KHISO olimpiada
20.1K subscribers
1.63K photos
568 videos
293 files
2.55K links
KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!

Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
Download Telegram
Markazimizning eng umidli oʻquvchilaridan biri - Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Majidov Muhammadrizo. U koʻplab xalqaro olimpiadalarda yuqori oʻrinlarni va medallarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

👉 @khiso
👍13🤩7❤4
KHISO Oʻquv markazimizning eng iqtidorli oʻqituvchilaridan biri Rajabova Nilufar Komiljonovna Prezident qarori bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Butun jamoamiz nomidan Nilufarni tabriklaymiz. Kelgusidagi faoliyatiga yuksak muvafaqqiyatlar tilab, oʻzidek shogirdlarni tarbiyalashida kuch-quvvat tilaymiz👏👏👏!

👉 @khiso
👍6❤1
Bugun tongda oʻquv markazimiz jamoasi Xalqaro Kavkaz Matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Krasnoyarsk shahriga uchib ketishdi. Iqtidorli oʻquvchilar olimpiadada ishtirok etishlari uchun Oʻzsanoatqurilish Aksiyadorlik aksiyadorlik tijorat banki homiylik qilmoqda. Bunday ezgu ishlar uchun SQB rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Oʻquvchilarimizga omad tilab, faqat yuqori natijalar kutib qolamiz. Olimpiada haqida batafsil toʻxtalamiz.

👉 @khiso
👍4❤1
Forwarded from Sarmoyador
Ўзсаноатқурилишбанкдан яна бир хайрли ташаббус

Ўзсаноатқурилишбанк ҳомийлиги билан “Khwarizmi International School of Olympiads” нодавлат таълим муассасасининг 8 нафар тингловчиси 5-халқаро Кавказ математика олимпиадасида иштирок этиш учун Россия Федерациясига жўнаб кетди.

Банк HR стратегиясига мувофиқ амалга оширилаётган мазкур тадбир доирасида истеъдодли ёшларимиз 2020 йил 13-18 март кунлари Россия Федерацияси, Адигея Республикаси, Майкоп шаҳрида ўтказиладиган 5-халқаро Кавказ математика олимпиадасида иштирок этади.

Биз олимпиадачи ёшларимизга мамлакатимиз шаънини муносиб ҳимоя қилиш ва давлатимиз байроғини юқори шоҳсупаларга кўтаришларида омад тилаймиз.

Мавзуга, албатта, қайтамиз. Бизни кузатиб боринг.

https://t.me/b_bozorov
👍2❤1🔥1
Kuni kecha KHISO- Khwarizmi International School of olympiads oʻquv markazimiz jamoasi 5-Xalqaro Kavkaz Matematika Olimpiadasida oʻz ishtirokini boshladi. Nasib qilsa oʻquvchilarimizdan faqat yuqori natijalar kutib qolamiz!

👉 @khiso
👍4❤1
KHISO - Khwarizmi International School of Olympiads Oʻquv markazimizning eng iqtidorli oʻqituvchilaridan biri, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibi Rajabova Nilufar.

👉
@khiso
👍5❤1
Kavkazdan xushxabar!
🇺🇿🥈🥈🥈🥉🥉🥉🇺🇿

Bir necha kun oldin Oʻzsanoatqurilish aksiyadorlik tijorat banki homiyligi yordamida KHISO oʻquv markazimiz tinglovchilari 5-Xalqaro Kavkaz Matematika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik! Bugun natijalar e’lon qilinib, taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra jamoamiz 3 ta kumush va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritgani ma’lum boʻldi. Kichik yoshlilar (junoirs) oʻrtasida Xolmatov Jaloliddin 🥈 kumush, Boʻriyev Iskandar va Madjidov Mukhammadrizolar 🥉 bronza medalini qoʻlga kiritishgan boʻlsa, kattalar (seniors) oʻrtasida Mahmudov Farrux, Ismatov Abdullalar 🥈 kumush va Ibrohimov Najmiddin 🥉 bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Shuningdek Butayev Abror va Abdullayev Muhammadaminlar faol ishtiroki uchun diplomlar bilan taqdirlanishdi. Jamoamiz nomidan ularni yana bir bor tabriklaymiz!

👉 @khiso
👍4