Huquqiy axborot | Lotin
6.32K subscribers
3.28K photos
150 videos
2 files
7.15K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Taʼlim kreditlari kimlarga beriladi?

Batafsil ushbu rolik orqali tanishing

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush eʼlon qilingan.

Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik taʼlim muassasalaridagi korrupsiya ko‘rinishi haqidagi maʼlumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborish mumkin.

Bunda, yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qatʼiy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maxsus platforma havolasiga o‘tish manzili: http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:

👉 tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

👉 tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;

👉 tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplash;

👉 xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

👉 shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

❗️Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar vaqtincha davlat xaridlarida ishtirok etmaydi

“Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4812-son, 21.08.2020 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrdan:

👉 ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan import tovarlari xaridlarining maqsadga muvofiqligi har chorakda kuzatuv kengashlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi;

👉 xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlanadi va chegaralanadi;

👉 Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar bo‘yicha tender (tanlov) ishtirokchilari takliflarini baholashda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining CIP (O‘zbekiston) narxidan 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda preferensiya beriladi.

🗓 2021 yil 1 yanvardan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishning alohida tartiblari bekor qilinadi.

🖥 2020 yil 1 noyabrga qadar cooperation.uz portalida respublikada ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning texnik ko‘rsatkichlari 10 ta raqamli TIF TN kodi va ishlab chiqaruvchilarga bog‘lanish maʼlumotlari bilan birgalikda joylashtiriladi.

❗️2021 yil 1 yanvardan xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish uchun” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.

2021 yil 1 yanvarga qadar xalqaro, mintaqalararo va xorijiy standartlarni ularning asl tilidagi mahsulotga talablarni o‘zgartirmasdan xuddi shunday ko‘rinishda qabul qilish orqali, 1995 yilgacha tasdiqlangan 5 236 ta standartlar “tartibga soluvchi gilyotina” usulida bekor qilinadi.

🔍 2021 yil 1 yanvargacha davlat investitsiyalarini boshqarishni baholashning umum qabul qilingan tamoyillari (PIMA) asosida markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni to‘liq va uzluksiz monitoring qilish tizimi joriy qilinadi.

🧾 Qaror bilan, Davlat xaridlari subyektlarining xarid tizimini auditdan o‘tkazish jadvali tasdiqlandi.

◽️ Shuningdek, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi (yangi tahrirda) ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 26 avgust (2015 yil)

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

🔰 Qonunga ko‘ra, fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida quyidagi huquqlarga ega:

👉 qulay yashash muhiti;
👉 tegishli organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati to‘g‘risida axborot olish;
👉 yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati to‘g‘risida axborot olish;
👉 aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
👉 aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari oqibatida o‘z sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Mustaqillik_solnomasi

🇺🇿 Mustaqillikka erishish arafasida respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan muhim hujjat

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ 1,2,3-darajali serjant harbiy unvonlari joriy etildi

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi (O‘RQ–634, 25.08.2020 y.).

🔰 Qonun bilan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlarda serjant harbiy unvoni o‘rniga quyidagilar joriy etildi:

👉 III darajali serjant;
👉 II darajali serjant;
👉 I darajali serjant.

❗️Qonun bilan serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda, sudning yoki vazirlik va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkinligi belgilandi.

⚠️ Shu bilan birga, harbiy kiyimda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanishi ko‘zda tutildi. (ilgari Mudofaa vazirligi vakolatida bo‘lgan)

📝 Shuningdek, Qonun bilan harbiy xizmatga qabul qilish va harbiy xizmatdan bo‘shatish mezonlari aniq belgilab berildi.

◽️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan 28 nafar yoshlar “Mard o‘g‘lon”davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ushbu mukofot o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.

Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 28 avgust (1998 yil)

“El-yurt hurmati”
ordeni taʼsis etilgan.

Orden bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy maʼnaviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Pandemiya davrida maktablarga qo‘yiladigan sanitariya talablari belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o‘rta taʼlim maktablari va o‘rta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va hisobga olindi.

➡️ Mazkur hujjat COVID-19 pandemiyasi davrida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha umumtaʼlim maktablari va maxsus maktab internatlarning xavfsiz ish muhitini taʼminlashga qaratilgan ish faoliyatiga tatbiq etiladi.

🔰 Hujjatda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

mashg‘ulotlarni soat 8:00 dan so‘ng boshlash va 17.30 dan kechiktirmasdan tugatish tavsiya etiladi, mashg‘ulotlar uch smenada tashkillashtirilishi mumkin;

⚠️ pandemiya davrida ommaviy tadbirlar (yig‘ilishlar, konsertlar, tug‘ilgan kunlar va shu kabilar) o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi;

😷 barcha bolalar va ularning qonuniy vakillari niqoblarda kelishlari shart;

📝 maktabga kirishdan avval, maktabning tibbiy xodimlari/masʼul xodimlari tomonidan “ertalabki filtrlash” bo‘yicha maxsus punkt tashkil etilib, tegishi jurnal yuritiladi;

🚰 “ertalabki filtrlash” jarayonidan so‘ng, o‘quvchilar kirish joylarida o‘rnatilgan maxsus dispenserdan antiseptik vosita yordamida qo‘llarini zararsizlantiradilar;

niqob/respiratorsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi. Bunda, niqob kamida har 3 soatda, respiratorlar kamida har 8 soatda o‘zgartirilishi lozim;

🏷 sinflarda har bir o‘quvchiga 2 m² dan kam bo‘lmagan maydon bo‘lishi talab etiladi;

♨️ pandemiya paytida maktab oshxonalari o‘z ishini amaldagi sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga rioya qilingan holda tashkil etadi;

🔻 yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan o‘quvchilar/maktab xodimlari ushbu belgilar aniqlangan vaqtdan boshlab tez yordam guruhi yoki ota-onalar (qonuniy vakil) kelguniga qadar zudlik bilan izolyatsiya qilinishlari shart.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, avvalroq pandemiya davrida bog‘chalarga qo‘yiladigan sanitariya talablari Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, hisobga olingan edi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 31 avgust (1991 yil)

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan.

Qonunga muvofiq, davlat mulki obyektlari, shuningdek davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O‘zbekiston Respublikasining mulki ekanligi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug‘ damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lishini, xonadoningizdan fayz-baraka arimasligini tilab qolamiz!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qorako‘lchilik klasterlari tashkil qilinadi

“O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi

➡️ Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha qorako‘lchilik klasterlari tashkil qilinadi.

🌲Klasterlarga qorako‘l zotli qo‘ylarini boqishga mo‘ljallangan, shu jumladan, o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi.

💵 2021 yil 1 yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga Prezidentning PQ–4567-son qarorida nazarda tutilgan 120 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar berish tartibi qo‘llaniladi.

💵 Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi aʼzolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida 1 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

🏢 Farmon bilan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi.
👉 Pillachilik va qorako‘lchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishni taʼminlash Qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
👉 Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qo‘mitaga o‘tkaziladi.

💵 Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan, ipak momig‘i) va xom ipak (TIF TN kodi – 5002 va 5003)ni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan ipak chiqindilari va xom ipakning har 1 kilogrammi uchun 0,05 AQSH dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga ajratiladigan yer maydonlari ro‘yxati tasdiqlandi

“Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (534-son, 02.09.2020 y.) qabul qilindi.

➡️ Qaror bilan Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari ro‘yxati tasdiqlandi.

🏔 Shunga ko‘ra, geologiya tabiat bog‘iga jami 3 938 gektar (shundan qo‘riqxona hududi – 2 221, rekreatsiya hududi – 400, xo‘jalik maqsadida foydalanish hududi – 1 317 gektar) yer maydonlari ajratiladi.

🏔 Qaror bilan Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish hamda kelgusida YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i Prezidentning PQ–4766-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni tiklash bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi

“2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (526-son, 29.08.2020 y.) qabul qilindi.

➡️ Qaror bilan 2020-2021 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.

👉 Amaliy harakatlar rejasi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich – 2020 yil oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, tegishli chora-tadbirlarning bajarilishi natijasida yalpi ichki mahsulotning o‘sish ko‘rsatkichi 102,2 foiz (dastlabki prognoz 105,5 %)ni tashkil etishi kutilmoqda.
2-bosqich – 2021 yilda amalga oshirilib, 5–5,5 foiz barqaror iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlaydigan, 2020-2021 yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralarni o‘z ichiga oladi.

🏛 Amaliy harakatlar rejasiga muvofiq, 2020 yil oxirigacha bank sektorida ko‘riladigan asosiy chora-tadbirlar, jumladan, quyidagilardan iborat:
👉 majburiy zaxiralash shartlarini qayta ko‘rib chiqish orqali tijorat baknlariga 2,2 trln so‘m qo‘shimcha likvidlik berish;
👉 koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan korxonalarni 2020 yil 2-yarmida 17 trln so‘m miqdorida aylanma mablag‘lar bilan taʼminlash.

Aholi bandligini taʼminlash sohasidagi chora-tadbirlar doirasida 2020 yil yakuniga qadar, jumladan:
👉 “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali 265,2 ming nafar ishsizlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi;
👉 301 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinadi;
👉 53,6 ming kishi tadbirkorlik va uy-joy maydonlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik hamda tikuvchilik kooperativlarida aʼzolik uchun subsidiyalakr bilan taʼminlanadi;
👉 42,8 ming kishi bepul tarzda kasb-hunarga o‘qitiladi.

Qaror bilan shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Hukumat qarori (537-son, 03.09.2020 y.) bilan Amirulla Xazratovich Abdullayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Agentlik 2019 yil 9 sentyabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Sudlarga berilgan daʼvolarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn kuzatish mumkin bo‘ladi

“Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

📌 Qaror bilan sudlar faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichdagi vazifalari belgilandi.

➡️ Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlari kengaytiriladi, har bir murojaatni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish taʼminlanadi, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.

🔰 Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi:

🔸2021 yil 1 yanvardan sudlarda sud majlisini taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlisi bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish;

🔸2021 yil 1 iyuldan apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar o‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlash;

🔸2021 yil 1 oktyabrdan barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul asosda xabardor qilish;

🔸2022 yil 1 yanvardan sud qarorlarini taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bo‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etish;

🔸2022 yil 1 iyulga qadar sudlar faoliyatida, shu jumladan, fuqarolar va tadbirkorlarga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

🔸2023 yil 1 yanvardan sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish;

🔸sudlar, Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yana-da yaxshilash.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan sudlar faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarni beruvchi “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi:

👉 davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga daʼvo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish;

👉 manfaatdor shaxslar tomonidan daʼvo, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish;

👉 sud majlisi ishtirokchilari tomonidan maʼlumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuborish;

👉 sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish.

☑️ Shuningdek, 2020 yil yakuniga qadar sud majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil dastur ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 5 sentyabr (2007 yil)

“Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilingan.

➡️ Institutining asosiy vazifasi etib «Bank ishi», «Biznesni boshqarish», “Turizm” va «Biznesda zamonaviy axborot texnologiyalari» yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tarixi

🗓 7 sentyabr (2017 yil)

“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

Qonunga ko‘ra, fuqarolar huquqiy axborotni moneliksiz izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega.

❗️Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatini belgilangan tartibda taʼminlashi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin