ICC | KIMYO
27.3K subscribers
2.79K photos
1.21K videos
465 files
1.34K links
🏫 Online KIMYO Maktabi

👨‍🏫 Husniddin Ergashev
👨‍🏫 Mirjalol Boymurodov
👨‍🏫 Sardor Zokirov

Tayyorlov:
Milliy sertifikat A+ gacha
Attestatsiya Oliy toifagacha
Xalqaro A level imtixoniga
Kirish imtixonlariga

📞 97 660 1997
📩 @CEO97

@icc_kimyo_natijalar
Download Telegram
@icc_kimyo_guruh guruhidagi spamdagilar spamdan chiqarildi, qoidalarga amal qiling. Spam bòlmaslik uchun qoidalarga qat'iy amal qiling.
Kimyo.pdf
238 KB
DTM - 2021

Oliy ta'lim muassasalariga KIMYO fanidan test topshiriqlari tafsilotlari.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
2021-yil imtixonlarda kimyo bòlimlaridan nechtadan tushishi

Umumiy kimyo - atomdan boshlab elektrolizgacha bòlgan mavzular

Anorganik kimyo - metall va metallmaslar mavzulari .( Umumiy bilan anorganik farqiga ba'zida bormay qolamiz shu uchun qisqacha yozib ketdim)

Organik kimyo - organik kimyoda😁

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍2
ICC | KIMYO
2021-yil imtixonlarda kimyo bòlimlaridan nechtadan tushishi Umumiy kimyo - atomdan boshlab elektrolizgacha bòlgan mavzular Anorganik kimyo - metall va metallmaslar mavzulari .( Umumiy bilan anorganik farqiga ba'zida bormay qolamiz shu uchun qisqacha yozib…
Mana shu joyiga tushunmadim òzim ham. Bular ochiq demoqchi bòlishgan. Adashib ketishgan. Yoki ko'cha tilida ochiq va yopiq test tushunchalarini xato qòllaymiz. Qisqasi A, B, C, D lik bòlishi kerak.
⚡️ Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Milliy sertifikat uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Qabul: 17-maydan 27-maygacha
Ro'yhatdan o'tish: my.dtm.uz sayti

1)Savol: Nima foydasi bor bu?
Javob: OTM imtixoniga òtadi. Ya'ni sertifikat imtixonida necha foiz olsangiz, DTM imtixonida 30 ta testdan sertifikatda olgan foizingizni berishadi.
2)Savol: Agar pastroq ball chiqib qolsa, sertifikatdan foydalanmasa ham bòladimi( qayta imtixonda DTM testni òzini ishlasa bòladimi)?
Javob: Albatta, faqat DTM imtixonlari uchun bòladigan qabulda sertifikatingizni raqamini kiritmaysiz. Ya'ni foydalanish ixtiyoriy.
3) Savol: Tavsiya berasizmi?
Javob: Savollar juda oson tushdi, shunga topshirib kòrsangiz bòladi.
4) Savol: Pullikmi?
Javob : Ha pullik, 350 ming sòm atrofida edi adashmasam. ( saytda ròyhatdan òtayotganda aytadi.)

👉 my.dtm.uz

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Assalomu alaykum hammaga.

Bu mahsulot haqiqiy ekan.

DTM tomonidan tushunmovchilik bòlgan ekan. Bugun erta DTM kanalida ham e'lon berilar ekan.

Spectrum nashriyoti va DTM hamkorligida chiqarilayapti ekan.
Nashriyot rahbari telefon orqali aloqaga chiqdi va gaplashdik, 1-2 kunda sotuvga chiqishi aytilmoqda. Barcha dòkonlarga tarqatish ishlari ham boshlanibdi. Kitoblarni barcha kitob dòkonlaridan sòrasangiz bòladi.
Keyin kanalda qanaqadir xato post chiqsa yoki kim bilandir muammo bòlsa, òzimga yozing yoki telefon qilinglar. Tòĝirlab qòyish muammo emas.
97 080 1997
@b97uz

Gaplashayotgan vaqti hurmatingizni saqlang. Hurmatsizligingiz uchun bir yoki ikki marta kechirishim mumkin. 3-sida hafa qilaman. Xatto qaysidir vazir bòlsangiz ham... .

Kimgadir zararim tegishini xohlamayman. Kimgadir nisbatan adovatim ham yòq. Ta'limdagi ozgina rivojlanishni qòllab quvvatlayman. Maqsadim ham shu.

Allohga shukur. Yaxshilik ham,yomonlik ham Allohdan.
⚡️ Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi

📚 Davlat test markazi tomonidan barcha umumta’lim fanlaridan o‘zbek va rus tillarida test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi.

📌 To‘plamlardan 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o‘rin olgan bo‘lib, ular o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

✅ To‘plamlarni hududlardagi kitob do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

📤 Test topshiriqlari mazmuni bo’yicha takliflar va fikr-mulohazalaringizni test@dtm.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ertaga nasib qilsa DTM yuristi bilan gaplashmoqchiman.

Yuqoridagi kitobni elektron shaklda tarqatish mumkin emas deb yozilgan. Katta jarimaga tushib qolmang.

Agar hamma narsani batafsil tushuntirib berolsalar qarshiligim yòq. Chunki, mualliflik huquqini buzmaslik degan tushunchani òzim qòllab quvvatlayman.

Lekin DTM bu monopoliya tashkilot ekanligini unutmasligimiz kerak, hozir gap ta'lim haqida ketmoqda. Avtomobil haqida emas. Davlat tomonidan ta'lim BEPUL hisoblanadi. Avtomobil esa bepulligi kafolatlanmagan.

Keyin chet-el OTM larida tushgan savollarga qarasak, ularda mualliflik huquqi mavjud emas. Ya'ni test erkin holatda barcha saytlarda joyda aylanib yuradi. Abituriyentlar bemalol istagan usulida foydalanishadi. Agar saytida bòlmasa, OTM dan sòrasangiz . Albatta tashlab berishadi . Va òquvchilar bemalol tayyorlanishadi.

Bizda nimaga unaqa emas?

Davlat-sherikchilik asosida nashriyot bilan chiqarilsa, ularni chiqarishiga umuman qarshi emasman. Va ularni kitoblarini tarqatmasligizni sòrayman.

E'tibor bering. Man boshqalarni kitobi haqida gapirmadim. Aynan DTM tomonidan savollari taqdim etilgan kitob haqida gapirdim. Bundan oldin ham mualliflik huquqini buzilishiga qarshi bòlganman va shu fikrimda doim qolaman. Biror bir xususiy nashriyot kitobi kanalimizda qòyilmagan. Va qòyilmaydi ham.

DTM 2019 ni ham kanaldan òchirtirib yuborishdi. Ertaga ham buni sababini sòraymiz. Yoki bitta chiroyli murojaatim bor.

DTM - davlat tashkiloti hisoblanadi. Va konstitutsiya tomonidan maktabda BEPUL ta'lim olish kafolatlangan. Adashmasam bu testlar ham maktab o'quvchilarini òqishga kirishi uchun mo'ljallangan.

Aynan bu kitobdagi yozuv bôyicha bu kitobni tarqatish mumkin emas. Shunga tarqatmang. Chunki bu nashriyotniki hisoblanadi. Lekin DTM òzi testlarni elektron shaklda tarqatmasligiga sabab nimada?❗️❗️❗️
Forwarded from UZCONT | | Rasmiy kanal
#Тезкор ⚡️Жума кунида Мусулмонлар учун хушхабар ❗️Исроил ва Фаластин ҳукуматлари икки мамлакат ўртасида юзага келган можаронинг тўхтатилишини маълум қилди.

Исроил матбуотида Исроил Хавфсизлик Вазирлиги Фаластин билан ўт очишни тўхтатиш тўғрисида қарор қабул қилгани ҳақида хабар берилган эди. (Ихлас янгиликлар агентлиги)

- Исроил Хавфсизлик Вазирлар Маҳкамаси қамалда бўлган Ғазо секторида ўт очишни тўхтатиш тўғрисида қарор қабул қилгани ва сулҳ бугун тунда соат 02: 00да бошланиши ҳақида эълон қилинди.

Facebook I Instagram I Youtube I Одноклассники I VK

Ўтказиб юборманг 👇
https://t.me/basmalatv
👍1
UZCONT | | Rasmiy kanal
#Тезкор ⚡️Жума кунида Мусулмонлар учун хушхабар ❗️Исроил ва Фаластин ҳукуматлари икки мамлакат ўртасида юзага келган можаронинг тўхтатилишини маълум қилди. Исроил матбуотида Исроил Хавфсизлик Вазирлиги Фаластин билан ўт очишни тўхтатиш тўғрисида қарор қабул…
Uyingizda serial ko'radiganlar bòlsa, shu kanalda Abdulhamidxon degan serial berilayapti. Ózim vaqtida ko'ra olmayapman. Lekin bu shunchaki serial emas. Uydagilaringiz ko'rishini maslahat beraman. Har tomonlama manaviy ozuqa olishadi. Asosiysi qiziqarli ishlangan. Bekorga serial kòrib umrini ketkazadiganlar uchun foydaliroq.
https://t.me/basmalatv/1731

Yoki Yunus Emro serialini ham kòrishni tavsiya qilaman.
https://t.me/azontvhd_official/10

Abituriyentlarga talaba bòlgandan keyin kòrishini tavsiya qilaman.
👍1
Ushbu bot xizmati orqali siz "Osmondagi bolalar" loyihasi haqidagi eng so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lishingiz, suhbatlarning audio shaklini yuklab olishingiz, ko'rsatuv rivoji uchun o'z takliflaringizni yo'llashingiz hamda ajoyib sovg'alarni qo'lga kiritish imkoniga ega bo'la olasiz!

P.S.: Ayni paytda, do'stlaringizni taklif qilish orqali loyiha futbolkasini yutib olishingiz yoki loyihani tasvirga olish vaqtida ishtirok etishingiz mumkin!

👉 @osmondagibolalarr_bot
Savol: Nechta fandan imtixon bòladi???

Javob: Imtixonga kirganda bilasiz😅.

Maslahatim: bilganingizday òqing. Xissiyotlarga berilmang. Òqishda davom eting.

Lekin yana 2 ta fan bòlishini kònglim sezayapti😂. Yana kim bilsin. (Shunchaki xissiyotlarga berilgan shaxsiy fikrim.)
DTM 2020 testlarini elektron shaklda tarqatmang. Mumkin emas ekan. U uchun nashriyot katta harajat qilgan. Agar siz shuni ishlamoqchi bòlsangiz bozordan sotib oling. Diniy tomonlama ham mumkin emas. Kimdir guruhda tarqatsa spam beraman. Bu haqida tòliq post qilaman.

Ozroq kutsangiz DTM variant shaklida chiqaradi. Shundan bemalol BEPUL foydalansangiz bòladi.
Kimgadir DTM 2020 yechimi kerak bòlsa @kimyomantiq kanali orqali òrgansangiz bòladi. Hozir eritmalarga kelibdi. Nasib qilsa Shoxrux oxirigacha ishlab beradi.

👉 @Kimyomantiq
👉 @Kimyomantiq
👉 @Kimyomantiq
👍4
⚡️ Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ro‘yxatga olish 30-mayga qadar uzaytirildi

📌
2021-yil 17-may kuni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlash imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

✅ Unda ro‘yxatga olish 27-mayga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, fuqarolarning ko‘plab murojaatlariga asosan, mazkur muddat 30-mayga qadar uzaytirildi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 30-mayga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak bòlsin.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
ICC | KIMYO - Online KIMYO Maktabi

Variant kursidan qolib ketganlar bòlsa... .

Kimyo fanidan variant kursiga qòshilmoqchi bòlganlar òzimga yozsangiz bòladi.

2012, 2013, 2014, 2015 va 2016 - yil variantlarini tugatdik. 2017 ga keldik. Har bir yil variant 20 tadan ishlaymiz. Bir biridan farq qiladigan barcha savollar video shaklda tushuntirib beriladi. Aynan shu variantlardan yana savollaringiz paydo bòlsa, individual shaklda tushuntirib beriladi. 2019-yilni DTM tomonidan elektron shaklda chiqarilgan 30 talik testlar asosida ishlaymiz. 2020-yil DTM tomonidan yaqin kunlarda 30 talik shakli botga qòyilishi mumkinligini DTM yuristi aytgan edi. U ham chiqsa shundan ishlaymiz. Sekin ishlaydiganlar 20 tadan emas 10 tadan ishlab yetqazib 2 oyda bemalol tugatsa bòladi.

Sizga :
1) Variantlar elektron shakllari ( bozorda sotiladigan variantlar emas, shunga elektron shaklda BEPUL tashlab beriladi. )
2) Ularning barchasini kalitlari.
3) Video yechimlari beriladi.

Tòlovni bank orqali yoki boshqa òzingizga qulay istalgan usulda qilsangiz bòladi.

Kurs narxi 1-avgust yaqinligi sababli 2 oy uchun 80 ming so'm. ( Oyiga 40 ming sòmdan degani) . Videolar nasib qilsa iyun oyi oxirigacha tòliq tashlab beriladi. Tez ishlaydiganlar bemalol istasa 1 oyda ham tugatsa bòladi degani.

Kurs bôyicha savollaringiz yoki kursga yozilmoqchi bòlsangiz @b97uz ga yozing.

👉 @b97uz
👍5
⚡️Kimyo va biologiya fanlaridan test natijalari e’lon qilindi

📆 2021-yil 11-12-may kunlari ilk bor kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikatlash imtihonlari o‘tkazilgan edi.

🔰 Mazkur imtihon natijalari Davlat test markazining my.dtm.uz saytida e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin.

🎓 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

🔖 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

📌 Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Eslatib o‘tamiz, natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar, 5 ish kuni mobaynida apellatsiya arizalarini berishlari mumkin.

Manba: dtm.uz

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
❤1