'lon qilindi!

Bugun 2021-2022 Global UGRAD dasturi g'oliblari e'lon qilindi. Bu yil mazkur dasturga 11 kishi qabul qilingan.

Ta'kidlash joizki, hozirgacha Global UGRAD dasturiga bunchalik ko'p o'zbekistonlik talaba qabul qilinmagan. Bu yilgisi eng ko'pi bo'ldi.

Endi g'oliblar TOEFL imtihonini topshiradi (TOEFL sertifikati borlar topshirmaydi). Imtihon topshirish xarajatlari ham dastur tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.

TOEFL sertifikati olgach, AQSHga ketishga tayyorgarlik boshlanadi.

G'oliblarni tabriklaymiz!

Agar Siz ham g'olib bo'lgan bo'lsangiz va bunda kanaldagi postlar/hujjatlarning biroz bo'lsa-da yordami tekkan bo'lsa, bizni ham bundan xabardor qilishingizni so'rardik. :)

Bu yil o'ta olmaganlarga esa kayfiyatni tushurmaslik va keyingi yil uchun yaxshiroq tayyorlanishni tavsiya qilamiz. Zero, bu yilgi g'oliblar ichida o'tgan yili o'tolmaganlar ham bor.

Harakatdan to'xtamang!

@grantlar_namuna
Goi Peace Foundation insholar tanloviga ishnolar qabuli davom etmoqda.

Tanlovda 25 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida topshirilishi mumkin.

Mukofot: 900 AQSH dollarigacha pul, sovgʻalar va diplomlar.

Sovrinli oʻrinlar soni esa 60 dan ortiq!

Insholar 2021-yilning 1-aprelidan 15-iyunigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
Rossiya: HSE oliygohi bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etmoqda.

Nomzod faqat ingliz tilida yoki faqat rus tilida yoxud ham rus, ham ingliz tilida oʻqitiladigan kurslardan birini tanlashi mumkin.

Grant turlari quyidagicha:

HSE Gold Scholarship – kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qiladi va 1500 rubl oylik stipendiya taqdim etadi

Tuition fee waivers – kontrakt summasidan 25% dan 70% gacha chegirma qilinadi.

Qabul 2021-yil 15-avgustgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-ingliz-va-rus-tillaridagi-bakalavr-va-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar-va-stipendiya/

@grantlar
AQSh: Jeyn Ostin ijodi haqida insholar tanlovi; Sovrin – 1000 AQSh dollari!
👉 https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
Bilkent Universiteti: Turkiyada ingliz tilida bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!
👉 https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
❤1
BO It! ilyustratsiyalar tanlovi: mukofot – 1200 yevro!
👉 https://grantlar.uz/bo-it-ilyustratsiyalar-tanlovi-mukofot-1200-yevro/

@grantlar
Bugun - 6-may, soat 16:00 da Zoom platformasida Education USA tomonidan Fulbright Foreign Student Program bo'yicha onlayn uchrashuv o'tkaziladi.

Uchrashuvda Fulbright dasturiga qabul talablari va saralash mezonlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Zoom uchrashuvda qatnashish uchun havola: https://cutt.ly/GbsxGtF

Eslatma: Fulbright Foreign Student Program magistratura bosqichini AQSHda to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

@grantlar_namuna
2021-2022 Global UGRAD dasturini qoʻlga kiritgan talabaning hujjatlari
👉 https://t.me/grantlar_namuna/238

@grantlar
Asian Institute of Technology: Dengizning plastik chiqindilardan ifloslanishini kamaytirish boʻyicha magistrlik dasturi uchun toʻliq grant!
👉 https://grantlar.uz/asian-institute-of-technology-magistrlik-dasturi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Bakalavriat va masgitratura uchun Koreya milliy san’at universitetining AMA+ granti!

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalanadi:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Koreyaga borish va vatanga qaytish uchun aviachiptalar bilan ta’minlanadi.
– Oyiga 800 ming Koreya voni (taxminan 713 AQSh dollari) stipendiya bilan ta’minlanadi.
– O’qish boshlaniahisdan oldin bepul koreys tili kursi tashkillashtiriladi.
– Tibbiy sug’urta xarajatlari qisman qoplanadi.

Qabul 2021-yilning 25-mayidan 10-iyunigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koreya-bakalavriat-va-magistratura-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-borish-kelish-xarjatlari-qoplanadi/

@grantlar
University of Glasgow: magistratura kurslari uchun 10 000 funt-sterling grant; joy – 70 ta!
👉 https://grantlar.uz/university-of-glasgow-magistratura-kurslari-uchun-10-000-funt-sterling-grant-joy-70-ta/

@grantlar
Our World is Beautiful: mukofot jamgʻarmasi 250 ming yevrolik fotosuratlar tanlovi!
👉 https://grantlar.uz/our-world-is-beautiful-mukofot-jamgarmasi-250-ming-yevrolik-fotosuratlar-tanlovi/

@grantlar
IMD MBA Merit Scholarships: MBA kursida oʻqish uchun 54 ming AQSh dollarigacha grantlar!
👉 https://grantlar.uz/imd-mba-merit-scholarships-mba-kursida-o%ca%bbqish-uchun-grantlar/

@grantlar
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?
👉 https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

@grantlar
Bugun (8-may) O'zbekiston vaqti bilan 21:00 dan boshlab 2020-yilda o'ynalgan Grin karta (Green Card) natijalarini tekshirish mumkin bo'ladi.

Grantlar.uz jamoasi Grin karta natijalarini tekshirish va unutib qo'yilgan tasdiqlov raqamini qayta tiklash haqida maqola tayyorlagan.

Maqola yordamida natijalarni qiyinchiliksiz tekshirishingiz va unutilgan tasdiq kodini tiklashingiz mumkin.

Maqolani o'qish👇
https://grantlar.uz/blog/green-card-grin-karta-natijalarini-qanday-tekshirish-va-unutib-qoyilgan-tasdiqlov-raqamini-qanday-tiklash-mumkin/

@grantlar
ESD: Estoniyada davlat xizmatchilari va yosh diplomatlar uchun 9 oylik oʻquv dasturiga toʻliq grant va oylik stipendiya!
👉 https://grantlar.uz/esd-estoniyada-davlat-xizmatchilari-va-yosh-diplomatlar-uchun-9-oylik-oquv-dasturi/

@grantlar
Shvetsiya: 2019 yoki 2020-yilda PhD darajasini olganlar uchun esselar tanlovi; mukofot 30 000 AQSh dollargacha!
👉https://grantlar.uz/shvetsiya-esselar-tanlovi-mukofot-30-000/

@grantlar