KHISO olimpiada
20.1K subscribers
1.63K photos
567 videos
293 files
2.55K links
KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!

Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
Download Telegram
KHISO maktabimizning eng iqtidorli oʻqituvchilaridan biri, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi - Rajabova Nilufar Komiljonovnaning Yoshlar parlamenti a’zoligiga nomzodi qoʻyildi. Azizlar kelinglar jamoamiz a’zosini qoʻllab quvvatlaymiz. Bu juda oson, quyidagi havola orqali unga ovoz berish kifoya:

👉 https://t.me/yoshlar_ittifoqi_vobkent_tumani/184

Har biringizning ovozingiz juda muhim!
Forwarded from HR Sanoat Qurilish Bank (HR Manager)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SQB ходимлари ўртасида қизиқарли математика ва мантиқий фикрлаш бўйича онлайн олимпиада ўтказилди.

"KHISO" НТМ билан ҳамкорликда ташкил этилган ушбу ақллар жангида банкнинг 500 нафарга яқин ходими иштирок этди.

Олимпиада ғолиблари🏆

🥇1-ўрин
- Ноутбук соҳиби 💻 Хумоюн Пардаев, Юнусобод филиали Юридик шахсларни кредитлаш бўлими етакчи мутахассиси, 95 балл.
🥈2-ўрин
- Телевизор соҳиби 📺 Фарход Остонов, Бухоро минтақавий филиали Мониторинг бўлими бошлиғи ўринбосари, 95 балл.
🥉3-ўрин
- Планшет соҳиби 📱 Умида Ахмедова, Бош банк Амалиёт бошқармаси Хўжалик бўлими ходими 95 балл.

90 дан юқори балл олган олимпиада иштирокчиларига Бошқарув Раиси номидан махсус диплом топширилди
.

Олимпиада дам олиш кунлари ўтказилганига қарамай, ходимларга турли соҳалардаги билимларини синаб кўриш ва уларнинг билимга чанқоқ эканлигини намойиш этиш имконини берди.😊

SQB ўз ходимларининг математика ва мантиқий фикрлаш қобилиятлари янада юксалишини қўллаб-қувватлайди, бунинг учун ходимларига барча шароитни яратади.

https://t.me/HR_SQB
👍1
Davrbek Oltiboyev - Third Prize (bronza medal)
Nilufar Rajabova - Third Prize (bronza medal)

Eslatib oʻtamiz, Nilufar Prezidentimiz qoʻllaridan Zulfiya davlat mukofotini qabul qilib olgan.
🌝Xayrli tong aziz oʻquvchilar🙋🏻‍♂️

✊Medallar tayyor boʻldi🥇🥈🥉

🗓 16-avgustdan buyon oʻtkazilgan reytingli olimpiadalarimiz natijalarini tahlil qilib, medalga munosib koʻrilganlariga maxsus paketimizda maxsus bloknotimizga qoʻshib, medal va diplomlarni joʻnatamiz!

📌Shuningdek har oy yakuni boʻyicha reytingi eng yuqori oʻquvchilarni taqdirlash sentabr oyidan amaliyotga tadbiq etiladi.
Qolaverda oldinda reyting ochkolariga koʻra nishon🎖 bilan taqdirlash ham sentabr oyidan yoʻlga qoʻyiladi!

🙌 Mana bugun yozning oxirgi kuni! Oʻylaymizki, kuzda ham yanada faol boʻlasiz!

💪Qiziqarli loyihalarimiz hali oldinda!

👉
@khiso
Qadrli yurtdoshlar! Xalqimizning asliy orzusi bo‘lgan mustaqilligimizning yana bir yillik shodiyonasi barchamizga muborak bo‘lsin.🎉

Yurtimizdan tinchlik, xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, baxt va saodat arimasin! Birdamligimiz,ahilligimiz davomiy bo‘lsin!🎉

Jonajon O‘zbekistonim, 29 yoshing muborak bo‘lsin!🇺🇿


Hurmat bilan KHISO jamoasi!

Instagram | Telegram | Facebook
KHISO maktabi tashabbusi bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti bilan hamkorlikda 1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan respublikamizda ilk bor barcha oʻqituvchilar uchun barcha fanlardan onlayn olimpiada oʻtkaziladi.

Olimpiada 1-oktyabr kuni 9:00 da
www.khiso.uz saytida boshlanadi. Barcha ustozlarning vaqtini inobatga olgan holda olimpiada kun davomida oʻtkaziladi.

🎟 Barcha ishtirokchi ustozlar avtomatik ravishda zamonaviy QR kodli sertifikat sohibi boʻlishadi.

🤝 Olimpiadaga barcha ustozlaringizni taklif qiling.


Instagram | Telegram | Facebook
Assalomu aleykum kanalimiz a’zolari!

🎊Inson hayotidagi eng baxtli kunlardan biri boʻlgan tavallud ayyomni yaqinlar, yor-u doʻstlar yonida, sizni hurmat qiladigan va qadrlaydigan insonlar bilan birgalikda nishonlash bu eng katta baxtdir. 🎊

🎁Bugun ana shunday cheksiz baxtga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti mutaxassisi, Xalqaro olimpiadalar gʻolibi, “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti sohibi , @bazarbaevs kanali asoschisi, KHISO olimpiada maktabi yaqin hamkori Sardor Bozorboyevning tavallud ayyomlari!!!🎁

🎉Respublikamizdagi koʻplab yoshlarga bilim va motivatsiya berayotgan, yosh boʻlishiga qaramasdan koʻpchilikka oʻrnak boʻlayotgan bu insonni ushbu shukrona kunlari bilan muborakbod etamiz!🎉

Jamiiyki, ezgu tilaklar, niyatlar hamisha sizga yor bo‘lsin!💐

Khiso maktabi jamoasi!
#ЎЗМУ ИФТИХОРЛАРИ

Олтибоев Даврбек - ЎзМУ Математика факультети Математика йўналиши 3-курс талабаси

✅ 2015 йил 21-27 июль кунлари Жанубий Корея давлатининг Даэжеон шаҳрида мактаб ўқувчилари ўртасида ўтказилган халқаро математика фан олимпиадасида кумуш медал соҳиби.

✅ 2015 йил Бухоро вилояти ҳокими стипендианти.

✅ 2015, 2016 йилларда Ламоносов олимпиадасида бронза медал совриндори.

✅ 2016 йил Республика фан олимпиадасида 2-ўрин соҳиби.

✅2017 йил Бразилияда ўтказилган 58-халқаро олимпиадасида Honorable metion совриндори.

✅ 2018 йил "Ломоносов-2018" олимпиадасида кумуш медал соҳиби.

✅ 2018 йил Республика фан олимпиада ғолиби

✅ 2018 йил Руминияда ўтказилган 59-халқаро олимпиадада Honorable metion соҳиби

✅ 2018 йил Россияда ўтказилган 3-халқаро олимпиадада кумуш медал соҳиби

✅ 2020 йил онлайн ўтказилган 27-халқаро олимпиадада бронза медал соҳиби

✅ Кўплаб халқаро ва РЕспублика фан олимпиадаларида қатнашиб, сертификатлар билан тақдирланган

📱https://t.me/UzMUiqtidor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍Bizning safimiz keng, biz bilim olganimiz sari ko‘payib bormoqdamiz!

🙋‍♀Qizlarjonlar! Sizning o‘tkir zehningizni O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Onlayn "Qizlar olimpiadasi" orqali yanada mustahkamlaymiz.

🤩Sizda qiymati cheksizlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan imkoniyatlar bor. Ana shunday imkoniyatlar eshigidan birini 20-oktyabr "O‘zbek tili bayrami kuni" arafasida ochamiz!

👩‍💼O‘z bilimiga ishongan, dalil va iqtidorli qizlarimiz uchun KHISO maktabi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida har oyda an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan Onlayn "Qizlar olimpiadasi" da siz:

🔸Aniq fanlar✔️

🔹Tabiiy fanlar✔️

🔸Gumanitar fanlar dan bilimingizni sinab ko‘rasiz!✔️

⏱Shoshiling! Haqiqiy bilimdonlar davrasi sizni kutmoqda! 🙋‍♀🙋‍♀

🏢Hurmat bilan KHISO maktabi jamoasi
⚡️KHISO maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida oliy ta'limi muassasalari talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik chempionati”🏆

👨🏻‍🎓Sen yosh talabasan va bilimga chanqoqsan! Moliya bozorining har qanday vaziyatida ham toʻgʻri qarorlar qabul qila olishingga ishonching komil! Unda imkoniyatingni qoʻldan boy berma!
Markaziy bankning “Butunjahon jamgʻarish kuni”ga bagʻishlangan “Moliyaviy savodxonlik chempionati”da ishtirok etib, pullarni tejash va jamgʻarishda tengsiz ekanligingni isbotla!
Chempionatning final bosqichiga chiqqanlarga Markaziy bankning maxsus sovgʻalari bor!

📌 “Moliyaviy savodxonlik chempionati”ni oʻtkazish QOIDALARI

📝Chempionatda qatnashish uchun www.khiso.uz onlayn-olimpiada platformasidan roʻyxatdan oʻting.

🏃🏻Shoshiling, chempionatning saralash bosqichiga ulguring! Barchaga omad tilaymiz!

#jamgʻarmaqil
#butunjahonjamgʻarishkuni2020
#WorldSavingsDay2020
#savebig2020

👉
@khiso
Onlayn "Qizlar olimpiadasi" natijalarini e'lon qilamiz!

Batafsil:

👉
https://telegra.ph/Onlayn-Qizlar-olimpiadasi-natijalarini-elon-qilamiz-10-21

Izoh:
Kelasi oylarda “QIZLAR OLIMPIADASI” boshqa fanlardan (aniq, tabiiy, gumanitar) oʻtkaziladi. Barcha gʻoliblar 8-mart arafasida KHISO maktabi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tantanali taqdirlanadi!

👉 @khiso
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjaev darsliklar tarjimasida yordam berishni istaganlarga murojaat bilan chiqdi:

“Hurmatli oʻqituvchilar, olimlar va ota-onalar!

Ma'lumki, mamlakatimizda ta'lim jarayoni 7 tilda olib boriladi. Darsliklarning original maketlari esa oʻzbek tilida yaratilib (ona tili fanidan tashqari), keyin boshqa tillarga (qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik va turkman) tarjima qilinadi.

Tarjima ishlari nashriyotlarda amalga oshirilib, Respublika ta'lim markazining tegishli til muharrirlari tomonidan ko'rib chiqiladi.

Afsuski, bu jarayonga jalb qilingan mutaxassislarning malaka darajalari har doim ham talab darajasida bo'lmaganligi oqibatida, tarjimalarda xatoliklar kuzatilmoqda.

Jamoatchilik va ota-onalarning haqli e'tirozlarini tushungan holda, vazirlik tarjima jarayonlariga malakali mutaxassislarni taklif qilmoqda.

Agar siz mazkur jarayonga oʻz hissangizni qoʻshish istagida boʻlsangiz, quyidagi havola orqali oʻz haqingizda ma'lumotlarni yoʻllashingizni soʻraymiz:


👉 https://forms.gle/vrhXSZa8XxDgMxZ47
Olimpiadalarimizni sogʻingan aziz va bilimga chanqoq oʻquvchilar diqqatiga🏆

Biz talablarni oʻrgandik va imkon qadar barcha sinflarga barcha fanlardan 🥇🥈🥉 medalli olimpiadalar oʻtkazishni rejalashtirdik. Shuningdek koʻpchilikni vaqtini hisobga olgan holda kunning ikkinchi yarmi (18:00 dan soʻng) oʻtkazishda davom etamiz!

📌 Yana bir muhim yangilik! Prezident maktablariga tayyorgarlik koʻrayotgan oʻquvchilar uchun har oyda ikki marta aynan CAMBRIDGE tashkiloti standartlari asosida Tanqidiy fikrlash va mantiqiy matematika boʻyicha test oʻtkazamiz!
👨🏻‍🏫Testlarni Prezident maktabi faoliyat yuritgan yetuk mutaxassisimiz tuzadi.
Mashqda qiynalgan, jangda qiynalmaydi. Demak siz testlarni oʻtkazib yubormang!

Hisobingizni toʻldiring va olimpiadalarga oldindan roʻyhatdan oʻtib qoʻying!

👉
@khiso