KHISO olimpiada
19.2K subscribers
1.62K photos
565 videos
293 files
2.53K links
KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!

Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
Download Telegram
KHISO olimpiada
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ta'lim Markazi, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida bepul onlayn olimpiada oʻtkaziladi!…
Til bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan olimpiadaning umumiy natijalarni e’lon qilamiz:

🟦 1-2 sinf

🟪 3-4 sinf

⬛️ 5-6-7 sinf

⬜️ 8-9 sinf

🟫 10-11 sinf

🟩 Talabalar

🟨 O‘qituvchilar

📌 Sertifikatni yuklab olish va natijalaringizni tahlil qilish bo‘yicha video-qo‘llanmani yuqorida e'lon qildik
👍1
Xayrli tong azizlar! Barchangizga Juma ayyom muborak boʻlsin!

Kechagi olimpiadamiz juda murosasiz o‘tdi va katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Ko‘p sonli talab va istaklarga binoan bugun ham olimpiadani takroriy ravishda soat 15:00 dan 21:00 ga qadar o‘tkazishga qaror qildik.

Saytimizdan foydalanish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalar bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz:

Matnli yoʻriqnoma:
📑 cutt.ly/IRhzwJn

Video yoʻriqnoma: 🎞 youtu.be/LJ6qUk0Boho

👉 @khiso
Muvaffaqiyat yakshanbani ham o‘z ichiga oladi!

🗓 Yakshanba kunini khiso.uz saytimizda qiziqarli IQ testlarni yechish va bu orqali tengdoshlaringiz bilan bellashish bilan o‘tkazing.

🏆 Olimpiada 12:00 dan 22:00 gacha quyidagilar uchun o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 O‘quvchilar

👨🏻‍🎓 Talabalar

👨🏻‍🏫 O‘qituvchilar

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirokchilar 22:00 dan keyin QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️Saytimizdan foydalanish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanmalar bilan diqqat bilan tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz:

Matnli qoʻllanma:
📑 https://cutt.ly/IRhzwJn

Video qoʻllanma: 🎞 https://youtu.be/LJ6qUk0Boho

👉 @khiso kanaliga a'zo boʻling
#gʻoliblar
#oltinmedal

Xorazm
viloyati Gurlan tumani 5-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Tohirova Dilnoza "Olimpiadalar marafoni"da gʻolib bo‘lib, 🥇 oltin medal va diplom bilan taqdirlandi!

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#gʻoliblar
#oltinmedal

Xorazm
viloyati Gurlan tumani 15-maktabning 3-sinf oʻquvchisi Bekimmatov Bexruzbek "Olimpiadalar marafoni"da gʻolib bo‘lib, 🥇 oltin medal va diplom bilan taqdirlandi!

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori, qadrli Olimjon Alijanovichning tavallud topgan kunlari!

Olimjon Alijanovich “Ulugʻbek Izdoshlari” olimpiadasining asosiy tashabbuskorlaridan boʻlib, yoshlarning gʻoyalarini har doim qoʻllab-quvvatlab keladi.

Qadrli Olimjon aka, sizni jamoamiz nomidan chin dildan tabriklaymiz. Mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va prezidentimiz jamoasidagi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz. Xalqimizni, prezidentimizni va sizga ishongan yoshlarni ishonchini oqlab yuring!

Hurmat bilan KHISO olimpiada maktabi jamoasi!
KHISO olimpiada maktabidan yangi olimpiada!

Hayotda muvaffaqiyat uchun doimo olgʻa intilish muhim hisoblanadi. Bu yoʻlda sizga IQ test, tanqidiy fikrlash, matematika, rus tili va ingliz tili boʻyicha koʻnikmalar kerak boʻladi.

Jamoamizdan o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun navbatdagi integratsion olimpiada!

🗓 BUGUN khiso.uz saytida soat 12:00 dan 22:00 ga qadar INTIL olimpiadasi oʻtkaziladi. Savollar:

🧠 IQ TEST 5 ta
📈 Tanqidiy fikrlash 5 ta
🧮 Matematika 10 ta
🇷🇺 Rus tili 10 ta
🇦🇺 Ingliz tili 10 ta

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirokchilar 22:00 dan keyin QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

👉 @khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!
💰www.khiso.uz saytimizda reytingli va medalli olimpiadalarda hisobni to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma.

Saytimizda 3 xil usulda hisobni to‘ldirish mumkin. Hisobni to‘ldirish orqali reyting ballari beriladigan olimpiadalarda qatnashish, saytimizdagi foydali materiallardan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

🔵 Saytni oʻzidan toʻlov qilish: youtu.be/Rwdm-w7F9aE

🟡 CLICK evolution ilovasi orqali toʻlov qilish:
youtu.be/hnhJk4y0QWM

🟣 *880# orqali toʻlov qilish:
youtu.be/TwPzi-RA-sU

Izoh:
Birinchi to‘lovning 20% sizga cash-back sifatida beriladi. Demak birinchi to‘lovni ko‘proq qilish sizga nafliroq.
👍11🤩2
Bu safargi yakshanba olimpiadasi ham yakunlandi!

📊 Natijalarni quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

🔵 Oʻquvchilar natijasi (1101 ta)

🟢 Talabalar natijasi (70 ta)

🔴 Oʻqituvchilar natijasi (639 ta)

Barcha ishtirokchilar sertifikatlarini oʻz shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video qoʻllanma: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

✊ Bizdan uzoqlashmang, siz kutgan va kutmagan olimpiadalarimiz hali oldinda!

👉 @khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!
👍4
🖐Jizzaxliklar bormisiz? Sizlarni yutuqli olimpiada kutmoqda!

🏆 KHISO olimpiada maktabi
va Jizzax shahridagi "ELEGANT" o‘quv markazi hamkorligida 9-11 sinf o‘quvchilari va abituriyentlar o‘rtasida matematika fanidan "Jizzax matematika olimpiadasi" o‘tkaziladi.

📲 Olimpiadaga @jizzax_olimpiadasi_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish shart!

▪️Olimpiada 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi.

▫️ 1-bosqich 6-noyabr kuni soat 16:00 dan 23:00 ga qadar onlayn tarzda khiso.uz saytida o‘tkaziladi.

▪️ Birinchi bosqichdan o‘tgan Jizzaxlik eng yaxshi 200 nafar o‘quvchi va boshqa viloyatlardan eng yaxshi 3 nafar o‘quvchi final bosqichida ishtirok etadi.

▫️ Final bosqichi esa 14-noyabr kuni Jizzax shahrida o‘tkaziladi.

🎁 Final bosqichi g‘oliblariga:

🥇-o‘rin: Televizor🖥;

🥈-o‘rin: Telefon📱;

🥉-o‘rin: Airpods
🎧;

1️⃣-2️⃣0️⃣ o‘rinlarga 100% chegirma;

2️⃣1️⃣-4️⃣0️⃣- o‘rinlarga 50% chegirma;

4️⃣1️⃣-6️⃣0️⃣ o‘rinlarga 30 % chegirma.

▪️ Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!

👉
@khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!
👍4🤩1
🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-mavsumi boshlanmoqda!

▪️Olimpiada Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi.

🗓 2-mavsumning 1-bosqichi 7-noyabr kuni khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.

📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

✅ Olimpiadaning qoidalari va tartibi.

👉 @khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!
KHISO olimpiada
Xayrli kun bilimdon o‘quvchilar! Onlayn olimpiadalar saytimizda bir necha kun davomida kamchiliklarni tuzatish maqsadida tanlovlar o‘tkazilmaydi. Lekin siz zerikib qolmasligingiz uchun KUNTESTI mobil ilovamizda har kunlik testlar o‘tkaziladi. Oy yakunida…
🏆 KUNTESTI mobil ilovasida oktabr oyining respublika, viloyat va tuman g‘oliblari barchasi e'lon qilinganidan xabaringiz bormi?

⬇️ Quyidagi havolalar orqali oktabr oyida har bir darajadagi g‘oliblarni bilib olishingiz mumkin:

🟩 RESPUBLIKA

🟥
VILOYAT

🟦
TUMAN

↖️ Oldingi barcha oylardagi g‘oliblarni esa ushbu postda e'lon qilganmiz.

📲 Agar ushbu g‘oliblar safida bo‘lsangiz va medal, diplomlaringizni olishni @kuntesti_admin ga murojaat qilishingiz mumkin. Yakshanba kuni tayyorlab, dushanba kuni jo‘natamiz.
👍4
KHISO olimpiada
🖐Jizzaxliklar bormisiz? Sizlarni yutuqli olimpiada kutmoqda! 🏆 KHISO olimpiada maktabi va Jizzax shahridagi "ELEGANT" o‘quv markazi hamkorligida 9-11 sinf o‘quvchilari va abituriyentlar o‘rtasida matematika fanidan "Jizzax matematika olimpiadasi" o‘tkaziladi.…
Sovg‘alarga boy JIZZAX MATEMATIKA OLIMPIADASINING onlayn saralash bosqichi yakunlandi!

📊 Olimpiadada jami 642 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Umumiy natijalarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:

🔵 NATIJALAR

Barcha ishtirokchilar sertifikatlarini oʻz shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video qoʻllanma: 👉 https://youtu.be/3NiX8Ga4nrU

✊ Bizdan uzoqlashmang, siz kutgan va kutmagan olimpiadalarimiz hali oldinda!

👉 @khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!
KHISO olimpiada
🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-mavsumi boshlanmoqda! ▪️Olimpiada Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi. 🗓 2-mavsumning…
❓Ko‘p berilgan savollarga javoblar:

1-savol:
Mening raqamim ucell va menga tasdiqlash kodi kelmayapti, nega?
Javob: Muammo aynan ucell raqamlari bilan bog‘liq bo‘lmoqda va bu bizga bog‘liq emas. Imkon bo‘lsa boshqa aloqa kompaniyasining raqami orqali ro‘yxatdan o‘ting.

2-savol: Savollar shu kanal (guruh) ga keladimi?
Javob: Yo‘q, savollar khiso.uz saytida bo‘ladi. Siz shaxsiy akkaunt ochib, olimpiadada qatnashishingiz va soat 22:00 dan so‘ng sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin.

3-savol: Matematikadan ham fizikadan ham qatnashsam bo‘ladimi?
Javob: Albatta, bemalol ikki fandan ham qatnashish mumkin.

4-savol: Qanday ro‘yxatdan o‘taman?
Javob: Ro‘yxatdan o‘tish haqida batafsil tushuntirilgan qo‘llanma tayyorlaganmiz. Iltimos, tanishib chiqing: 👉 youtu.be/VIm3x31f5zI

5-savol:
Bir raqamga 2 odam ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, bitta raqamga faqat va faqat bitta odam ro‘yxatdan o‘ta oladi.

6-savol: Boshqa fandan ham bo‘ladimi?
Javob: Ha navbat bilan barcha fanlardan olimpiadalar o‘tkaziladi.

7-savol: O‘qituvchilar yoki talabalar ham qatnashsa bo‘ladimi?
Javob: Bugungi olimpiada aynan o‘quvchilar uchun. Lekin oldinda o‘qituvchilar va talabalar uchun ham olimpiadalar ko‘p.

8-savol: Kichik sinflar ham qatnashsa bo‘laveradimi?
Javob: O‘zini sinab ko‘rish maqsadida qatnashishlari mumkin, lekin savollar qiyinlik qilishi mumkin.

9-savol: Reyting ochkolari qachon beriladi? Jadvalda nega reyting ballim 0 bo‘lib turibdi?
Javob: Reyting ochko beriladigan olimpiadalar hali oldinda)

10-savol: Qanday qilib va qachon sertifikatimni yuklab olaman?
Javob: Soat 22:00 dan so‘ng sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida batafsil tushuntirilgan qo‘llanma tayyorlaganmiz: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

11-savol:
Oldin ro‘yxatdan o‘tganman, lekin parolimni unutdim. Nima qilsam bo‘ladi?
Javob: Parolingizni qayta tiklab olishingiz mumkin: 👉 youtu.be/dg6iy8nPNMo
❤1
KHISO olimpiada
🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-mavsumi boshlanmoqda! ▪️Olimpiada Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi. 🗓 2-mavsumning…
"ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 2-mavsumining 1-bosqichi o‘tkazildi.

📊Olimpiadaning ilk bosqichida jami 3500 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. Umumiy natijalarni quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

🟦 Matematika fanidan jami 2265 ta ishtirokchi qatnashdi:

🔹 A kategoriya (5-6-7 sinf) - 769 ta ishtirokchi
🔹
B Kategoriya (8-9 sinf) - 774 ta ishtirokchi
🔹
C kategoriya (10-11 sinf) - 722 ta ishtirokchi

🟧 Fizika
fanidan jami 1201 ta ishtirokchi qatnashdi:

🔸 A kategoriya (6-7 sinf) - 328 ta ishtirokchi
🔸 B Kategoriya (8-9 sinf) - 443 ta ishtirokchi
🔸 C kategoriya (10-11 sinf) - 430 ta ishtirokchi

Barcha ishtirokchilar sertifikatlarini oʻz shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video qoʻllanma: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

✊ Bizdan uzoqlashmang, siz kutgan va kutmagan olimpiadalarimiz hali oldinda!

👉 @khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!
❤1👍1
#gʻoliblar
#kumushmedal

Xorazm
viloyati Urganch tumani 39-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Madaminov Dilmurodbek "Olimpiadalar marafoni"da gʻolib bo‘lib, 🥈kumush medal va diplom bilan taqdirlandi!

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍3🤩1
Talabalar uchun "Qori Niyoziy" olimpiadasi!

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, "Akademik Qori Niyoziy merosi" ilmiy-metodik markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat talabalari uchun matematika fanidan ikki bosqichli "Qori Niyoziy" olimpiadasi olimpiadasi o‘tkaziladi.

📝 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

🗓14-noyabr kuni khiso.uz saytida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar olimpiadaning onlayn saralash bosqichi oʻtkaziladi.

📊Saralashda eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 nafar talaba oflayn tarzda o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Final bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi!
KHISO olimpiada
🖐Jizzaxliklar bormisiz? Sizlarni yutuqli olimpiada kutmoqda! 🏆 KHISO olimpiada maktabi va Jizzax shahridagi "ELEGANT" o‘quv markazi hamkorligida 9-11 sinf o‘quvchilari va abituriyentlar o‘rtasida matematika fanidan "Jizzax matematika olimpiadasi" o‘tkaziladi.…
JMO finalchilari.pdf
157 KB
Jizzax matematika olimpiadasi finalchilari aniqlandi!

🟩
Rejaga ko‘ra (mezbon Jizzax viloyatidan boshqa) har bir viloyatdan 3 nafardan eng yaxshi natija egasi finalga yo‘l olishi kerak edi. Lekin natijalar tahlil qilinganida ba'zi hududlar juda past natija va ba'zi hududlar juda yuqori natijaga erishganiga guvoh bo‘ldik, Shu sababdan 75 ball va undan yuqori to‘plagan barchaga finalda ishtirok etish huquqini berdik (faylda yashil rangda). Finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga ertaga "ELEGANT" o‘quv markazi operatorlari aloqaga chiqishadi. (ro‘yxatdan o‘tilgandagi raqamlariga)

Izoh: Jizzax viloyatidan boʻlgan va 1-bosqichda qatnashgan har bir ishtirokchi avtomat ravishda finalda qatnashishi mumkin.

🎁 Final bosqichi g‘oliblari mos ravishda televizor, telefon va airpods quloqchinlarini qo‘lga kiritishlari mumkin.

📍 Manzil: Jizzax sh. Yangi Zebo 3-qavat
🔎 Mo‘ljal: Versal to‘yxonasi
📞 Telefon: +998-91-599-40-60
Talablarga binoan INTIL olimpiadasining 2-soni!

Jamoamizdan o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun iq test, tanqidiy fikrlash, matematika, rus tili va ingliz tili fanlaridan integratsion olimpiada!

🗓 14-noyabr, yakshanba kuni khiso.uz saytida soat 12:00 dan 22:00 ga qadar INTIL olimpiadasining 2-soni oʻtkaziladi. Savollar:

🧠 IQ TEST 5 ta
📈 Tanqidiy fikrlash 5 ta
🧮 Matematika 10 ta
🇷🇺 Rus tili 10 ta
🇦🇺 Ingliz tili 10 ta

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎟
Barcha ishtirokchilar olimpiada yakunlangach o‘z shaxsiy kabinetlaridan sertifikatlarini yuklab olishadi.

💪🏻 Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham o‘z ichiga oladi.

👉
@khiso - KHISO olimpiada maktabining rasmiy kanali