ICC | KIMYO
27.3K subscribers
2.79K photos
1.21K videos
465 files
1.34K links
🏫 Online KIMYO Maktabi

👨‍🏫 Husniddin Ergashev
👨‍🏫 Mirjalol Boymurodov
👨‍🏫 Sardor Zokirov

Tayyorlov:
Milliy sertifikat A+ gacha
Attestatsiya Oliy toifagacha
Xalqaro A level imtixoniga
Kirish imtixonlariga

📞 97 660 1997
📩 @CEO97

@icc_kimyo_natijalar
Download Telegram
ABDUKARIM MIRZAYEV | Расмий канал
Raqobat kerakmi? | Abdukarim Mirzayev Telegram | Instagram | TikTok | Twitter | YouTube
Abdukarim aka raqobat haqida zoʻr gapirgan ekan. Hozir yoʻlda eshitib keldim. Probkalar ham bilinmadi😂.

Post qoʻyganimdan keyin videoni Dilorom degan olimpiadachi, hozirda tibbiyot talabasi tashlab berdi. Ular ham tibbiyotdan akasi bilan bepul foydali video darslar qilishadi.

Kanallari: https://t.me/Rakhmatovs_1

Abdukarim akani videosini bir koʻring, gaplariga 100% qoʻshilaman.
Raqobat qilmaslik orqali qalbingizni kirlanishidan saqlang degan ma’nodagi gapi zoʻr chiqqan😅

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍46❤5👎2
E’tibor bergansizmi iymoni kuchli musulmon inson nima uchun doimo xotirjam?

Chunki, jannatga kirish uchun kvota chegaralanmaganligini va bu dunyo boqiy emas ekanligini tushunadi. Amallarni vaqtida qilsa, Alloh xohlasa jannatga kirishi mumkin. Shuning uchun hammani jannatga kirishini xohlaydi. Va qolganlarni qilgan savob ishlaridan suyunadi, jannatda birga boʻlishidan xursand boʻladi.

Inson raqobat orqali oʻsmaydi, balki oʻziga chegara qoʻyadi.

Juma muborak boʻlsin😊.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍98❤26🔥6
10-sinf organika kitob matnida olimlarning ismi bilan bog`liq bo`lgan barcha qismlari.

Qaysidir qismi qolib ketdimi?

Yana olim ismi bilan bog`liq qism topgan 1-o`quvchiga 20 000 so`m paynet
😁.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍85😁11🤩8
Kanalimiz a’zolaridan biri topganligi uchun 20 000 soʻm tashlab berildi.

Shu bahonada kitobdan qidirganlar ham boʻldi manimcha😅.
👍81😁10🔥9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-Mavzu: Organik kimyoga kirish.

Darsni youtube orqali HD koʻrish:
https://www.youtube.com/watch?v=DruZIx_oi_s

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍97❤15🔥10
Organik kimyo 1-darsimiz ham videosi tayyor boʻldi, kirib videoni koʻring fikrlaringiz boʻlsa yozing, sizning fikringiz muhim va video yoqsa like bosing.
👍133🔥15❤10
Assalom alaykum.

Videolarda markerni oqidan foydalanishni tavsiya qilishayapti koʻpchilik, shisha uchun maxsus oq markerni qayerdan topsa boʻladi biladiganlar boʻlsa @b97uz profilimga yozib yuboringlar.

Oddiy markerlardan foydalanib boʻlmaydi lekin, shuni ham hisobga olinglar.
👍47😱3👎2
Agar haqiqat boʻlsa, Putin Ukrainaga qarshi urush boshlaganga oʻxshaydi.😕

🇺🇦🇺🇦🇺🇦

Oxiri tinchlik boʻlsin.
😱213😢63🔥30
Forwarded from .
Ё Аллоҳ! Уруш бўлмасин ва борлари тезликда тугасин!

Мазлум украин халқига сабр ва ғалаба тилайман. Уларнинг ғалабаси бизнинг ва бошқа эрксевар халқларнинг ғалабаси.

Ё Аллоҳ! Юртимизни Ўзинг асра ва унинг ҳимояси учун бизга эътиқод, ақл ва куч бер!

http://t.me/MubashshirAhmad
👍109😢29👎19
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom alaykum, juma muborak boʻlsin.

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍67❤20🔥5
Oʻquv markazimizga adminstrator kerak!

Manzil: Sergeli dehqon bozori.

1-smena: 08:00-18:00
2-smena: 13:30-20:00

Farosatli, kompyuterda yaxshi ishlay olishi va kirishuvchan boʻlishi kerak.

Til bilishi ustunlik beradi.

Sirtqi ta’limda oʻqiydiganlar bo’lsa ham qabul qilamiz.

@ceo97 ga o’zingiz haqingizda ma’lumot yuboring.

Oylik: 1-sinov oyi uchun 1 000 000. Keyin ko’nikmalaringizdan kelib chiqib qoʻshilaveradi.
👍120👎27🔥14
Bog’lar sonini formulalarini organikada umuman yodlamasa ham bo’ladi.

Uglevodorodlarda bog’lar va orbitallarni oson topish usullari videoda to’liq tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/i3M63yMG-CE

@ICC_KIMYO | Online KIMYO Maktabi 🏫
👍81😱7❤3
❓Charlz Darvin nazariyasi haqiqatmi yoki shunchaki gipoteza?

❓Chet elda tadqiqotlar olib borish befoydami?

❓Biologik tadqiqotlar davlat rivojiga hissa qo’shadimi, yoki faqat ortiqcha xarajatlarga sabab?

Baliqlar taksonomiyasi bo’yicha O’zbekistondagi ilk mutaxassis, kashfiyotchi olim Baxtiyor Sheraliyev bilan "Osmondagi bolalar" loyihasida bo’lgan suhbatda yuqoridagi og’riqli savollarga javob topishingiz mumkin.

Bundan tashqari suhbat davomida chet elda tadqiqotlar uchun grant yutish, o’zbek tadqiqotchilari duch keladigan muammolar va ularning bartaraf etish yo’llari, ilmiy rahbar tanlash kabi mavzularda o’zlarining qimmatli tavsiyalarini beradilar.

📌 Suhbat premyerasi bugun soat 20:30 da quyidagi havola orqali bo'lib o'tadi.

Havola:
https://youtu.be/D3F4jnHb_po
👍71👎6🔥6
Metan molekulasi tarkibida uglerodning 2p orbitalida nechta elektron mavjud
Anonymous Poll
25%
6
22%
3
20%
2
4%
1
29%
2p orbital mavjud emas
👍174😱17😁14
Yuqoridagi savolning javobi:

Uglerod elementida (metandagi emas) 2p orbitallari mavjud.

Metan tarkibidagi uglerodda esa 2s va 2p orbitallar mavjud emas. Chunki, ularning barchasi sp3 gibridlangan holatga o’tgan. Ya’ni 4 ta sp3 gibridlangan orbital mavjud.

To’g’ri javob: 2p orbitali mavjud emas.

P.S. Komentariyalarda hamma o’zi bosgan javobga ✅ belgisi chiqqani uchun qaysi javob bosilsa ham to’g’ri deb o’ylashmoqda, ✅ belgisi siz shu variantni belgiladingiz degani. To’g’ri javobni ko’rsatdi degani emas. Istalganini bossangiz shunaqa ✅ belgi chiqib keladi.
👍55😁9👎5