KHISO olimpiada
19.6K subscribers
1.7K photos
573 videos
297 files
2.62K links
KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!

Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama
Download Telegram
KHISO olimpiada
Yozgi maktab-2026 mentorlari ro‘yxati (1-qism)! Xabaringiz bor, bu yil 6-marta o‘tkazilayotgan "YOZGI MAKTAB-2026" da sinflar kesimida darslar tashkil qilinadi. Kunning birinchi yarmida ilm, kunning ikkinchi yarmida sport va intellektual tadbirlar tashkil…
Yozgi maktab-2026 mentorlari ro‘yxati (2-qism)!

Xabaringiz bor, bu yil 6-marta o‘tkazilayotgan "YOZGI MAKTAB-2026" da sinflar kesimida darslar tashkil qilinadi. Kunning birinchi yarmida ilm, kunning ikkinchi yarmida sport va intellektual tadbirlar tashkil etiladi.

Quyidagi loyihaning akademik jamoasining ro‘yxatining 2-qismini e’lon qilamiz:

11. Raximov Karim – fizika-matematika fanlari doktori
12. Bazarbayev Sardor –
KHISO maktabi asoschisi.
13. Ozodov Rasulbek –
Respublika va Xalqaro olimpiadalar g‘olibi;
14. Xolmatov Jaloliddin
- Respublika va Xalqaro olimpiadalar g‘olibi;
15. Jo‘raqulov Sherzodbek
- Respublika va Xalqaro olimpiadalar g‘olibi;
16. Yuldoshev Mehriddin
- Shaxmat bo‘yicha Respublika va Xalqaro musobaqalar g‘olibi;


📍 YOZGI MAKTAB-2026 Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar Oromgohida o‘tkaziladi. Oromgohga Toshkent shahridan markazlashgan holda jo‘nab ketiladi.

📍 O‘quvchilarni Toshkent shahar Alisher Navoiy kinoteatri yonida soat 8:00 dan kutib olamiz. Eng oxirgi MiniBus lar 9:30 da jo‘nab ketadi.

❗️Kech qolmang va o‘zboshimchalik bilan borishga harakat qilmang. Tashkilotchilar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilar loyihadan chetlatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥5👍4
❗️ YANA BIR BOR ESLATAMIZ!

📍 YOZGI MAKTAB-2026 Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar Oromgohida o‘tkaziladi. Oromgohga Toshkent shahridan markazlashgan holda jo‘nab ketiladi.

📍 O‘quvchilarni Toshkent shahar Alisher Navoiy kinoteatri yonida soat 8:00 dan kutib olamiz. Eng oxirgi MiniBus soat 9:30 da jo‘nab ketadi.

❗️Kech qolmang va o‘zboshimchalik bilan borishga harakat qilmang. Tashkilotchilar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilar loyihadan chetlatiladi.


📍 LOKATSIYA: ➡️ https://yandex.ru/navi?whatshere%5Bzoom%5D=18&whatshere%5Bpoint%5D=69.260647,41.320445&si=4z037ct0d8cc7rjqa4czxgpyj4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👍17❤14🤩5
KHISO olimpiada
Video message
Yozgi maktabdan video va rasmlarni instagramdagi sahifamizda ulashib boryapmiz:

💻 Havola: ➡️ https://www.instagram.com/stories/khiso.maktabi/3945314651998831251?utm_source=ig_story_item_share&igsh=MWQ5bXI5cHZlNXhtbQ==
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
KHISO olimpiada
Video message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍49🔥9❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊 Bir yil. O‘nlab olimpiadalar. Yuzlab yutuqlar, Minglab doimiy ishtirokchilar, O‘n Minglab umumiy ishtirokchilar, Yuz Minglab ishtiroklar, Millionlab reyting ballar ,...


Ortda qolayotgan o‘quv yili biz uchun shunchaki sanalar almashinuvi emas, balki minglab o‘quvchilarning orzulari, mehnati va muvaffaqiyatlari bilan to‘la unutilmas davr bo‘ldi.

✨ Qisqacha raqamlarda:

🏆 50 dan ortiq olimpiada tashkil etildi.
📈 Shundan 33 tasi reyting olimpiadalari bo‘ldi.
🌍 17 ta KHISO va 14 ta xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.


👨‍🎓 Olimpiadalarimizda 10 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi va umumiy qatnashuvlar soni 100 ming martadan oshdi.

🏕 Yillik reyting bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni bir joyga jamlovchi "Yozgi maktab" loyihasi yangi darajada tashkil etilmoqda (20-26 iyul kunlari)

🛫 O‘quvchilarimiz bilan AQSh, Avstraliya, Indoneziya, Turkiya davlatlaridagi final bosqichlarida yurtimiz sha'rafini munosib himoya qildik. Oldinda AQSh (26-31 iyul Nyu York va 1-6 avgust Boston), Buyuk Britaniya (2-9 avgust) va Xitoy (10-16 avgust) safarlari bizni kutmoqda!


🥇 Birgina joriy o‘quv yilining o‘zida 80 dan ortiq o‘quvchimiz xalqaro olimpiadalarning final bosqichlarida biz bilan muvaffaqiyatga erishdi.

📍 Olimpiadalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarni qamrab olgan holda 31 ta manzilda tashkil etildi.

Har bir raqam ortida tinimsiz mehnat qilgan o‘quvchilar, fidoyi ustozlar, ishonch bildirgan ota-onalar va katta jamoamizning sa'y-harakatlari mujassam.

Biz uchun eng katta yutuq — bu nafaqat medallar, balki ilmga intilayotgan, o‘ziga ishongan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya qilayotgan yoshlarning safi tobora kengayib borayotganidir.

Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yanada ulkan marralar, yangi loyihalar va bundan-da katta g‘alabalar kutmoqda!

Birgalikda yanada yuksak cho‘qqilar sari! 🚀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤10🔥6
Forwarded from Sardor Bazarbaev
2019-yil 27-dekabr. Mashhur Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimi.

Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashib, takliflarimni bildirib, qo‘llab-quvvatlashlariga erishgan edik. Bu safar esa, qaysidir ma’noda, amalga oshirgan ishlarimiz yuzasidan hisobot berayotgan edim.

O‘sha paytda 5 ta hududda hokimlar bilan hamkorlikda (uni o‘shanda “Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi” deb atagan edik) olimpiadalar tashkil qilgan edik. Davlat rahbariga shu haqda ma’lumot berganimda:

“Sardor, menga qolsa, har kuni olimpiada qilgin. Bolalarim ertaga olimpiada bor deb, bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak.”


— degan edilar.

Ana shu so‘zlardan ilhom olib, olimpiadalar sonini yanada ko‘paytirdik. Birgina 2025–2026-o‘quv yilining o‘zida 50 dan ziyod olimpiada tashkil etdik, shundan 30 tasi oflayn formatda bo‘ldi.

Ko‘pchilik mendan:
“Shuncha tizimli va tinimsiz olimpiadalarni o‘tkazishga energiyani qayerdan olasiz?”

deb so‘raydi.

Bu energiyani men sizdan, hurmatli Prezidentimiz, bundan yetti yil avval olganman.

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!
👍45❤11🤩4🔥2
KHISO olimpiada
Video message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍36🔥8❤1
KHISO olimpiada
YOZGI MAKTAB - 2026 dasturi.pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 1-kun qanday o‘tgan edi?

🌞 20-iyul kuni erta tongdan ishtirokchilar kutib olinib, markazlashgan holda Yoshlar oromgohiga olib kelindi. O‘quvchilar xonalarga joylashgach, oromgoh muhiti va kun tartibi bilan tanishishdi.

Birinchi kunning o‘ziyoq mazmunli va qiziqarli tadbirlarga boy bo‘ldi:
🧠 Zakovat musobaqasi,
🎬 motivatsion filmlar namoyishi,
⚽️ sport musobaqalari va jamoaviy tanishuv mashg‘ulotlari.

Bu yil loyihada 🇺🇿 O‘zbekiston va 🇹🇯 Tojikistondan 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇪🇬 Misr hamda boshqa davlatlardan o‘quvchilar dasturga masofaviy formatda qo‘shilgan.

📹 Birinchi kun qanday o‘tgani bilan videomiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Bu hali boshlanishi. Oldinda ishtirokchilarni ilm, tajriba, do‘stlik va unutilmas taassurotlarga boy o‘tayotgan Yozgi maktab videolarini ulashib boramiz.

ℹ️ Admin: @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍30🤩7❤6🔥1
KHISO olimpiada
🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 1-kun qanday o‘tgan edi? 🌞 20-iyul kuni erta tongdan ishtirokchilar kutib olinib, markazlashgan holda Yoshlar oromgohiga olib kelindi. O‘quvchilar xonalarga joylashgach, oromgoh muhiti va kun tartibi bilan tanishishdi. Birinchi kunning…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 2-kun qanday o‘tgan edi?

☀️ 21-iyul kuni badantarbiya va mazali nonushtadan keyin “Yozgi maktab-2026” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham javob olishdi.

Shundan soʻng ilk mahorat darslari boshlandi. Darslarni xalqaro olimpiadalar gʻoliblari olib bordi.

2-kunda Futbol boʻyicha musobaqaning asosiy oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Umuman olganda bu kun ham yorqin lahzalarga boy boʻldi.

Bu yil loyihada 🇺🇿O‘zbekiston va 🇹🇯 Tojikistondan 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇪🇬Misr hamda boshqa davlatlardan o‘quvchilar dasturga masofaviy formatda qo‘shilgan.


📹 Ikkinchi kun qanday o‘tgani bilan videomiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Bu hali boshlanishi. Oldinda ishtirokchilarni ilm, tajriba, do‘stlik va unutilmas taassurotlarga boy o‘tayotgan Yozgi maktab videolarini ulashib boramiz.

ℹ️ Admin: @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍17❤13🔥1
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Bugun Yozgi Maktabda taqdirlash!

Taqdirlash marosimida millatimiz ilm-fani dargʻalaridan ustozimiz akademik Abdulla A’zamov qatnashadilar.

Bilasizmi, men oʻquvchi vaqtim ustozimizning kitoblarini koʻp yechardim. Ayniqsa “Kvant” jurnalidagi ustoz muallifligidagi olimpiada savollarini koʻrib faxrlanardim.

Biz koʻrishishni orzu qilgan ustozimiz qoʻlidan oʻquvchilarimiz medallarini olishadi.
1🔥15❤9👍5
Forwarded from Sardor Bazarbaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1👍28🔥25❤1
Final results-2026.pdf
392.7 KB
🎉 "YOZGI MAKTAB–2026" yakunlandi. Natijalarni e'lon qilamiz!

Bir hafta davomida bilim, do‘stlik, sport, motivatsiya va unutilmas xotiralarga boy bo‘lgan "Yozgi maktab–2026" o‘z nihoyasiga yetdi. Loyiha doirasida o‘tkazilgan "Yil finali" olimpiadasi esa eng kuchli o‘quvchilarni saralab berdi.

🏅 Yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar quyidagi maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi:
🎓 Qizlar uchun — "Qizlar akademiyasi" platformasining maxsus kartasi;
🌎 Kichik sinf o‘g‘il bolalari uchun — xorijiy tillarni o‘rganish imkonini beruvchi "Ibrat Academy" Gold kartasi;
📹 Yuqori sinf o‘g‘il bolalari uchun — 50 dan ortiq kasb va fanlarni o‘rganish imkonini beruvchi "Ustoz AI" Premium kartasi.


🏆 Bundan tashqari, mutlaq g‘olib bo‘lgan 20 ga yaqin o‘quvchi o‘z natijalariga mos ravishda planshet, aqlli soat va simsiz quloqchinlar bilan taqdirlandi.

🎁 Ammo bu hali hammasi emas!
"Yozgi maktab–2026" mamlakatimizning eng iqtidorli o‘quvchilarini birlashtirgani sababli, har bir ishtirokchi e'tibordan chetda qolmadi. Barcha o‘quvchilarga:
🎒 maxsus ryukzak;
👕 futbolka;
🧢 kepka;
📝 ishtirok sertifikati;
📚 loyiha uchun maxsus nashr etilgan kitob topshirildi.


Taqdirlash marosimida qatnasha olmagan ishtirokchilar o‘z sertifikat va sovg‘alarini 6-sentabrga qadar olishlari mumkin.

🇨🇳 Yana bir muhim yangilik!
Mazkur olimpiada G.A.T.E. xalqaro olimpiadasi final bosqichiga 6 ta bepul yo‘llanma sohiblarini aniqlash uchun yakuniy saralash vazifasini ham bajardi. 6 ta o‘quvchi faqatgina G.A.T.E saralash bosqichida yuqori natijaga erishgan 36 ta o‘quvchi orasidan aniqlanadi. Natijalar ayni paytda Xitoydagi tashkilotchilar bilan ko‘rib chiqilmoqda. 2 kun ichida G.A.T.E. finaliga yo‘l oladigan 6 nafar o‘quvchi rasman e'lon qilinadi.


⬇️ Yanada tushunarli bo‘lishi uchun ushbu post ostidagi izohdagi videoni ko‘ring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍16❤13🔥10
KHISO olimpiada
🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 2-kun qanday o‘tgan edi? ☀️ 21-iyul kuni badantarbiya va mazali nonushtadan keyin “Yozgi maktab-2026” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham javob olishdi. Shundan soʻng…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 3-kun qanday o‘tdi?

☀️ 22-iyul tongi odatdagidek quvnoq badantarbiya va mazali nonushta bilan boshlandi.

📚 Kun davomida xalqaro olimpiadalar g‘olibi bo‘lgan ustozlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. O‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, balki muvaffaqiyat sari eltuvchi tajribalarni ham o‘rganishdi.

⚽️ To‘yimli tushlikdan keyin, futbol musobaqasining yakuniy turlari tashkil etildi va g‘oliblari aniqlandi.

♟ Parallel tarzda yosh toifasiga ko‘ra shaxmat musobaqalari ham o‘tkazildi.

🎞 Kechki ovqatdan so‘ng maroqli "movie time" tashkil etildi.

📹 Xullas, Yozgi maktabning uchinchi kuni qanday o‘tganini videomiz orqali tomosha qiling. Oldingi kun videolari ham kanalimizda berilgan.

🌍 Bu yilgi loyihada 🇺🇿O‘zbekiston va 🇹🇯 Tojikistondan 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇪🇬 Misr hamda boshqa davlatlardan o‘quvchilar dasturga masofaviy formatda qo‘shilgan.


✨ Oldinda sizni Yozgi maktabning eng qiziqarli lahzalari, musobaqalar, mahorat darslari va unutilmas xotiralarga boy videolar kutmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤16👍9🔥4
KHISO olimpiada
Final results-2026.pdf
Last selection for G.A.T.E.pdf
186.7 KB
🇨🇳 Xitoyda bo‘lib o‘tadigan xalqaro G.A.T.E olimpiadasining final bosqichiga bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 6 nafar o‘quvchi aniqlandi!

Bu yil ilk bor tashkil etilayotgan va final bosqichi Xitoyning Hanchjou (Hangzhou) shahrida o‘tkaziladigan G.A.T.E International Olympiad uchun bepul ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 6 nafar o‘quvchi rasman tasdiqlandi.


📌 Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni mamlakatimiz bo‘ylab G.A.T.E xalqaro olimpiadasining dastlabki saralash bosqichi o‘tkazilgan va unda 240 nafar o‘quvchi ishtirok etgan edi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 36 nafar o‘quvchi 6 ta bepul yo‘llanma (2,5% lik kvota) uchun yakuniy saralash bosqichiga yo‘llanma olgan edi.

📖 23-iyul kuni o‘tkazilgan yakuniy saralash natijalari Xitoydagi tashkilotchilar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi va tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan 6 nafar g‘olib bepul yo‘llanma sohibi deb topildi.

👏 Yakuniy bosqichda g‘olib bo‘la olmagan o‘quvchilarning ham mehnati munosib e'tirof etildi. Ular G.A.T.E xalqaro olimpiadasining final bosqichida ishtirok etish uchun 30% gacha chegirma bilan taqdirlandi.

✔️ Shuningdek, dastlabki saralashda eng kuchli 36 nafar o‘quvchi qatoriga kirgan, biroq uzrli sabablarga ko‘ra yakuniy saralashda qatnasha olmagan 8 nafar o‘quvchi ham 10% chegirma olish huquqiga ega bo‘ldi.

🛫 Ayni paytda 17–23-avgust kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan final bosqichi uchun O‘zbekiston delegatsiyasini shakllantirish ishlari davom etmoqda.

📞Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
☎️ +998-55 515-80-88 (9:00 dan 18:00 gacha ish vaqti)
📱 +998 97 651-33-34

⏳ Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga juda oz vaqt qoldi! Xalqaro maydonda o‘z bilimingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤17👍8🔥5
KHISO olimpiada
🎯Xalqaro olimpiadalar FINAL bosqichida ishtirok oʻquvchilarga nima beradi? 📌 Navbatdagi xalqaro olimpiada saralash bosqichi 31-MAY kuni RESPUBLIKA boʻylab oʻtkaziladi. 🏆G.A.T.E (Xitoy) xalqaro olimpiadasi saralash bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar Xitoyning…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 O‘quvchilarimiz AQShdagi navbatdagi xalqaro olimpiadaga jo‘nab ketishdi!

🗓 26–31-iyul kunlari AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan COPERNICUS International Olympiad final bosqichida jamoamiz ham ishtirok etmoqda.

🎓 Olimpiadaning eng muhim tadbirlari — ochilish marosimi, final sinovlari va taqdirlash marosimi dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri, TOP-40 talikka kiruvchi Columbia University kampusida bo‘lib o‘tadi.

📍 Musobaqa doirasida ishtirokchilar Nyu-Yorkning mashhur ilmiy va tarixiy maskanlariga ham tashrif buyurishadi:
✅ National Museum of Mathematics (MoMath)

✅ Central Park

✅ Fifth Avenue & Times Square

✅ Statue of Liberty (Ozodlik haykali)

✅ SUMMIT One Vanderbilt

✅ American Dream Mall


📲 Safar davomida o‘quvchilarimizning taassurotlari, natijalari va eng qiziqarli lavhalarni Instagram'dagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring.

🇨🇳 Navbatdagi manzil — Xitoy!
Ayni paytda 17-23 avgust kunlari Xitoyning Hanjou shahrida bo‘lib o‘tadigan G.A.T.E International Olympiad final bosqichi uchun ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Agar siz G.A.T.E saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsangiz yoki KHISO olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan bo‘lsangiz, sizda ham xalqaro finalda ishtirok etish imkoniyati mavjud.


🌍 Dunyoning eng kuchli o‘quvchilari bilan bilim sinashish, yangi do‘stlar orttirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📞 Siz ham KHISO bilan xalqaro olimpiadalar finalida ishtirok etishni istaysizmi?

☎️ +998 55 515-80-88 (09:00–18:00)
📱 +998 97 651-33-34
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍18❤8🤩8
KHISO olimpiada
🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 3-kun qanday o‘tdi? ☀️ 22-iyul tongi odatdagidek quvnoq badantarbiya va mazali nonushta bilan boshlandi. 📚 Kun davomida xalqaro olimpiadalar g‘olibi bo‘lgan ustozlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. O‘quvchilar nafaqat…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 4-kun qanday o‘tdi?

☀️ 23-iyul tongi odatdagidek quvnoq badantarbiya va mazali nonushta bilan boshlandi.

⚡️ Yozgi maktabning 4-kunida ishtirokchilar uchun eng muhim sinovlardan biri — “Yil olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiada bir vaqtning o‘zida Arximed xalqaro olimpiadasining mintaqaviy final bosqichi ham hisoblanadi.

🤝 Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar qiziqarli jamoaviy o‘yinlar orqali nafaqat bilim, balki hamjihatlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazishdi.

🎬 Kechki ovqatdan so‘ng esa an’anaviy Movie Time ishtirokchilarga maroqli dam olish va unutilmas taassurotlar ulashdi.

📹 Yozgi maktabning to‘rtinchi kuni qanday o‘tganini videomiz orqali tomosha qiling. Avvalgi kunlar videolari ham kanalimizda e’lon qilingan.

🌍 Bu yilgi loyihada 🇺🇿 O‘zbekiston va 🇹🇯 Tojikistondan 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇪🇬 Misr hamda boshqa davlatlardan o‘quvchilar dasturga masofaviy formatda qo‘shilgan.


✨ Hali oldinda eng qiziqarli lahzalar! Musobaqalar, mahorat darslari, ekskursiyalar, taqdirlash marosimi va unutilmas xotiralarga boy videolarni kuzatishda davom eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19❤14🔥10
KHISO olimpiada
Last selection for G.A.T.E.pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Final bosqichi Xitoyda o‘tkaziladigan G.A.T.E xalqaro olimpiadasi sizni kutmoqda!

➕ Matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan G.A.T.E International Olympiad final bosqichi bu yil Xitoyning zamonaviy va go‘zal Hanjou shahrida bo‘lib o‘tadi.

📹 Ushbu video ostidagi izohda ishtirokchilar uchun tayyorlangan 6 kecha / 7 kunlik batafsil dastur bilan tanishishingiz mumkin.

✨ Hanjou nafaqat Xitoyning eng chiroyli va mashhur turistik shaharlaridan biri, balki innovatsiya va ta’lim markazlaridan ham hisoblanadi. Shu sababli ishtirokchilar xalqaro olimpiadada o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, unutilmas sayohat va madaniy tajribaga ham ega bo‘lishadi.

🛂 Yana bir muhim qulaylik — O‘zbekiston fuqarolari uchun Xitoyga vizasiz kirish imkoniyati mavjud. Bu esa safarni yanada oson va qulay tashkil etish imkonini beradi.

🌍 Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish nafaqat akademik portfolio va kelajakdagi universitet hujjatlari uchun muhim tajriba, balki xorijiy safarlar tarixini shakllantirish orqali kelgusida turli davlatlar vizalarini rasmiylashtirish jarayonida ham foydali omillardan biri bo‘lishi mumkin.

🛫 Ayni paytda 17–23-avgust kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan final bosqichi uchun O‘zbekiston delegatsiyasini shakllantirish ishlari davom etmoqda.


📞 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
☎️ +998 55 515-80-88 (9:00–18:00)
📱 +998 97 651-33-34

⏳ Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga juda oz vaqt qoldi!

Xalqaro maydonda o‘z bilimingizni namoyon etish va dunyoning turli davlatlaridan kelgan iqtidorli tengdoshlaringiz bilan bellashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍11🔥8❤6