Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
47 subscribers
385 photos
87 videos
446 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Download Telegram
Ko’pchilikka yoqmaydigan gaplarni yozib keldim.

Afsuski, bizda haydovchilik mavzusida haliyagacha g’irt teskari tushunchalar hukmron bo’lib turibdi. Qoidabuzarlik obro’, qoidabuzarlar uddaburon, qoidalarga amal qilganlar lox maqomida.

Jarimani kamaytiringlar, jarima ballarini bekor qilinglar desang — olqish olasan, qoidalarga amal qilinglar, sekinroq yuringlar desang — xalqqa qarshi chiqishda ayblanasan.

Eng qizig’i, haydvochilar mayli, hattoki mashinasi yo’q va doim piyoda yuradigan odamlar ham shunday fikrlaydi.

Qachon va qanday qilib jamiyatning bunday fikrini o’zgartirish mumkinligini bilmayman. Lekin juda siqilaman shu mavzudagi gaplarni o’qib.


🔘 @kabul_dusov
Bugun ustozimiz, Zakovat harakati asoschisi Abdurasul Abdullayevning tug’ilgan kunlari.

Chin qalbdan tabriklaymiz👏🏻


🔘 @kabul_dusov
Kuchli siyosiy bayonot

Kim sezdi, hozir bayram tadbiridagi O’zbekiston tarixiga oid sahnaviy badiiy qism juda kuchli siyosiy bayonot bo’ldi! Ko’zda yosh bilan ko’rdimey.

Ha, bu shunchaki sahna ko’rinishi emasdi.

Bu ayrim moxovlarning “o’zbek millati o’ylab topilgan” degan ahmoqona gaplariga qarshi aytilgan va O’zbekistonning davlatchiligi ming yillarga borib taqalishini ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi.

Bu ayrim moxovlarning “hammasini biz qilib berganmiz” degan provokatsion gaplariga qarshi aytilgan va aslida bizning millatparvarlarimizni qirib tashlagan, Sibirga surgun qilgan, butun millatni paxta quliga aylantirib, ustimizdan tinimsiz dori sepgan, Orolimizni quritgan, salgina hur fikrli ajdodlarimizni qamoqqa tiqqan bosqinchilardan mustaqil bo’lganimizni ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi.

Bu zamonaviy O’zbekiston davlatchiligi Turkiston muxtoriyatining vorisi va davomchisi ekanligi haqidagi siyosiy bayonot edi.

O’zbekiston fuqarosi sifatida ushbu siyosiy bayonotlarning har bir nuqta-verguliga imzo chekishga tayyorman!

Shu sahnani tayyorlagan, g’oyasini aytgan, chiqarishga ruxsat bergan barchaga rahmat. Oldingizda ta’zimdaman.


👉 @xushnudbek 👈
Ta’limdan insaydlar:

➖ magistratura javoblari bayramgacha e’lon qilinishi kutilmoqda. Hozir qayta tahrirlangan arizalarni tekshirish jarayoni ketmoqda;

➖ joriy yilda tibbiyot yo’nalishlarida ham super-kontrakt bo’ladi. O’tgan yilgi tartib o’zgarmaydi. Lekin kelasi yili tibbiyot yo’nalishida super-kontrakt qilish uchun kamida maksimal ballning 70% qismini, ya’ni 132,3 ballni to’plash talab qilinishi mumkin (hozircha loyiha maqomida).


🔘 @kabul_dusov
❗️Barcha yurtdoshlarimizga murojaat

Ertaga — 1-sentyabr, Mustaqillik kuni. 35 yillik yubiley keng nishonlanadi.

Negadir biz mana shu kabi katta bayramlarda bayroqdan keng foydalanmaymiz. Balki bunga uzoq yillar davomida amal qilgan cheklovlar sabab bo‘lgandir, kim bilsin.

Masalan, ko‘plab yurtdoshlarimizning uyida bir dona ham bayroq yo‘q. Uylarimiz tomiga, derazalariga yoki eshigimiz tepasiga bayroq ilib qo‘yishga odatlanmaganmiz. Buni faqat davlat ishida ishlaydigan yoki biron amalda o‘tirganlar qilishi mumkin, deb o‘ylaymiz.

Aslida unaqa emas. Bayroq hammamizniki. Undan barchamiz birdek foydalana olamiz. Hurmatini joyiga qo‘ysak, kifoya.

‼️Yangi chorlov:

Kelinglar, ertaga bayram kuni hamma ko‘chaga bayroq bilan birga chiqsin. Mayli, hamma emas, kimda shunday imkoniyat bo‘lsa, deylik.

Bunda quyidagilardan istalgan birini qilsangiz bo‘ladi:

➖yelkangizga tashlab olish;
➖sharf qilib bog‘lab olish;
➖kichkina bayroqni qo‘lingizda ko‘tarib yurish;
➖tasma shaklidagi bayroqni ko‘ksingizga qadab olish;
➖mashinangiz orqa oynasi yoki kapotini katta bayroq bilan bezatish yoxud kichkinasini biron joyiga qistirib qo‘yish;
➖uyingiz tomiga, derazasiga, eshigiga, balkoniga yoki boshqa shu kabi balandroq joylarga bayroqni ilib qo‘yish;
➖va yana shu kabi istalgan ko‘rinishdagi hurmat saqlangan variantlar ma’qullanadi.

Buni har yili milliy odatga aylantirishimiz kerak, menimcha. Chunki bayroq millati, irqi, jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, barcha o‘zbekistonliklarni birlashtiradigan davlat ramzidir!

Birligimizga ko‘z tegmasin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimizga ko‘z tegmasin, ilohim🤲


🔘 @kabul_dusov
Ovoz olaman deganlar bilan, mandat qachon deganlar bayramni ham rasvo qildi, izohlarda hech narsani gaplashib bo’lmay qoldi 😀 Bir-biridan o’taman deydiya :)

Bu ikkisini bayramga taqamaslik kerak, shekilli


🔘 @kabul_dusov
• Openbudgetda g’olib bo’lganlarni tabriklayman;

• Oxirgi info: magistratura mandati ertaga kun davomida e’lon qilinar ekan, bugun yotib uxlasangiz ham bo’ladi;

• izohlarda mandaaaaaaat deb yozadiganlar haqida 6 daqiqa (2x qilsangiz 3 daqiqa) vaqtingizni ketkazib, eshitib ko’ring.


🔘 @kabul_dusov
Mustaqillik kuni munosabati bilan kichkinagina kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.

Obunachilarimiz orasidan 5 kishiga 6 oylik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga Asaxiy’ning xonadon uchun “Kutubxona” to‘plami, ya’ni ellikta (50ta) mashhur kitobdan iborat to’plam sovg’a qilinadi.

Asaxiy jamoasi yaxshi loyiha amalga oshirishmoqda. Ular har bir o‘zbek xonadoniga kitob olib kirishmoqchi. Shu maqsadda ellikta saralangan kitobdan iborat xonadon uchun “Kutubxona” to‘plamini shakllantirgan va uni 1 mln 199 ming so‘mdan taklif qilmoqda. Bitta kitob 23 ming 980 so‘mga to‘g‘ri kelarkan.

Kitoblar ro‘yxati: asaxiy.uz/u/6a857fd399576

⏳G’olib nomi 6-sentyabr kuni soat 21:00 da ma’lum bo’ladi.

‼️ Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.

Shu kanalga (@kabul_dusov) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @kabul_dusov kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.

Qo‘shimcha ma’lumot: kitoblar to‘plami g‘oliblarning uy manziliga butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.

❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.



🔘 @kabul_dusov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandat kutayotganlar uxlayversin. Xudoning ertasi ko’p, bir gap bo’lar. Mendan endi hech narsa so’ramanglar, hech narsa bilmasligimni tushundim…


🔘 @kabul_dusov
TalabaPay jamg'armasiga tushgan pul 10 mln so'mdan oshdi.

Dastlabki marramiz 100 mln so'm. Bu 10 nafar talabaga 10 mln so'mdan kontrakt to'lay olamiz degani

Barcha saxiy insonlarga rahmat! Davom etamiz, to'xtamaymiz!


🔘 @kabul_dusov
Peshqadamlar yangilandi.

1 mln so'mdan ko'p badal to'laganlar ham chiqishni boshladi.

Jamg'arma: 13 mln 870 ming so'm


🔘 @kabul_dusov
Ertaga 5 ta kitob g’olibi ma’lum bo’ladi. Iya, uzr, xato yozdim, 5 ta kitob emas, 50 tadan kitob. Shuni 5 nafar g’olib yutadi, demoqchi edim. Har bir g’olibga 50 ta kitobdan iborat Asaxiy’ning xonadon uchun “Kutubxona” to’plami beriladi, xullas.

Yutish uchun nima qilish kerakligini bilasiz: doimgidek hech narsa, faqat duo.


🔘 @kabul_dusov