KHISO olimpiada
19.2K subscribers
1.62K photos
565 videos
293 files
2.53K links
KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!

Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
Download Telegram
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Joriy yilning 27-yanvarida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasi ilgari surilgan edi. Kecha ushbu tashabbus doirasida oʻtkazilgan tanlovning yarim finalida “KUNTESTI mobil ilovasi” loyihamizni taqdimot-himoyasini qildim. Loyihamiz hakamlar va tanlovning boshqa ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi!

Nasib qilsa finalda ham muvaffaqiyat qozonamiz, duo qilib qoʻyasizlar degan umiddaman:)
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_natijalari

📣 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e’lon qilindi!

🔰 21-22-avgust kunlari o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb-saytiga joylashtirildi.

Bu haqda Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell rasman ma'lum qiladi.

👉 Test natijalarini kompyuterdan foydalangan holda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pres21_schools21_admissions21/

👉Batafsil Prezident ta'lim muassasalari agentligining saytida o‘qing!

☎️Qo'shimcha savollar uchun call-markazning 1206 qisqa raqamiga yoki @piimasavollar_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.

👉
@khiso
#natijalarimiz
#Prezident_maktablari

Xabaringiz bor 18-sentabr kuni Prezident maktablari imtihonlarining natijalari e’lon qilindi. Oʻquv markazimizda oflayn yoki onlayn tarzda oʻqib, ushbu imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan va Prezident maktabiga qabul qilingan oʻquvchilarimizni ma’mumniyat bilan e’lon qilamiz!

Oʻquv markazimizdagi darslarga yozilish uchun📱 +99893-929-00-06 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

📩 Shuningdek 100 ga yaqin ota-onalardan saytimiz va kuntesti mobil ilovamiz orqali muntazam testlar yechgani farzandlariga katta yordam bergani haqida minnatdorchilik xatlari kelmoqda!

Nasib qilsa bu yil ham bir-biridan qiziqarli loyihalarni yuqori saviyada tashkil etamiz!
#natijalarimiz
#Al_Xorazmiy_IT_maktabi

Biroz oldin oʻquv markazimizda oʻqib, ushbu imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan va Prezident maktabiga qabul qilingan oʻquvchilarimiz haqida e’lon qilgan edik. Navbat Al-Xorazmiy IT maktabiga kirgan oʻquvchilarimizga!

Oʻquv markazimizdagi darslarga yozilish uchun📱 +99893-929-00-06 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

📩 Shuningdek 100 ga yaqin ota-onalardan saytimiz va kuntesti mobil ilovamiz orqali muntazam testlar yechgani farzandlariga katta yordam bergani haqida minnatdorchilik xatlari kelmoqda!

Nasib qilsa bu yil ham bir-biridan qiziqarli loyihalarni yuqori saviyada tashkil etamiz!
👍1
🎉 DIQQAT, BAYRAMGA TUHFA!

KHISO olimpiada maktabi, Oʻzbekiston Milliy Universiteti va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan barcha oʻqituvchilar uchun yuqoridagi (16 ta) fanlardan onlayn olimpiada oʻtkaziladi:

🗓 Olimpiada 1-oktabr kuni 10:00 dan 22:00 ga qadar oʻtkaziladi.

📱Olimpiada qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.

⚪️ Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟 Barcha ishtirokchi ustozlar bepul QR kodli sertifikat
sohibi boʻlishadi.

🏆 Gʻoliblar tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🤝 Olimpiadaga barcha ustozlaringizni taklif qiling.

Kanalga ulanish: 👉
@khiso
Oʻqituvchilar oʻrtasida ham tez-tez (masalan oyda) olimpiadalar tashkil qilinishi xohlarmidingiz?
Anonymous Poll
78%
Ha albatta, bu oʻqituvchilarga foydali
4%
Yilda bir marta yetadi
17%
Oʻquvchilarga ham boʻlsin😅
1%
Men dangasaman, qatnashmayman😴
👍2
Xayrli kun bilimdon o‘quvchilar!

Onlayn olimpiadalar saytimizda bir necha kun davomida kamchiliklarni tuzatish maqsadida tanlovlar o‘tkazilmaydi. Lekin siz zerikib qolmasligingiz uchun KUNTESTI mobil ilovamizda har kunlik testlar o‘tkaziladi. Oy yakunida esa g‘oliblar taqdirlanadi.

🏆 Agar siz ham g‘oliblar qatorida bo‘lishni xohlasangiz ilovani hoziroq yuklab oling:

📲 Android uchun;

📲 IOS uchun.

❓Ilovadan foydalanish boʻyicha qoʻllanma.

📲 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Forwarded from Sardor Bazarbaev
⚡️Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichining o‘tkazilish jadvali!

🆕 Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:

⬛️ Barcha savollar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tuziladi va tuman bosqichida faqat 30 ta test beriladi va qiyinlik darajasiga ko‘ra baholanadi:

▪️(1-10) 10 ta sodda testga 0,9 balldan;
▪️
(11-20) 10 ta o‘rtacha testga 1,5 balldan;
▪️
(21-30) 10 ta murakkab testga 2,6 balldan;

Jami 50 ball.

🟦 Birinchi guruh fanlariga 90 daqiqa, ikkinchi guruh fanlariga 60 daqiqa vaqt beriladi. Olimpiada barcha hududlarda bir vaqtda soat 11:00 da boshlanadi!

🟥 1,2,3 - o‘rin sohiblari keyingi bosqichga chiqishadi. Agar o‘quvchilar natijasi teng bo‘lib qolsa, dastlab 21-30 testlardagi natijasi, u ham teng bo‘lsa 11-20 testlardagi natijaga qaraladi. Shunda ham teng bo‘lsa nomzodlarga 3 ta ochiq (javobi yoziladigan) test beriladi.

👉 @bazarbaevs
👍2
💐 Aziz yurtdoshlar!

🎉 Bugun ko‘pchilik yoshlarga o‘z bilimini ayamasdan ustozlik qilib kelayotgan, yurtimizning tashabbuskor yoshlaridan biri Xalqaro olimpiadalar gʻolibi, “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti sohibi , KHISO olimpiada maktabi yaqin hamkori, ustozimiz Sardor Bozorboyev (@bazarbaevs)ning tavallud ayyomlari! 🎉

🎊 Yana bir muborak yoshingiz bilan sizni Khiso maktabi jamoasi va butun respublikamiz yoshlari nomidan muborakbod etamiz!

🎁 Sizga va oila a'zolaringizga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, baxt va omad tilaymiz!

🎉 Ta'lim ravnaqi yo‘lida mehnat qilishingizda kuch-quvvat hamrohingiz bo‘lsin!

🎈 Dunyodagi jamiiyki ezgu niyatlar sizga yor bo‘lsin!

🏢 Khiso maktabi jamoasi
Barcha o‘quvchilarni bepul olimpiadaga qatnashishga chorlaymiz!

⏰ BUGUN 15-oktyabr kuni, soat 15:00 dan 18:00 gacha khiso.site.uz saytimizda tanqidiy fikrlash va mantiqiy matematika bo‘yicha olimpiada o‘tkaziladi.

❗️ Olimpiada aynan khiso.site.uz saytida o‘tkaziladi.

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

👉 @khiso kanaliga a'zo boʻling
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ta'lim Markazi, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida bepul onlayn olimpiada oʻtkaziladi!

🔴 Olimpiada quyidagi kategoriyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

⭕️ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “BILAGʻON” integratsion olimpiadasi (ona tili, oʻqish va tabiat fanlari uygʻunligida);

⭕️ 5-11-sinf o‘quvchilar, talabalar va oʻqituvchilar uchun ona tili va adabiyot fanlaridan;

📲 Ushbu @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

🗓 Olimpiada 21-oktabr kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha khiso.site.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

🏆 Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling.

👉 @khiso
KHISO olimpiada
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ta'lim Markazi, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida bepul onlayn olimpiada oʻtkaziladi!…
Til bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan olimpiadaning umumiy natijalarni e’lon qilamiz:

🟦 1-2 sinf

🟪 3-4 sinf

⬛️ 5-6-7 sinf

⬜️ 8-9 sinf

🟫 10-11 sinf

🟩 Talabalar

🟨 O‘qituvchilar

📌 Sertifikatni yuklab olish va natijalaringizni tahlil qilish bo‘yicha video-qo‘llanmani yuqorida e'lon qildik
👍1
Xayrli tong azizlar! Barchangizga Juma ayyom muborak boʻlsin!

Kechagi olimpiadamiz juda murosasiz o‘tdi va katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Ko‘p sonli talab va istaklarga binoan bugun ham olimpiadani takroriy ravishda soat 15:00 dan 21:00 ga qadar o‘tkazishga qaror qildik.

Saytimizdan foydalanish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalar bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz:

Matnli yoʻriqnoma:
📑 cutt.ly/IRhzwJn

Video yoʻriqnoma: 🎞 youtu.be/LJ6qUk0Boho

👉 @khiso
Muvaffaqiyat yakshanbani ham o‘z ichiga oladi!

🗓 Yakshanba kunini khiso.uz saytimizda qiziqarli IQ testlarni yechish va bu orqali tengdoshlaringiz bilan bellashish bilan o‘tkazing.

🏆 Olimpiada 12:00 dan 22:00 gacha quyidagilar uchun o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 O‘quvchilar

👨🏻‍🎓 Talabalar

👨🏻‍🏫 O‘qituvchilar

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirokchilar 22:00 dan keyin QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️Saytimizdan foydalanish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalar bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz:

Matnli qoʻllanma:
📑 https://cutt.ly/IRhzwJn

Video qoʻllanma: 🎞 https://youtu.be/LJ6qUk0Boho

👉 @khiso kanaliga a'zo boʻling
#gʻoliblar
#oltinmedal

Xorazm
viloyati Gurlan tumani 5-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Tohirova Dilnoza "Olimpiadalar marafoni"da gʻolib bo‘lib, 🥇 oltin medal va diplom bilan taqdirlandi!

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#gʻoliblar
#oltinmedal

Xorazm
viloyati Gurlan tumani 15-maktabning 3-sinf oʻquvchisi Bekimmatov Bexruzbek "Olimpiadalar marafoni"da gʻolib bo‘lib, 🥇 oltin medal va diplom bilan taqdirlandi!

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori, qadrli Olimjon Alijanovichning tavallud topgan kunlari!

Olimjon Alijanovich “Ulugʻbek Izdoshlari” olimpiadasining asosiy tashabbuskorlaridan boʻlib, yoshlarning gʻoyalarini har doim qoʻllab-quvvatlab keladi.

Qadrli Olimjon aka, sizni jamoamiz nomidan chin dildan tabriklaymiz. Mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va prezidentimiz jamoasidagi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz. Xalqimizni, prezidentimizni va sizga ishongan yoshlarni ishonchini oqlab yuring!

Hurmat bilan KHISO olimpiada maktabi jamoasi!