ICC | KIMYO
27.3K subscribers
2.79K photos
1.21K videos
465 files
1.34K links
🏫 Online KIMYO Maktabi

👨‍🏫 Husniddin Ergashev
👨‍🏫 Mirjalol Boymurodov
👨‍🏫 Sardor Zokirov

Tayyorlov:
Milliy sertifikat A+ gacha
Attestatsiya Oliy toifagacha
Xalqaro A level imtixoniga
Kirish imtixonlariga

📞 97 660 1997
📩 @CEO97

@icc_kimyo_natijalar
Download Telegram
Adolatsizlik haqida( sal boshlanishi kimlardir uchun achchiq haqiqat)

Shaffoflik va adolatsizlik haqida kamida 80% boʻlmasa 90% dan yuqori foiz olganlar gapirsa toʻgʻriroq boʻladi. Oddiy savollardan 60-70% dan past olib adolatsizlik degandan koʻra koʻproq dars qilib, oʻzingizga nisbatan foydali ish qilgan boʻlasiz. Chunki, bu yerda adolatsizlik boʻlsa ham 80-90% olib oʻqishdan yiqilib qoladigan( qolgan fanlari hisobiga) yoki grant emas kontrakt kirib qoladigan abituriyentlar gapirsa toʻgʻriroq boʻladi. (Bu gaplar sertifikat testlarida toʻgʻri javoblari xato tekshirilib qolganlarga taaluqli emas, 5 ish kuni mobaynida apellatsiya bersangiz balingizni qoʻshib, toʻgʻirlab berishadi. Agar haq boʻlsangiz, unaqasi bormi yoʻqmi bilmadim)

Yana bir bilishingiz kerak deb bilgan hayotiy misol(1):
Qishloqda hovlida yashaganimizda bizdan kattaroq har yili oʻqishga topshiradigan tanishlarimiz boʻlar edi. Har yili oʻqishdan yiqilib kelardi. Nima boʻldi desa, hamma boylarni bollari joylarni sotib olibdi. Man pul bermaganligimga kirolmadim deb kelar edi. Boylarni davri deb qoʻyar edi. Afsuski, shu gaplarni aytadiganlar 9 karra 6 desangiz bilmaydigan darajadagilar edi. Umuman oʻqimasdan turib shu gaplarni aytish qanchalik toʻgʻri deb oʻylaysiz?

Yana bir bilishingiz kerak deb bilgan hayotiy misol(2):
Yana bir yaqin doʻstim budjetga temir yoʻllariga oʻqishga kirdi. Otasi fermerda oʻqish joyini sotib olib oʻqishga kirgizib qoʻygan degan gap qishloqda tanishlar ichida rosa aylandi😅. Begonalargacha qanaqa shaklda boradi tasavvur qilavering. Lekin u bola kechasi bilan uxlamasdan dars qilib chiqar edi. Bilimi kuchli edi. Bu shunchaki oʻzim koʻzim oldida boʻlganlari. Odamlarni gaplarini koʻring, butun bir hududda shunaqa gʻalati gaplar doim boʻlsa shu hudud odamlari uchun oddiy boʻlib qolmaydimi bu gaplar?

Shuni aniq bilaman - agar siz chin dildan joningizni oʻqishga berib oʻqigan boʻlsangiz(toʻgʻri tizimda) albatta oʻqishga kirasiz. Bu fakt. Oʻqishdan yiqilishingizga eng birinchi sababchi( albatta sabab koʻp) - bu oʻzingiz. Shunga o’qishdan yiqilib qolsangiz ham yaqinlaringizga oʻzim yaxshi oʻqimaganligim uchun yiqildim deb ayting. Boʻlmasa qarindosh yaqinlaringiz oʻz farzandlarini yoki yaqinlarini oʻqitmay qoʻyishi mumkin. (Chunki, sizdagi qandaydir bahona tufayli ularni umidini butunlay uzishingiz mumkin). Hali ham ayrim joylarda yuqorida aytgan gaplar har doim tarqaladi. Va bu joylardagi kelajagi buyuk boʻlishi mumkin boʻlgan yoshlarni sizning bitta gapingiz sababli, oʻqishidan maxrum qilishingiz mumkin. Afsuski, barcha ota-ona ham buni toʻgʻri tushunmaydi. Sizni bahonalarizdan keyin, ayrim ota-onalar palonchini bolasini koʻrmadingmi shuncha oʻqib kirolmadi, sen qayerdan ham kirarding degan gap boʻladi albatta. Siz oʻzingizdan kichik yoshdagilarga yoki ularni ota-onalariga farzandlarini albatta kuchli tayyorgarlik ko’rsa oʻqishga kirishini tushuntiring.

Ana u yuqoridagi doʻstim ham oʻqish kirmasidan oldin kollej bitirib ishlamoqchi edi. Lekin oxirgi yilda ichki turtkisi sabab, o’qishga qattiq tayyorgarlik koʻrib boshladi. Va oʻqishga aytganimdek budjetga kirdi. Yaqinda oʻqishni bitirib Toshkentda bir xususiy firmada ishlayapti. 3-4 oyda 1 ta avtomobil pulini topayapti(Alloh rizqini bundan ziyoda qilsin). Hech qanaqa tanish-bilishsiz, porasiz. (Bunaqa bolalar juda koʻp, shunchaki 4 sinfdan birga katta boʻlgan oʻzim hayotini oldimda koʻrgan bola haqida aytdim.)

Kimdirlar uchun yuqoridagi gaplar oddiy boʻlishi mumkin. Lekin ko’p kuzatuvlarimdan bu gaplarni yozishim kerak deb bildim. Hech boʻlmasa bitta bola shu gaplardan keyin oʻqishga qattiq qaror qilsa yoki yaqinlarini ta’limga undasa va shu bola kelajakda ummat uchun foydali ishlar qilsa, bu postni yozishga sarflagan vaqtimga roziman. Xulosa, oʻzingizdan.

Esingizdan chiqarmang, rizq va hamma-hammasi Allohdan. Nima boʻlishidan qat’iy nazar harakatda va halol boʻling. Oʻqishga kirasizmi yoki yoʻq, lekin har doim ta’lim olishga intiling.

Hammalaringizga talabalik nasib qilsin.
(Davomi bor, bu mavzularda hali gaplashamiz.)

✍️ Husniddin Ergashev

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi
😍3❤2
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 4-variant 73-90 savollar yechimi.

00:00 73-masala yechimi
5:37 75-masala yechimi
8:55 78-masala yechimi
12:20 82-masala yechimi
13:25 83-masala yechimi
16:47 87-masala yechimi
23:03 89-masala yechimi
24:12 90-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 4-variant 91-108 savollar yechimi.

00:00 91-masala yechimi
3:22 98-masala yechimi
8:27 100-masala yechimi
9:15 103-masala yechimi
11:09 106-masala yechimi
12:33 108-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 5-variant 73-90 savollar yechimi.

00:00 75-masala yechimi
1:54 77-masala yechimi
3:37 82-masala yechimi
7:15 84-masala yechimi
8:33 88-masala yechimi
9:34 89-masala yechimi
13:28 90-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 5-variant 91-108 savollar yechimi.

00:00 91-masala yechimi
4:41 92-masala yechimi
8:55 93-masala yechimi
10:15 94-masala yechimi
11:49 98-masala yechimi
13:22 102-masala yechimi
14:41 103-masala yechimi
16:45 104-masala yechimi
19:42 105-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍1
Labaratoriyalar 7-8-9-10 sinfdagi.pdf
4.2 MB
7-8-9-10 sinf oxiridagi amaliy va labaratoriya ishlari yig`indisi.

Kitobini oxiri yo`q yaqinlarga ulashamiz😅

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
😁2
Kimyo fani bo‘yicha test natijalari

✅ 2021-yil 9-iyun kuni kimyo fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovida jami 3 183 nafar talabgor ishtirok etgan. Test natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha:

👉 1 116 nafar (35,1 %) talabgor sertifikat talabini bajargan.

👉 81 nafar (2,5 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 6-variant 73-108 savollar yechimi.

00:00 74-masala yechimi
1:29 75-masala yechimi
5:24 76-masala yechimi
6:36 77-masala yechimi
9:31 83-masala yechimi
12:12 88-masala yechimi
15:45 90-masala yechimi
17:09 101-masala yechimi
18:12 102-masala yechimi
20:53 104-masala yechimi
22:37 106-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 7-variant 73-108 savollar yechimi.

00:00 73-masala yechimi
2:00 75-masala yechimi
3:57 88-masala yechimi
6:30 96-masala yechimi
9:21 98-masala yechimi
9:58 106-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 8-variant 73-108 savollar yechimi.

00:00 73-masala yechimi
1:12 75-masala yechimi
2:41 76-masala yechimi
4:49 77-masala yechimi
10:17 81-masala yechimi
11:46 89-masala yechimi
12:18 90-masala yechimi
13:50 92-masala yechimi
14:48 102-masala yechimi
19:24 108-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from Bintu Sodiq
​Зулҳижжанинг ўн кунлиги кириб келар экан...

Зулҳижжа ҳаром ойларнинг бири бўлиб, унинг аввалги ўн кунлигида улкан фазилат бор. Унда энг аҳамиятли бўлган ҳаж амаллари ва Aрофатда туришдек энг улуғ рукн бор. Aллоҳ таоло Қуръони Каримда унинг фазилатини баён қилиш учун қасам ичиб айтади: "Фажрга қасам ва ўн кечага қасам".

Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам унинг фазилатини таъкидлаб: "Aллоҳ таолога энг маҳбуб бўладиган амаллар мана шу кунлардадир" деганлар. (Имом Бухорий Ибн Aббос розиялллоҳу анҳудан ривоят қилган. 969-ҳадис)

Бу ойда қилинадиган амаллар қуйидагилар:

1. Жисмдаги барча аъзолар мағфират қилиниши учун қурбонлик қилишни ирода қилган кишига сочни қисқартириш ва тирноқларни олишни тарк қилиш.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар: "Aгар ўн (кунлик) кирса, қурбонлик қилишни ирода қилган киши сочини қисқартирмасдан ва тирноғини олмасдан қурбонлик қилади". (Имом Муслим Салама розияллоҳу анҳодан ривоят қилган. 1977-ҳадис)

2. Қуръон қироати ва кўп зикр билан машғул бўлиш.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар: "Унда (зул ҳижжанинг аввалги ўн кунлигида) таҳлил, такбир ва ҳамд айтишни кўпайтиринглар".(Имом Aҳмад Ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилган. 5446-ҳадис)

3. Унинг аввалги тўққиз кунида рўза тутиш.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар: "Ундаги рўза тутилган ҳар бир кун бир йилнинг рўзасига, ундаги ҳар бир кеча қадр кечасига тенг бўлади".(Имом Термизий Aбу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилган. 758-ҳадис)

4. Бу ойнинг тўққизинчи куни рўза тутишнинг фазилати таъкидланган.
Чунки у Арафа кунидир. Набий соллаллоҳу алайҳи васалламдан бу куннинг рўзаси ҳақида сўрадилар. Шунда у зот соллаллоҳу алайҳи васаллам: "Олдинги ва келаси йилларга каффорат бўлади", дедилар. (Имом Муслим Aбу Қатода Aнсорий розияллоҳу анҳудан ривоят қилган. 1162-ҳадис)

5. Ўнинчи куни рўза тутилмайди.
Чунки у Қурбон ҳайити кунидир. Ундаги энг афзал амаллар: такбир айтиш, қурбонлик қилиш, садақа қилиш, яқинларга силаи раҳм қилиш...

Кимки Байтуллоҳни севса, унга шавқи бўлса-ю, ҳожилар қаторида бўлмаса, унга биз зикр қилган тоат ва ибодатлар билан машғул бўлиши эваз бўлади.

Aллоҳим, бизга Байтингнинг ҳожилари ажрлари мислидек ажр ёзгин ва бизни солиҳларнинн даъватларига шерик қилгин. Омин!

Доктор Муҳаммад Дарвеш.

t.me/bintusodiq
O’zbekistonda zulhijja 11-iyul kunidan boshlangan.

11,12,13,14,15,16,17,18,19-iyul kunlari roʻza tutiladi.

19-iyul(9-kuni) Arafa kuni.

20-kuni Qurbon hayiti.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Davlat tashkilotlarini telegramdagi rasmiy sahifalari.

Davlat test markazi:
👉 @dtmuzb

Oliy va oʻrta ta’lim vazirligi:
👉 @eduuz

Xalq ta’limi vazirligi:
👉 @uzedu

Adliya vazirligi:
👉 @huquqiyaxborot

Siz hozirda oʻqishga topshirish bilan boʻladigan yangiliklar shu kanallarda boʻlishi mumkin. A’zo boʻlsangiz ham shularga a’zo boʻling. 1-yangiliklar shularda chiqadi. Umuman olib aytganda Davlat tashkilotlari sahifalarida hech qachon reklama qoʻyilmaydi. Shu bilan bittaga rasmiy yoki yoʻqligini bilib olsangiz boʻladi. @Xushnudbek akani kanali ham kerak boʻlib qoladi.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 9-variant 73-108 savollar yechimi.

00:00 73-masala yechimi
1:27 82-masala yechimi
3:31 92-masala yechimi
7:39 95-masala yechimi
9:35 100-masala yechimi
11:50 101-masala yechimi
13:46 105-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍1
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 10-variant 73-108 savollar yechimi.

00:00 74-masala yechimi
3:46 79-masala yechimi
5:22 84-masala yechimi
8:53 85-masala yechimi
13:17 87-masala yechimi
15:52 104-masala yechimi
17:26 106-masala yechimi
19:40 107-masala yechimi
21:46 108-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 11-variant 73-108 savollar yechimi.

00:00 98-masala yechimi
5:44 107-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from ICC | KIMYO variant
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2014-yil . 12-variant 73-108 savollar yechimi.

00:00 79-masala yechimi
3:05 80-masala yechimi
7:20 91-masala yechimi
12:01 92-masala yechimi
16:47 98-masala yechimi
17:50 103-masala yechimi

Youtube orqali HD ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
⚡️Bu video orqali siz hujayra ichiga sayohat qilishingiz mumkin!

▪️Videoni 360° formatida ko'rishingiz mumkin, ekranni bursangiz bas.

LINK👉https://youtu.be/rKS-vvhMV6E

🔻Kanalga ulanish @KIMYOMANTIQ
Бироздан сўнг, аниқроғи соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат уюштирилади.

Суҳбат давомида қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— тест ўтказиладиган жой ва саналар;

— хориждан ўқишни кўчиришда ўтказиладиган тест синовлари;

— Миллий тест тизимига оид масалалар;

— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.


Suhbat boshlandi:
👉 @Xushnudbek
Horijdan koʻchiradiganlar uchun:
👉 2 ta fandan boʻlishi kutilmoqda( hujjat tasdiqlanishi kutulmoqda ekan)
👉 Oldingi yillardagi testlari tushishi ehtimoli bor. ( ehtimol)

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫