KHISO olimpiada
20.1K subscribers
1.63K photos
567 videos
293 files
2.55K links
KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!

Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
Download Telegram
#gʻoliblar
#kumushmedal

Xorazm
viloyati Bogʻot tumani 1-maktabning 5-sinf oʻquvchisi Botirov Shohruh "Qiziqarli Matematika" olimpiadasida gʻolib boʻlib, 🥈kumush medal va sovgʻalar bilan taqdirlandi!

Medal va sovgʻalarni olish uchun @khisoonline ga murojaat qilishingiz mumkin!

Yangilikni saytda koʻrish: 👉 https://khiso.uz/news/view/395

👉 @khiso
🏆 KHISO olimpiada maktabidan navbatdagi oflayn olimpiada!

👩🏻‍🎓 Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan oʻquvchi qizlar bepul ishtirok etishlari mumkin!

✅ Gʻoliblar medallar va oʻquv kurslarimizga 50% gacha chegirmani qoʻlga kiritishadi.

🧾Olimpiada dasturi bilan tanishing: 👉 https://telegra.ph/31-yanvar-kungi-oflayn-olimpiadaning-dasturi-01-25

🗓Olimpiada 7-mart kuni Xalq ta’limi vazirligi tasaruufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab binosida boʻlib oʻtadi.

📍Moʻljal: Gʻafur Gʻulom metrosi

🗺Kartadan koʻrish: https://maps.app.goo.gl/85PQYDGPMmAFBPpk7

☕️ Olimpiada doirasida ishtirokchilar va ota-onalar uchun master klass tashkil qilinadi.

📝Roʻyxatdan oʻtish uchun +998939290006 raqamiga bugundan boshlab soat 10:00 dan 17:00 gacha qoʻngʻiroq qilishlari mumkin!

🏆Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!
🎖Kanalimiz va saytimizning eng faol a’zolaridan biri - Jumaboyeva Shahzoda Prezident qarori bilan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi🎖

Shahzodani ota-onasi va ustozlari tabriklaymiz! Bu faqat boshlanishi boʻlsin!

Eslatib oʻtamiz, Shahzoda ustozimiz Sardor Bazarbaevning #kunsavoli loyihasida #haftaqahramoni deb topilgan.

Shuningdek www.khiso.uz saytimizdagi olimpiadalarda 🥇🥈🥉 medallarni qoʻlga kiritgan!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢 KHISO olimpiada maktabidan navbatdagi oflayn olimpiada!🤩

✅ Gʻoliblar medallar va oʻquv kurslarimizga 50% gacha chegirmani qoʻlga kiritishadi.

🧾Olimpiada dasturi bilan tanishing: 👉 DASTUR

🗓Olimpiada 7-mart kuni Xalq ta’limi vazirligi tasaruufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab binosida boʻlib oʻtadi.

📍Moʻljal: Gʻafur Gʻulom metrosi

🗺Kartadan koʻrish: https://maps.app.goo.gl/85PQYDGPMmAFBPpk7

📝Roʻyxatdan oʻtish uchun +998939290006 raqamiga bugundan boshlab soat 10:00 dan 17:00 gacha qoʻngʻiroq qilishlari mumkin!

🏆Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

👉
@khiso
Xayrli kech aziz oʻquvchilar, ustozlar va ota-onalar!

Kuntesti mobil ilovamiz hozirda sinov rejimida ishlayotgani va kamchiliklarni @khisoonline ga yuborish kerakligini koʻp bora yozyapmiz. Lekin shunda ham e’tiborsizlarcha fikr bildirayotganlar topilmoqda!

Keling qoʻlni qoʻlga beraylik, takliflaringizni bering, kamchiliklar boʻlsa ayting!

Bugun AQSH da faoliyat yuritgan koʻp yillik professor bilan gaplashdik, shunda “dasturni yaratishga 1 oy, lekin uni test (sinash) qilishga 1 yil ketishi mumkin, zoʻr dastur qilgansizlar toʻxtamanglar” dedi. Bu bizga katta motivatsiya boʻldi. Lekin eng katta qoʻllab-quvvatlovni siz azizlardan kutamiz.

Hozir asosiy e’tiborni texnik sinovga qaratyapmiz! Savollardagi kamchiliklar vaqtinchalik, shuni inobatga oling!

📩Takliflaringiz izohlar(comments)da kutib qolamiz!

Sizni hurmat qiluvchi va siz uchun mehnat qiluvchi KHISO jamoasi!
⚡️DIQQAT, BU MUHIM⚡️

Prezident maktablariga imtihonlar qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi 2021-yil iyul, 2-bosqichi avgust oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, prezident maktablariga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi va imtihonlar tartibi ham bildirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to‘g‘risida Nizom”ning 5-bob 39-bandiga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

📌1-bosqich matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.

📌 2-bosqich — tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha 16 ta masala, mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 24 ta masala, ingliz tilidan 55 ta test. 2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

🏆 Eslatib o‘tamiz, KHISO olimpiada maktabi tomonidan har hafta matematika va ingliz tili fanlaridan xalqaro PISA tadqiqotlari standartlari bo‘yicha testlar, oyda ikki marta aynan tanqidiy fikrlash bo‘yicha maxsus test o‘tkaziladi. Ushbu testlardan navbatdagisi 7-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
3️⃣0️⃣0️⃣0️⃣-foydalanuvchi🥳🥳🥳

KUNTESTI mobil ilovamizning omadli 3000-foydalanuvchisi ham aniqlandi!

Xorazm viloyati Urganch tumani 8 - sonli umumta‘lim maktabi 2-sinf oʻquvchisi Rozimboyeva Karomat!

Ushbu omadli ID raqami egasiga 300 ta tanga sovgʻa qildik.

Ilovamizni doʻstlaringizga ulashing, keyingi omadli ID egasi 4000-foydalanuvchiga 400 ta tanga sovgʻa qilamiz🤩

Ilovani
Playmarketdan hoziroq yuklab oling:

📲 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kunTesti
🏢KHISO olimpiada maktabi tomonidan "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan respublikamizda ilk bor oʻquvchi qizlar va oʻqituvchi ayollar uchun quyidagi fanlardan bepul onlayn olimpiada oʻtkaziladi:

🧮Matematika;
🧲Fizika;
🧪Kimyo;
🦠Biologiya;
🏛Tarix;
💻Informatika;
🌏Geografiya;
🇬🇧Ingliz tili;
📚Ona tili va adabiyot;
🇷🇺Rus tili;
🧩Boshlangʻich ta'lim;
🇩🇪Nemis tili;
🇫🇷Fransuz tili;

✅
Roʻyxatdan oʻtish: 👉 @khiso_uz_bot

Olimpiada 8-mart kuni 9:00 da www.khiso.uz saytida boshlanadi.

🎟 Barcha ishtirokchilar zamonaviy QR kodli sertifikat sohibasi boʻlishadi.

KANALGA ULANISH
Aziz va moʻtabar ustozlar, latofatli opa-singillar!

🎉Bugungi bayramingiz muborak boʻlsin. Siz azizlarni nafaqat ushbu kunda, balki butun hayotimiz davomida e'zozlashimiz kerak. Baxtimizga bor boʻling, baxtli boʻling va baxtli qiling!

🏆Siz uchun tashkil qilgan bepul onlayn olimpiadamizda qatnashib rohatlaning, bayramingiz fayzli oʻtsin!

🏢Cheksiz hurmat ila KHISO olimpiada maktabi jamoasi!
Latofatli qizlarimiz va moʻtabar ustozlarimiz, yana bir bor bayramingiz qutlugʻ boʻlsin!

📌Siz uchun 13 ta fandan tashkil qilingan bepul onlayn olimpiadalar boshlandi!

🏆Barchangizga omad yor boʻlsin!

🎟Olimpiada 9:00 dan 21:00 gacha davom etadi, 21:00 dan soʻng barcha oʻz sertifikatini yuklab olishi mumkin!

📌 Saytdan foydalanish qoʻllanmasi

Batafsil: 👉 https://t.me/khiso/1732
KHISO olimpiada
🏆 KHISO olimpiada maktabidan navbatdagi oflayn olimpiada! 👩🏻‍🎓 Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan oʻquvchi qizlar bepul ishtirok etishlari mumkin! ✅ Gʻoliblar medallar va oʻquv kurslarimizga 50% gacha chegirmani qoʻlga kiritishadi. 🧾Olimpiada dasturi…
7-mart natijalar.pdf
267.2 KB
🏆7-mart kuni oʻquv markazimizda 1-11 sinf oʻquvchilari uchun oflayn olimpiada oʻtkazildi.

📊Ushbu faylda barcha natijalar va darslarimiz uchun chegirmalar foizi keltirilgan.

🥇Yana bir bor barcha gʻoliblar va ishtirokchilarni tabriklaymiz!

🏢 Cheksiz hurmat bilan KHISO olimpiada maktabi jamoasi!
🏦Moliyaviy matematika boʻyicha onlayn-test

🙋🏻‍♂️Siz ham matematikani bizdek yaxshi koʻrasizmi?

🏆Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida 5-11 sinf maktab oʻquvchilarini “Moliyaviy matematika” onlayn-testida bepul ishtirok etishga taklif qilamiz!

💰Bank xizmatlari, pullarni boshqarish, shuningdek jamgʻarmalar mavzularida oʻz darajangizga mos boʻlgan moliyaviy masalalarni yeching!

📌Oʻtkazib yubormang! Onlayn-test 24-mart kuni soat 17:00 da boshlanadi. Shuningdek, Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabining khiso.uz platformasida oldindan roʻyxatdan oʻtishni unutmang.

✅“Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida moliyaviy matematika boʻyicha maktab oʻquvchilari uchun oʻtkaziladigan onlayn-test qoidalari

🤝Testda koʻrishguncha!

👉
@khiso
🏆Talabalar uchun moliyaviy savodxonlik chempionati

💰“Umumjahon pul haftaligi”
(Global Money Week) doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi Moliyaviy savodxonlik chempionatini ochiq deb e'lon qilamiz!

👩🏻‍🎓Chempionat oliy ta'lim muassasalarining 1-4 bosqich talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Chempionatda ishtirok etish uchun khiso.uz platformasida roʻyxatdan oʻting.

📌Chempionatning uchala bosqichida gʻalaba qozonish uchun kurashing:

⏺ Saralash bosqichi - www.khiso.uz platformasida 15-mart kuni
⏺ Yarimfinal (saralash bosqichi ishtirokchilaridan eng yaxshi 20 nafari oʻrtasida) - khiso.uz saytida 20-mart kuni
⏺ Final (yarimfinal ishtirokchilaridan eng yaxshi 6 nafari oʻrtasida) – Markaziy bankda 26-mart kuni

✅ Qoidalar

🤝Tanlov axborot hamkori - @bankirkundaligi telegram kanali

✊Sizni Chempionatda kutib qolamiz!

⛔️Chempionatning saralash bosqichini oʻtkazib yubormang!

👉
@khiso
Forwarded from Ta’lim24.uz
Халқаро Кавказ математика олимпиадасида 8 нафар ўқувчи Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилмоқда

12-17 март кунлари Ўзбекистон терма жамоаси VI Халқаро Кавказ математика олимпиадасида ўз иштирокини масофавий шаклда бошлади.

Россиянинг “SIRIUS” иқтидорли болалар маркази, Адигея Республикаси фан ва таълим вазирлиги, Кавказ математика маркази ҳамда Адигея давлат унивеситети томонидан ҳар йили ўтказилиб келинадиган мазкур олимпиада эпидемиологик вазиятдан келиб чиққан ҳолда гибрид (масофавий ва офлайн) тарзда ўтказилмоқда.

Халқаро олимпиадада Арманистон, Болгария, Беларусь Республикаси, Эрон, Озарбайжон, Перу, Қозоғистон, Сербия, Тожикистон, Туркия, Швеция, Швецария ва Россия Федерациясидан жами 100 дан ортиқ жамоалар иштирок этмоқда.

Ўзбекистонда олимпиада Тошкент шаҳридаги Президент мактабида ўтказилмоқда.

Олимпиадада иштирок этаётган Ўзбекистон жамоаси таркиби:

Олимжон Олимов
— Бухоро вилояти, Қоракўл халқаро математика мактабининг 11 синф ўқувчиси;

Дониёр Исмоилов — Бухоро вилояти, Қоракўл халқаро математика мактабининг 11 синф ўқувчиси;

Муҳаммадризо Маджидов — Тошкент шаҳридаги Президент мактабининг 10 синф ўқувчиси;

Жалолиддин Холматов — Халқ таълими вазирлиги тасарруфидаги АФИДУМ 9-синф ўқувчиси;

Диёрбек Ражабов — Бухоро вилояти, Ғиждувон тумани 5 сон ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактабининг 10-синф ўқувчиси;

Диёрбек Толибов — Бухоро вилояти, Ғиждувон тумани 5 сон ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактабининг 11-синф ўқувчиси;

Нодира Саъдуллаева — Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги АКТга ихтисослаштирилган мактабнинг 11-синф ўқувчиси;

Ҳумоюн Абдурасулов — Бухоро вилояти, Олот тумани 10 сонли умумий ўрта таълим мактабининг 10-синф ўқувчиси;

Жамоа сардори сифатида Халқ таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти бош мутахассиси Сардор Бозорбоев иштирок этмоқда.

Халқ таълими вазирлиги ўқувчиларимизга омад ва зафарлар тилаб қолади.
Forwarded from Ta’lim24.uz
Халқаро Кавказ математика олимпиадасида Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилаётган терма жамоа
Forwarded from Bank va Mijoz
​​Келажак учун сармоя

Ўзсаноатқурилишбанк ёш математикларни халқаро мусобақаларда қўллашни давом эттираётганини билдирмоқда.

12-17 март кунлари Ўзбекистон терма жамоаси VI Халқаро Кавказ математика олимпиадасида ўз иштирокини масофавий шаклда бошлабди.

Халқаро олимпиадада Ўзбекистон, Арманистон, Болгария, Беларусь Республикаси, Эрон, Озарбайжон, Перу, Қозоғистон, Сербия, Тожикистон, Туркия, Швеция, Швейцария ва Россия Федерациясидан жами 100 дан ортиқ жамоалар иштирок этмоқда.

Ўзбекистонда олимпиада онлайн шаклда Тошкент шаҳридаги Президент мактабида ўтказилмоқда экан.

Биз ушбу ёш математикларимизга омад тилаб қоламиз ва уларни яқиндан қўллаб-қувватлаб келаётган Ўзсаноатқурилишбанкка эса ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз.

https://t.me/joinchat/AAAAAEdjReBvtzWJDF8jPg
Forwarded from Ta’lim24.uz
#ХУШХАБАР

6 нафар ўзбекистонлик ўқувчи Халқаро Кавказ математика олимпиадасида ғолиб бўлди

12-17 март кунлари ўтказилган VI Халқаро Кавказ математика олимпиадасида ўзбекистонлик ўқувчилар 4 та кумуш ва битта бронза медални қўлга киритди.

Жорий йилда Олимпиада эпидемиологик вазиятни инобатга олиб ҳам масофавий ҳам офлайн тарзда ўтказилди.

Халқаро олимпиадада турли давлатлардан жами 100 дан ортиқ жамоалар иштирок этди.

Ғолиб бўлган ўқувчилар билан танишинг:

Олимжон Олимов
— кумуш медаль (Бухоро вилояти, Қоракўл халқаро математика мактабининг 11 синф ўқувчиси);

Муҳаммадризо Маджидов — кумуш медаль (Тошкент шаҳридаги Президент мактабининг 10 синф ўқувчиси);

Жалолиддин Холматов — кумуш медаль (Халқ таълими вазирлиги тасарруфидаги АФИДУМ 9-синф ўқувчиси);

Диёрбек Толибов — кумуш медаль (Бухоро вилояти, Ғиждувон тумани 5 сон ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактабининг 11-синф ўқувчиси);

Дониёр Исмоилов — бронза медаль (Бухоро вилояти, Қоракўл халқаро математика мактабининг 11 синф ўқувчиси);

Нодира Саъдуллаева — фаҳрий ёрлиқ (Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги АКТга ихтисослаштирилган мактабнинг 11-синф ўқувчиси);

Терма жамоа раҳбари Халқ таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти бош мутахассиси — Сардор Бозорбоев.
👍1
Forwarded from UzReport.news
Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o'zbekistonlik o'quvchilar 4 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritishdi

👉 https://uzreport.news/society/6-nafar-ozbekistonlik-oquvchi-xalqaro-kavkaz-matematika-olimpiadasida-golib-boldi

UzReport rasmiy sahifalari:

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram