KHISO olimpiada
19.4K subscribers
1.62K photos
567 videos
293 files
2.54K links
KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!

Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“YOZGI MAKTAB-2024”: 2-kun qanday oʻtmoqda?


👨‍🏫 Kunning dastlabki qismida Xalqaro olimpiada gʻoliblari tomonidan mahorat darslari oʻtildi. Har biri darslardan jonli lavhalarni ➡️ushbu⬅️ havoladan koʻrishingiz mumkin.

♟ Tushlikdan soʻng JIDU shaxmat klubi tomonidan chempionat tashkil etiladi. Bu haqida alohida video ulashamiz, bizdan uzoqlashmang.

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥3❤2
KHISO olimpiada
“YOZGI MAKTAB-2024”: 2-kun qanday oʻtmoqda? 👨‍🏫 Kunning dastlabki qismida Xalqaro olimpiada gʻoliblari tomonidan mahorat darslari oʻtildi. Har biri darslardan jonli lavhalarni ➡️ushbu⬅️ havoladan koʻrishingiz mumkin. ♟ Tushlikdan soʻng JIDU shaxmat klubi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shaxmat, basketbol va futbol musobaqalari oʻtkazildi!


👟 Kunning ikkinchi qismida oʻquvchilar oʻz tanlovlariga mos ravishda shaxmat, basketbol va futbol musobaqalarida ishtirok etishdi.

🌍 Bundan tashqari “Tabiatni asraymiz” shiori ostida chiqindi toʻplash boʻyicha ham oʻziga xos kichik musobaqa tashkil etildi.

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“YOZGI MAKTAB-2024”: 3-kun qanday oʻtmoqda?


👨‍🏫 Kunning dastlabki qismida Xalqaro olimpiada gʻoliblari tomonidan mahorat darslari oʻtildi. Har biri darslardan jonli lavhalarni ➡️ushbu⬅️ havoladan koʻrishingiz mumkin.

🎬 Tushlikdan soʻng #movie_time va boshqa qiziqarli tadbirlar boshlandi. Bu haqida alohida video ulashamiz, bizdan uzoqlashmang.

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥8
KHISO olimpiada
“YOZGI MAKTAB-2024”: 3-kun qanday oʻtmoqda? 👨‍🏫 Kunning dastlabki qismida Xalqaro olimpiada gʻoliblari tomonidan mahorat darslari oʻtildi. Har biri darslardan jonli lavhalarni ➡️ushbu⬅️ havoladan koʻrishingiz mumkin. 🎬 Tushlikdan soʻng #movie_time va boshqa…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3-kunning ikkinchi yarmida #movie_time va sport musobaqalari oʻtkazildi!


🎬 Kunning ikkinchi qismida oʻquvchilar uchun TTPU tomonidan taqdimot va #movie_time o‘tkazildi. #movie_time dan keyin qiziqarli savol-javoblar berilib, topqirlar maxsus valyutalar bilan taqdirlandi. O‘quvchilar yozgi maktab so‘ngida ushbu valyutalarni kitoblarimiz va o‘qish uchun almashtirish imkoniyatiga ega.

🏀 Kechki ovqatgacha vaqt zoye ketmadi. Basketbol o‘yini tashkil etildi.

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“YOZGI MAKTAB-2024”: 4-kun tadbirlarga boy bo‘ldi


👨‍🏫 Kunning dastlabki qismida har doimgidek Xalqaro olimpiada gʻoliblari tomonidan mahorat darslari oʻtildi. Bugungi darslardan jonli lavhalarni ➡️ ushbu ⬅️ havoladan koʻrishingiz mumkin.

🚌 Tushlikdan soʻng Al Xorazmiy IT maktabi, AKITA (Astrum IT academy) va Yangi O‘zbekiston bog‘iga sayohat tashkil qilindi.

🤝 Ekskursiyamizni sifatli tashkil etishda yordamini ayamagani uchun Al Xorazmiy IT maktabi va AKITA rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.


Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“YOZGI MAKTAB-2024”: Final oldi darslar oʻtkazildi


👨‍🏫 Kunning dastlabki final olimpiadasidan oldingi soʻnggi mahorat darslari oʻtildi. Bugungi darslardan jonli lavhalarni ➡️ ushbu ⬅️ havoladan koʻrishingiz mumkin.

🚌 Tushlikdan soʻng oʻquvchilar uchun stol tennisi, futbol va #painting musobaqalari oʻtkazildi.

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤4🔥1
KHISO olimpiada
“YOZGI MAKTAB-2024”: Final oldi darslar oʻtkazildi 👨‍🏫 Kunning dastlabki final olimpiadasidan oldingi soʻnggi mahorat darslari oʻtildi. Bugungi darslardan jonli lavhalarni ➡️ ushbu ⬅️ havoladan koʻrishingiz mumkin. 🚌 Tushlikdan soʻng oʻquvchilar uchun stol…
final.pdf
336.6 KB
📊 "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 4-mavsum finali - "YOZGI MAKTAB-2024" natijalarini e'lon qilamiz.

🏆 G‘oliblar mos ravishda planshetlar, smartfon, simsiz quloqchin va SmartWatch soatlari bilan taqdirlanishadi.

📔 Shuningdek, har bir ishtirokchiga sertifikat, maxsus kitob va esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

🎁 Taqdirlash marosimi ertaga soat 9:00 da Turin Politexnika universitetining Konferensiyalar zalida o‘tkaziladi.

📍 LOKATSIYA

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

✅ Loyiha homiylari TTPU va TIFT universitetlari

Izoh: Har bir kategoriyadan 3 nafardan o‘quvchi g‘olib deb topildi. Shuningdek, A (1-2 sinf) va B (3-4 sinf) kategoriyalarida kichik sinf o‘quvchilaridan eng yaxshi natijaga erishgan bir nafardan o‘quvchilar ham taqdirlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤3🔥1🤩1
KHISO olimpiada
final.pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “YOZGI MAKTAB” da taqdirlash!

Har bir ishtirokchi kitob, sertifikat va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlanadi!
👍43❤8🤩1
KHISO olimpiada
Bugun “YOZGI MAKTAB” da taqdirlash! Har bir ishtirokchi kitob, sertifikat va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlanadi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi maktabda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.


Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Avezimbetovich Sharipov hamda Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti direktori, akademik Shavkat Abdullayevich ishtirok etishdi.

Yozgi maktab haqida batafsil video rolikni keyinroq e’lon qilamiz.
👍23❤5🔥3
KHISO olimpiada
Yozgi maktabda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Avezimbetovich Sharipov hamda Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti direktori, akademik Shavkat Abdullayevich ishtirok etishdi.…
Barcha rasmlar sifatli formatda facebook sahifamizga yuklandi!

🖼 Yozgi maktab tadbirlari doirasida suratgan olingan rasmlar facebookdagi rasmiy sahifamizga qo‘yildi. Rasmlarni yuklab olish: ➡️ FOTOGALERIYA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤4🔥2
TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR HAFTALIGI

🎓 Prezident maktabining asosiy imtihoniga juda kam vaqt qolmoqdi. Talablarga binoan 5 kun davomida maxsus test o‘tkaziladi!


🗓 21-25 iyul soat 9:00 dan soat 23:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

📈 Tanqidiy fikrlash: 16 ta savol;
📊 Muammoni hal qilish: 24 ta savol;
🇺🇿 Imtihon tili: Faqat o‘zbek tilida.

🧪 Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

🥇 Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

📹 Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

✍️ Qo‘shimcha savollar uchun: ➡️@khiso_admin

❗️ Bugungi test 17:00 dan boshlanadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤4
KHISO olimpiada
Yozgi maktabda taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Avezimbetovich Sharipov hamda Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti direktori, akademik Shavkat Abdullayevich ishtirok etishdi.…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi maktabda taqdirlash marosimi yuqori saviyada oʻtkazildi.

Gʻolib oʻquvchilarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Avezimbetovich Sharipov hamda Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti direktori, “Oʻzbekiston qahramoni”, Senator, akademik Shavkat Abdullayevich qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi.

Yozgi maktabdagi barcha ishtirokchilarga Turin Politexnika universiteti homiyligida maxsus nashr etilgan kitoblar, sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, loyiha homiylaridan Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining rektori Azizxon Asrorovich Nodirov oʻz yosh toifasida eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarni taqdirladi.


📹 Ertaga youtubedagi rasmiy sahifamizda “Yozgi maktab-2024” nomli maxsus video e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤3🔥1🤩1
TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLI MASALALAR HAFTALIGI: 3-KUN

🎓 Prezident maktabining asosiy imtihoniga 4 kun vaqt qoldi.

🗓 21-25 iyul soat 9:00 dan soat 23:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

📈 Tanqidiy fikrlash: 16 ta savol;
📊 Muammoni hal qilish: 24 ta savol;
🇺🇿 Imtihon tili: Faqat o‘zbek tilida.

🧪 Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

🥇 Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

📹 Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

✍️ Qo‘shimcha savollar uchun: ➡️@khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤3
🎓Finalga kela olmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat: "Norasmiy final" olimpiadasi!

TIFT universiteti tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida mantiqiy matematika boʻyicha respublika olimpiadasi o‘tkazilgan edi.


📊 Ushbu olimpiadaning saralash bosqichi uchun 7000 dan ortiq o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tib, 5000 dan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 875 nafar eng yuqori natijali o‘quvchilar final uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan va 100 dan ortiq o‘quvchilar 13-iyulda finalda ishtirok etib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va grantlar bilan taqdirlangan edi.

🎓 Finalga kela olmaganlar uchun 27-iyul kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha @tiftolympiad_bot da onlayn tarzda norasmiy final olimpiadasi o‘tkaziladi.

🎁 Ushbu olimpiadada 400 balldan yuqori olganlar TIFT universitetiga imtihonsiz kontrakt asosida qabul qilinadi, 700 balldan yuqori natijaga erishganlar esa 1 million so‘mlik ta'lim grantini qo‘lga kiritishadi. Eng yuqori natija egalari esa maxsus nashr etilgan kitoblar bilan taqdirlanadi.

😊 Keling, bilimingiz evaziga g‘olib bo‘ling va orzularga yetaklaydigan universitet talabasiga aylaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤3🔥2
#imtihon_natijalari_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 9-10-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤5
Qaysi fandan va kimlar oʻrtasida onlayn olimpiada boʻlishini xohlaysiz?

Izohlarda qoldiring
Anonymous Poll
73%
Matematika
26%
Xorijiy tillar
14%
Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya)
8%
Ona tili va adabiyot
8%
Tarix
5%
Izohda yozaman
👍57❤8🤩5
🏆Yangi gʻoliblarni oʻqitish uchun gʻoliblar safiga qoʻshiling!


Barchangizga ma’lumki, 2020-yildan buyon oʻquv markaz sifatida faoliyat olib bordik va katta yutuqlarga erishdik. Xususan, markazimizdan 30 dan ortiq xalqaro va respublika olimpiada gʻoliblari yetishib chiqdi. Yana 100 ga yaqin oʻquvchilarimiz Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilindi.

Endilikda nafaqat matematika, balki tabiiy va ijtimoiy fanlardan ham yetuk mutaxassislarni jalb etgan holda xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻla oladigan, TOP100 universitetlarga kira oladigan va yangi innovatsiyalarni yarata oladigan yoshlarni tarbiyalash maqsadida Al Xorazmiy xalqaro maktabiga asos soldik.

🤝 Zamonaviy fikrlaydigan, mas’uliyatli, tartib-intizomli va oʻz sohasining yetuk mutaxasisslarini jamoamizga ishga taklif etamiz.

❕ Nufuzli sertifikatlarga (SAT, GMAT, IELTS, CEFR) ega boʻlish yoki olimpiadalarda gʻoliblik uchun qoʻshimcha ustuvorlik beriladi.

Bizning jamoada:
💸 Raqobatbardosh ish haqi;
🚀 Doimiy oʻsish uchun kuchli jamoa va imkoniyatlar;

📍 Ish joyi Toshkent shahrida!

📥 Jamoamizga qo‘shilish istagida bo‘lgan nomzodlar hujjatlarini (yutuqlar, CV yoki rezyume) uzedu.bazarbaev@gmail.com ga yuborishlari talab etiladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥1🤩1
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Azizlar fikringiz biz uchun muhim!

Yangi loyihamiz uchun maktab yoshidagi farzandi bor boʻlgan ota-onalar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazyapmiz. 1 daqiqa vaqtingizni biz uchun ajratib soʻrovnoma savollariga javob bersangiz mamnun boʻlar edik.

➡️ SOʻROVNOMA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍7
KHISO olimpiada
🏆Yangi gʻoliblarni oʻqitish uchun gʻoliblar safiga qoʻshiling! Barchangizga ma’lumki, 2020-yildan buyon oʻquv markaz sifatida faoliyat olib bordik va katta yutuqlarga erishdik. Xususan, markazimizdan 30 dan ortiq xalqaro va respublika olimpiada gʻoliblari…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq kutilgan xushxabar🤩


📣 Koʻplab ota-onalarning talab va takliflarini inobatga olib Al-Khorezmi International school ga asos soldik!

🚀 Maktabimizda oʻquvchilarga nafaqat matematika, balki tabiiy va ijtimoiy fanlardan ham xalqaro olimpiada gʻoliblari hamda oʻz sohasining eng yetuk mutaxassislari ta'lim beradi.

Bundan tashqari, oʻquvchilarga hozirgi kunda aktual boʻlgan tanqidiy fikrlash va muammoni hal qilish, SAT, IELTS darslari tashkil qilinadi.

🤩 Bilimli va iqtidorli oʻquvchilar maktabimizda GRANT asosida oʻqishlari ham mumkin.

Bu haqida keyingi postlarimizda batafsil e'lon qilamiz!

Maktabimizga quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:

➡️ HAVOLA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥9❤4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KHISO oʻquv markazi har bir oʻquvchiga 8.900.000 soʻmgacha grant e’lon qiladi!


Endi bilimingiz orqali nafaqat katta grantlar yutib olishingiz, har oylik naqd pul ko‘rinishidagi maxsus stipendiyalar olishingiz mumkin!

🌟 Oʻquv markazimiz oʻquvchilaridan bu yil Prezident maktablariga 6 ta, Muhammad Al Xorazmiy IT maktabiga 5 ta, Mirzo Ulugʻbek tayanch maktabiga 2 ta va ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 dan ortigʻi kirishga muvaffaq boʻldi. Bu haqida maxsus intervyular orqali ulashib boramiz. Hozirgi yangilik bu haqida emas🧐


🚀 Super yangilikga tayyormisiz? Biz sizga Toshkent shahridagi 1-2-3-4-5-6 sinf oʻquvchilari uchun maxsus grantlar taqdim etuvchi olimpiadani e'lon qilmoqchimiz!

🏆 Olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: ➡️ HAVOLA

❗️ Olimpiadada ishtirok etish bepul, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 7-sentabr kuni soat 16:00 gacha!

📍 LOKATSIYA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🤩4🔥2