Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
​​Toshkentdagi Amerika markazidan 1000 dollardan 8000 dollargacha grant!

Amerika Kengashlari jamiyatga ijobiy o'zgarish olib keladigan onlayn loyihalar uchun 1000 AQSH dollaridan 8000 AQSH dollarigacha grant taklif qilmoqda.

Taklif etiladigan onlayn loyihalar quyidagi mavzulardan birini o'zida mujassamlashtirishi kerak:
- computer programming;
- journalism;
- media literacy;
- digital story-telling;
- women empowerment;
- debates.

Qanday ariza topshiriladi?

Ariza topshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

1. 24-may yoki 27-may kuni soat 10:00 da bo'ladigan Zoom uchtashuvda ishtirok etish lozim. Bunda dasturga qatnashish haqida ma'lumot beriladi.

2. Grantning ariza shaklini to'ldirib, CV bilan birga 2021-yil 7-iyungacha tashkentact@gmail.com elektron manziliga yuborish lozim.

Eslatma: Grantning ariza shaklini va Zoom uchrashuv uchun havolani olish uchun quyidagi shaklni emailingiz hamda boshqa ma'lumotlarni kirtish orqali to'ldirishingiz kerak.

👉 SHAKLNI TO'LDIRISH 👈

@grantlar
Talabalar uchun insholar tanlovi: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!
👉 https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
Ispaniya: Magistratura talabalari uchun toʻliq va qisman grantlar!
👉 https://grantlar.uz/ispaniya-magistratura-talabalari-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Umumiy javob:
Ha, koʻchirsangiz boʻladi. Deyarli barcha davlatlardagi koʻplab universitetlar boshqa davlat talabalarini “transfer student” (oʻqishni koʻchirgan talaba) sifatida qabul qiladi.

Batafsil👉 https://t.me/grantlar_namuna/160

@grantlar
🤔 Biror grant yoki grantga hujjat topshirish uchun barcha hujjatlaringiz tayyor, ammo motivatsion insho yoki shaxsiy bayon (personal statement) yozishga boshingiz qotdimi?

📝 Tavsiyanomalar matnini ingliz tilida tayyorlash kerakmi?

Bizga murojaat qiling va biz sizga:

✅ Barcha bosqichlar uchun ingliz tilida, plagiatsiz motivatsion insholar;
✅ Ingliz tilida yuqori sifatli tavsiyanomalar yozishga;
✅ Tayyor yozilgan insholarni ingliz tili grammatikasi va insho stiliga moslab, tahrirlashga yordam beramiz.

💯 Insho va tavsiyanomalarni AQShga to'liq grant yutgan, TOEFL IBT 107 va IELTS 7,5 sertifikatlariga ega bo'lgan mutaxassis 1-3 kunda tayyorlab beradi.

📌 Deadline o'tib ketmasidan avval harakatni boshlang!

Murojaat uchun: @Essay_services
Xorijiy universitetga hujjat topshirishda talaba yo'l qo'yadigan 6 xato
👉https://grantlar.uz/blog/xorijiy-universitetga-hujjat-topshirishda-talaba-yol-qoyadigan-6-ta-xato/

@grantlar
Yevropadagi eng goʻzal universitetlar qaysi ekanini bilasizmi?

Grantlar.uz volontyori Firdavs Burxonov Yevropadagi eng goʻzal 10 universitet haqida video tayyorladi.

Videoda binolarining betakror gʻozalligi bilan ajralib turuvchi Yevropa oliygohlari bilan tanishasiz.

Videoni koʻrish👇
https://www.youtube.com/watch?v=Pqswtb0kFSI

YouTube kanalimizga obuna boʻlishni unutmang.

@grantlar
Luiss Guido Carli Universiteti: GRE yoki GMAT topshirganlarga Italiyada magistratura uchun qisman va to’liq grantlar! Joy – 8 ta
👉 https://grantlar.uz/luiss-guido-carli-universiteti-gre-yoki-gmat-topshirganlarga-italiyada-magistratura-uchun-qisman-va-toliq-grantlar-joy-8-ta/

@grantlar
Hech Avstriyada o'qish haqida o'ylaganmisiz?

Avstriyada o'qishning qanday afzalliklari borligini bilasizmi?

Bu safargi videoda Avstriyada o'qishning afzalliklari haqida ma'lumot olasiz.

👉 VIDEONI KO'RISH 👈

Videoni Grantlar.uz saytining volontyori Firdavs Burxonov tayyorladi.

Videoni ko'rganda, hech o'ylanmay "like" bosavering. ;) Bu volontyorlarni ruhlantiradi.

YouTube kanalimizga obuna bo'lishni unutmang.

@grantlar
Dunyoning 2-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:

– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grantga 100 tagacha talaba qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍1
Oʻzbekiston: Tourism. The Path to innovation – mukofot jamgʻarmasi – 800 million soʻm boʻlgan tanlov!
👉 https://grantlar.uz/blog/tourism-the-path-to-innovation-tanlovi/

@grantlar
Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura uchun 18 000 funt-sterlinggacha grant; joy – 60 ta!
👉 https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-bakalavriat-va-magistratura-uchun-18-000/

@grantlar
#Eslatma

Yaponiyada magistratura va doktoranturada oʻqish imkonini beruvchi MEXT Research Student grantiga arizalar qabuli 26-mayda yakunlanadi.

Grantlar.uz jamoasi mazkur grant boʻyicha toʻliq yoʻriqnoma shakllantirgan.

Yoʻriqnoma quyidagilardan iborat:

👉 Grant dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Grant gʻolibi bilan suhbat

👉 Grant gʻolibining grantga topshirgan hujjatlari (ingliz tilida)

👉 Grant gʻolibining grantga topshirgan hujjatlari (yapon tilida)

Maʼlumot uchun: Mazkur grantni yutib olganlarning Yaponiyaga borish va kelishi, yashashi hamda oʻqishi toʻliq moliyalashtiriladi.

@grantlar
Janubiy Koreyadagi Yonsei uiversitetiga qabul qilingan va "El-Yurt umidi" jamg'armasi grantini yutib olgan talabaning hujjatlari
👉 https://grantlar.uz/blog/janubiy-koreyaning-eng-nufuzli-universitetlaridan-biri-doktorantura-kursiga-qabul-qilinib-el-yurt-umidi-toliq-grantini-yutgan-talabaning-hujjatlari/

@grantlar
Ota-onalar, oʻqituvchilar, aka-opalar va maktab, litsey va kollej oʻquvchilari diqqatiga

Kecha maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ariza qabul qilinayotgan tanlovlar toʻplami eʼlon qilingandi.

Shu kabi tanlovlar yuzasidan ota-onalar, oʻqituvchilar, aka-opalar va oʻquvchilarga murojaat qilmoqchimiz.

👉 MUROJAATNI OʻQISH 👈

@grantlar
Germaniya universitetlarida magistratura va PhD bosqichida oʻqish imkonini beruvchi DAAD grantiga arizalar qabuli davom etmoqda.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Oylik stipendiya (magistrlar uchun 861 yevro, PhD bosqichi uchun 1200 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Tadqiqot va izlanish xarajatlari uchun har semestrda 230 yevro mablagʻ.

Ariza topshirish muhlati universitet va yoʻnalishlarga qarab farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
Hozirga qadar dunyoning turli davlatlaridagi oʻqish bepul boʻlgan 20 ga yaqin universitetlar haqida postlar tayyorlaganmiz.

Baʼzi mushtariylar “Bu universitetlarga chindan kirsa boʻladimi oʻzi?” deb ham soʻrashyapti.

Ha, albatta kirsa boʻladi. Oʻqish bepul boʻlgan universitetlarda koʻplab oʻzbek talabalar tahsil olgan va olmoqda.

Ularning baʼzilari bilan Grantlar.uz jamoasi suhbat ham qilgan.

Quyida oʻqish bepul universitetlarda tahsil olgan/olayotgan hamyurtlarimiz bilan boʻlgan suhbatlarni oʻqishingiz mumkin:

👉 Berea kollejida (AQSH) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Berea kolleji haqida

👉 NTNU universitetida (Norvegiya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 NTNU universiteti haqida

👉 Erlangen-Nyurenberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Erlangen-Nyurenberg universiteti haqida

👉 Bamberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Bamberg universiteti haqida

👉
Zigen universitetida (Germaniya) tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbat
👉 Zigen universiteti haqida

Hozirda oʻqish bepul universitetlarning baʼzilariga arizalar qabul qilinmoqda, baʼzilariga esa qabul endi boshlanadi. Talablarga mos boʻlsangiz, siz ham topshirishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablariga qabulning boshlanish sanasi e'lon qilindi

Respublikasidagi barcha prezident maktablariga qabul jarayonlari 2021-yil 5-iyundan boshlanadi.

❗Hujjatlarni topshirish jarayoni portal.piima.uz sayti orqali FAQAT ONLAYN TARZDA amalga oshiriladi.

☝️ Qabul 2021-yilning 25-iyuniga qadar davom etadi.

Qabul yuzasidan savollar tug'ilsa, quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

👉 Maxsus telegram bot

☎️ Chaqiruv markazi: +998712077222

❗MUHIM: Bularning barchasi 2021-yilning 5-iyun sanasidan o'z faoliyatini boshlaydi.

@grantlar