ICC | KIMYO
27.3K subscribers
2.79K photos
1.21K videos
465 files
1.34K links
🏫 Online KIMYO Maktabi

👨‍🏫 Husniddin Ergashev
👨‍🏫 Mirjalol Boymurodov
👨‍🏫 Sardor Zokirov

Tayyorlov:
Milliy sertifikat A+ gacha
Attestatsiya Oliy toifagacha
Xalqaro A level imtixoniga
Kirish imtixonlariga

📞 97 660 1997
📩 @CEO97

@icc_kimyo_natijalar
Download Telegram
ICC | KIMYO
Test topshiriqlari soni qisqartirildi 📌 Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi. 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:…
Test sonlarini qisqarishi milliy sertifikat oʻtish oʻtmasligiga umuman aloqasi yo’q.

Misol uchun kimyodan maksimal 63 ball boʻlsa, sizda 90% lik sertifikat boʻlsa 63•0.9=56,7 ball beriladi degani.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Forwarded from Tarix | Kun.uz
Shavkat Mirziyoyev: “Vaksina olganlar shifoxonadan to‘rt kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti”

▪️Meni hayron qoldirayotgani ziyoli odamlar ham vaksina olishdan qaytarishyapti, dedi prezident bugungi selektorda.

➡️ Xpress.uz – Siz kutgan format
👍1
Tarix | Kun.uz
Shavkat Mirziyoyev: “Vaksina olganlar shifoxonadan to‘rt kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti” ▪️Meni hayron qoldirayotgani ziyoli odamlar ham vaksina olishdan qaytarishyapti, dedi prezident bugungi selektorda. ➡️ Xpress.uz – Siz kutgan…
Vaksina haqidagi yuqoridagi gaplarga qoʻshilaman. Prezident aytgani uchun emas😅, kim aytsa ham. Shu post chiqib qoldi shunga kanalga qoʻydim. 4 kun deb aytganlariga oʻzim yaqin doʻstimdan isboti bilan eshitdim.

2 kunga Navoiyga ketgan edim. Yaqin doʻstim viloyat SES i da shu Covid yoʻnalishiga ma’sul boʻlibdi. 2 kun oldin borgan vaqtim doʻstim bilan shu mavzuda gaplashdim. Xitoy vaksinasini 3 ta dozasini ham olib boʻlibdi (boshlanishida tajribadagi quyonchalardan boʻlgan😂, hazil). Oʻzi qiziqqon bola. Shunga qiziqib kuzatishi boʻyicha: vaksina olganlar kasal boʻlib qolsa ham 3-4 kunda kasallik juda yengil oʻtib ketayapti, keyin deyarli simptomlarsiz oʻtayapti ekan. Vaksina olmaganlar kasal boʻlsa rostandan ogʻir oʻtkazayotganlari ham bor dedi. Keyin vaksina olganda oʻtish davri Xitoyniki yengilroq, Sputnik nisbatan qiyinroq oʻtayapti ekan. Shunga manga oʻzi olgan Xitoynikini maslahat berdi. Eng yaqin doʻstlarimdan birini gaplari(1 soatcha gaplashdik shu haqida, qisqacha qilib yozdim). Oʻzim uchun aytgan edi. Sizlarga ham aytdim. Ba’zan ma’lumotlar rost yoki yolgʻon ekanligiga ishonmaymiz. Aniq ishonch hosil qilgan joyimni yozdim. Lekin hali ham oʻzim vaksina olib ulgurmadim🙂. Lekin hammasi real hayotdagi gaplar. Kim oladi kim olmaydi oʻzi biladi.

Oʻylashimcha: 1-2 oydan keyin hamma rostandan foydasini vaksina olganlarda sezib boshlasa, birdan vaksina oladiganlar koʻpayib ketadi. Vaksina tugab qolsa keyin teskari gap boshlanadi. Bizda tepadagilar oʻzlari olib olishdida bizga vaksina qoldirishmadi deb😅.

Lekin vaksinani ichiga kirib chiqmadim, qaysidir yangiliklardan oʻrganish ham olib bormadim.

Oʻzim 1-2 kun ichida olsam kerak(1 haftadan beri shunday deyman).
Fanlar majmuasi NEW 2021.pdf
251.8 KB
Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi.
#tushungantushundi

Ona tili oʻqiganlar uchun 1 haftalik maxsus kimyo kurslari ochayapmiz. 20 tadan 20 ishlashga garantiya beramiz😂. Biznikilarda shunaqa qobiliyat mavjudligini ular sezishgan boʻlsa kerak😂

Defektologiya va maktabgacha ta’lim topshirganlarga yuboramiz.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Yuqoridagi post hazil tariqasida yozilgan.

Tushunmaganlar mana bu postni oʻqib chiqsin:
👉 https://t.me/xushnudbek/10426
Assalom alaykum.
Juma ayyomingiz muborak bo’lsin.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Fanlar majmuasi - 2021 (471 ta).pdf
738.3 KB
#Qabul2021
Test topshiriladigan fanlar majmuasi

Davlat komissiyasining 2021-yil 7-martdagi 10-son bayoni bilan 370 ta ta’lim yo‘nalishi uchun, 2-iyuldagi 1-son bayon bilan esa yangi tashkil etilgan 101 ta ta’lim yo‘nalishi uchun fanlar majmuasi tasdiqlangan bo‘lib, Davlat komissiyasining 27-iyuldagi 2-son bayoni bilan ushbu fanlar majmuasi birlashtirilib tasdiqlangan.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarining fanlar majmuasiga o‘zgartirish kiritilmaganligini ma’lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fanlar majmuasi Davlat test markazi mas’ul xodimlarining texnik xatoligi tufayli noto‘g‘ri joylashtirilgan edi va ushbu xatolik to‘g‘rilandi.

2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2021
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

📥 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

✅ Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

📆 Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

❕ Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.
Forwarded from Ilm-fan | Science
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kino tavsiya

"Benjamin Carson. Oltin qo'llar" kinosi

Kino Amerikaning ko'zga ko'ringan "afsonaviy" neyroxirurgi Benjamin Carsonning hayoti haqida.

Benjamin Carson birinchilardan bo'lib siam egizaklarini ajratgan xirurg hisoblanadi.

U yoshligida yaxshi o'qimagan, ammo onasi o'zi o'qishni bilmasa ham o'g'lini bir umr o'qishga undagan.

Yillar o'tib u Amerikadagi katta bir xirurgik markaz direktori bo'lgan va ko'plab insonlarni o'lim changalidan qutqarib qolgan.

U hayoti haqida shunday deydi: "Hayotimdagi burilish, o'zgarish nuqtasi — onam televizorni o'chirib, berkitib qo'yib, meni o'qishga majbur qilgan kuni bo'ldi"

Abituriyentlar uchun ham, talabalar uchun ham foydali kino deb hisoblayman.

@TheMantiq
🕊2
Forwarded from ICC | KIMYO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Organik kimyo

📹 4.3-videodars

❓1.3 Uglevodorodlarda C-C , C-H , sigma va pi boĝlarni umumiy formuladan topish usuli.

Youtube orqali ko`rish

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
📚 Majburiy fanlarga (3 ta fan uchun) jami 60 daqiqa vaqt beriladi.

📒 Qolgan asosiy fanlarga har biriga 1 soatdan jami 2 soat beriladi.

Demak 2 ta asosiy fan va 3 ta majburiy fan uchun 3 soat.

Agar 1 ta asosiy fandan milliy sertifikatingiz boʻlsa, 1 ta asosiy fan va 3 ta majburiy fan uchun jami 2 soat.

Agar 2 ta asosiy fandan milliy sertifikatingiz boʻlsa, faqat 3 ta majburiy fan ishlaysiz va sizga 1 soat vaqt beriladi.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ALLOHning nazdida bir musulmon qalbining darajasi shu qadar ulug'ki...

"33 SAVOL" loyihasining navbatdagi mehmoni Muhammadali Eshonqulov bo'ldilar. Suhbat davomida xalqimizni qiynab kelayotgan og'riqli mavzularda fikr-mulohazalar yuritildi. Ma'lumot o'rnida aytib o'tishimiz lozimki, ushbu loyiha "YURAK AMRI" loyihasi tashabbuskorlari tomonidan tashkil etilgan.

To'liq suhbat premyerasi yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarimizda e'lon qilinadi!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
Qaysi rang chiroyliroq chiqqan? Fikringiz? Yana qanday ranglar uygʻunligi chiroyliroq boʻladi deb oʻylaysiz?

👉 @Generationuz | Yangi loyiha
Oʻquv markaz ishlari va ozroq boshqa ishlarim sababli kanalga videolar qoʻyolmayapman. 1-2 kunda kimyodan ham yangi loyihalarni kutib qoling. Bugundan boshlab qolgan variantlarni video yechimlarini ham bepul kanalga qoʻyib boshlayman. 160 kun davomida 2012 dan 2019 variantlar yechimi 1 tadan variant qoʻyib boriladi. Undan tashqari boshqa yangiliklar ham boʻladi.

@Generationuz kanalida oʻquv markazga doir yangiliklar berib boriladi. Xabardor boʻling.
Qabul-2021 📊

Kunduzgi ta’lim. Konkurs – 4,2
Abituriyentlar – 479 627. Kvota – 113 530

Sirtqi ta’lim. Konkurs – 11,5
Abituriyentlar – 435 995. Kvota – 37 675

Kechki ta’lim. Konkurs – 4,9
Abituriyentlar – 32 589. Kvota – 6 550