KHISO KHOREZM
2.32K subscribers
292 photos
279 videos
237 files
744 links
KHISO olimpiada maktabining Xorazm boʻyicha rasmiy telegram kanali.

Admin: @khiso_admin
Download Telegram
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Forwarded from KHISO olimpiada
Yangi platformadan va olimpiadadan ro‘yxatdan o‘tish nega muhim?

Oldinroq xabar berganimizdek, endilikda barcha oflayn olimpiadalar uchun offline.khiso.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi va har bir ishtirokchiga o‘zgarmas shaxsiy kod (offline.khiso.uz platformasidagi id raqam) beriladi. Bundan keyin javoblar varaqasi ham yangilanadi va 8 talik shaxsiy kodingizni bilishingiz shart. U hech qachon o‘zgarmaydi.

📍 Olimpiadamiz oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing. Barchasi bitta havolada: ➡️ https://khiso.taplink.ws/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from KHISO KHOREZM (Sardor Bazarbaev)
1
Forwarded from KHISO olimpiada
Bugungi olimpiadada berilgan topshiriqlarning video yechimlarini e’lon qilamiz


🚀 Bugun kuni 1-8 sinf o‘quvchilar uchun ARCHIMEDES (Arximed) xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi va KHISO qoʻshma olimpiadasi butun Respublika bo‘ylab o‘tkazildi. Unda berilgan testlarning yechimlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin

🎞1-kategoriya (1-2 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ youtu.be/2ETudzcOBhI

🎞2-kategoriya (3-4 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ youtu.be/8iaFnWYVe58

🎞3-kategoriya (5-6 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ youtu.be/ZgMoiIyaTEY

🎞4-kategoriya (7-8 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ youtu.be/rZKzN-ziyVE

ℹ️ Bugungi olimpiadaning natijalari bilan 2 kun ichida kanalimizda e’lon qilinadi. Eslatib o‘tamiz, natijalar butun Respublika bo‘yicha umumlashtirilib e’lon qilinadi va g‘oliblar Yoshlar kuni (30-iyun) arafasida taqdirlanadi.

Bizdan uzoqlashmang, yozgi ta’til davomida ko‘plab onlayn olimpiadalar o‘tkazilaadi, kanalimizga hoziroq ulaning: ➡️ @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍1
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆32👍135🤩4👏2
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘p berilgan savollarga umumiy video-javob!

Biroz oldin ARCHIMEDES xalqaro olimpiadasi (saralash bosqichi) yakuniy natijalari va medalchilari e’lon qilindi (natijalar: ➡️ t.me/khiso/4963). Natijalari yuzasidan berilgan savollarga videoda javob berishga qaror qildik.


Agar videoni to‘liq ko‘rsangiz barcha savollarga javob olasiz:

1) Medallar taqsimoti qaysi qoida bilan aniqlandi?

2) Sertifikatni qanday yuklab olish mumkin. Endilikda offline.khiso.uz saytidagi shaxsiy akkauntdan yuklab olinadi. Bu juda oson, videoda ko‘rsatganmiz.

3) Ro‘yxatdan o‘tmagan (akkaunt ochmagan) o‘quvchilar sertifikat ololmaydi, ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishlari shart.

4) Yakuniy natijalar nega 1 kunda chiqdi va nega o‘zgarishlar bo‘ldi?
Qo‘shimcha izoh: 2-kategoriya (3-4 sinf) savollari ichida 24-savolda to‘g‘ri javob B ekan. Avval C kalit sifatida tekshirilgandi, natijalar yangilandi.

5) Yozgi maktabga kimlar bepul va kimlar qo‘shimcha to‘lov bilan chiqa oladi?

4) Reyting natijalarini tekshirib ko‘ring, bu siz uchun muhim.



Bizdan uzoqlashmang, yozgi ta’til davomida ko‘plab onlayn olimpiadalar o‘tkazilaadi, kanalimizga hoziroq ulaning: ➡️ @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fursatni boy bermay, Prezident maktabi imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘ring!


⚡️ KHISO maktabining xalqaro darajadagi chempion ustozlari tomonidan yozilgan "Prezident maktablari" kirish imtihonlariga tayyorgarlik uchun juda zarur bo‘lgan "Mantiqiy matematika", "Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar", olimpiadalarga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan "Olimpiada testlari" kitoblarini, shuningdek Turkiyalik ustozlar bilan hamkorlikda yozilgan, 3-4-sinf oʻquvchilari "Prezident maktabi" imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishi uchun juda ham kerakli boʻladigan "Matematika" kitobini endilikda siz butun respublika bo‘ylab Uzum Market ilovasi orqali buyurtma berib, hududingizga yaqin Uzum Market shahobchalaridan xarid qilishingiz mumkin.

🚀 Ushbu kitoblarni to‘liq o‘rganib chiqsangiz, "Prezident maktabi" imtihonlari hamda olimpiadalarda ortiqcha qiyinchiliklarsiz ko‘zlagan natijalaringizga erishishingiz mumkin!

Buyurtma berish uchun: ➡️ UZUMMARKET ⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆41
KHISO KHOREZM
Xorazm viloyati reyting (2024-2025).pdf
Xorazm viloyati reyting (2024-2025).pdf
1.8 MB
⚡️ #khiso_olimpiada lari bo‘yicha Xorazm viloyati yakuniy reytingini e'lon qilamiz🤩

Xabaringiz bor, barcha olimpiadalardagi natijalari umumlashtirib borildi.

⚡️ Ushbu faylda 2024-2025- o‘quv yilida Xorazmda o‘tkazilgan barcha oflayn olimpiadalar bo‘yicha yakuniy reyting keltirilgan.

📊 Barcha hududlar uchun reyting ballar 3 kun ichida yakunlanadi va "YOZGI MAKTAB-2025" ishtirokchilari e’lon qilinadi.


ℹ️ Ungacha reyting bilan tanishib, sizning ballaringiz to‘g‘ri hisoblanganiga ishonch hosil qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🏆2
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Super finalchilar.pdf
267 KB
⚡️ Super finalchilar soni 106* taga yetdi!


Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman.

😇 Joriy yilda olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi. 2025-yildagi jami 12 ta olimpiadadan keyin jami 106* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 51 tasi Xorazm, 24 tasi Toshkent shahar, 9 tasi Buxoro, 10 tasi Farg‘ona, 6 tasi Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi Samarqand, 1 tasi Andijon va 1 tasi Namangan viloyatidan. Afsus, bu mavsumda Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiydan "super finalchi" aniqlanmadi. Keyingi mavsumda ulardan ham faollik kutib qolamiz!


Eslatib o‘tamiz, "SUPER FINAL" bu "YOZGI MAKTAB-2025" degani emas. Super finalchilarning "YOZGI MAKTAB-2025"da ishtirok etishi kafolatlanmagan. Yakuniy reytinglardan keyingi "YOZGI MAKTAB-2025" ishtirokchilari aniqlanadi.

Super final olimpiadasi 28-iyun kuni o‘tkaziladi, g‘oliblar 29-iyun kuni umumiy taqdirlash marosimid taqdirlanadi. O‘tkazilish tartibi va taqdirlanish mexanizmi haqida ushbu videodan ma‘lumot olishingiz mumkin: ➡️ https://t.me/bazarbaevs/10672
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🏆5
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8👍6🤩2
KHISO olimpiada
Video message
Xorazm viloyati (YOZGI MAKTAB-2025).pdf
162.5 KB
XORAZM viloyatidan "YOZGI MAKTAB-2025" ga tavsiya qilingan o‘quvchilar ro‘yxati!


Natijalarni inobatga olishda qatnashgan olimpiadalar soni, umumiy to‘plagan bali va boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olingan.

Ushbu ishtirokchilar bugun (23-iyun) soat 20:00 ga qadar kelishini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Tasdiqlash ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1-usul: Kelish-ketish chiptalari (29- yoki 30-iyun kelish, 6-iyul kuni ketish) ni @khiso_admin ga yuborish.

2-usul: Chipta topa olmaganlar garov to‘lovi (600.000 so‘m)ni amalga oshirish. Garov to‘lovi barcha tadbirlarda faol qatnashgandan keyin o‘quvchiga qaytarib beriladi. Kelmasa kuyadi!

Tasdiqlanmagan o‘rinlar bekor qilinadi. "Kechikibman, xabarni ko‘rmabman" kabi sabablar inobatga olinmaydi. Qiziquvchilar juda ko‘p, joylarimiz cheklangan. Imkoniyatni qadriga yetaylik. Ertadan boshlab bo‘shagan o‘rinlar uchun to‘lov asosida (ushbu ro‘yxatda yo‘qlarga) qo‘shimcha joylar e’lon qilinadi.
11👍3🤩1
KHISO KHOREZM
Xorazm viloyati (YOZGI MAKTAB-2025).pdf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18👍9👏3🏆2🥰1🤩1👌1
Izohlarga emas murojaatingiz bo‘lsa @khiso_admin ga yozing. Shu kunlarda izohlarni o‘qishga ulgurmaymiz. Keyin, murojaatim e’tiborsiz qoldi deb yurmang.
👏13👍2
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏18🏆65👌3
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2912
Forwarded from Sardor Bazarbaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍9🏆82
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOZGI MAKTAB – 2025 qanday tadbirlarni o‘z ichiga olgan?


Bir necha yillardan beri anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan "Yozgi maktab" taʼlim loyihasi bu yil ham koʻtarinki ruhda oʻtishi kutilmoqda. Toshkent shahrida KHISO maktabi tomonidan tashkil etilayotgan bu yilgi "Yozgi maktab"ga nafaqat respublikamiz boʻylab, balki Markaziy Osiyoda joylashgan qoʻshni respublikalardan ham eng iqtidorli oʻquvchilar tashrif buyurishdi.

"Yozgi maktab"da oʻquvchilar bilimlarini oshirish bilan bir qatorda yangi doʻstlar orttirishadi, turli xil aqliy va sport musobaqalarida ishtirok etishadi, diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalarga borishadi, eng muhimi — vaqtlarini foydali va maroqli oʻtkazishadi.

❗️ Yozgi maktabda faqat va faqat tasdiqlangan o‘quvchilargina ishtirok etishadi. Tasdiqlangan ro‘yxat: ➡️ t.me/khiso/4986

Ota-onalar uchun eslatma: Hurmatli ota-onalar, farzandingiz oʻzi bilan birga sport kiyimlari va shaxsiy gigiyena vositalarini olib kelishini taʼminlashingizni soʻraymiz!

Bu yilgi "Yozgi maktab" har doimgidan ham foydali hamda yorqin lahzalarga boy boʻladi, degan umiddamiz!

⚡️ Bizdan uzoqlashmang, YOZGI MAKTAB dasturi va boshqa ma’lumotlar kanalimizda e’lon qilib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
132🏆2👍1
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun "Yozgi maktab" da ochilish marosimi va adaptatsiya kuni boʻlib oʻtdi!

Xabaringiz bor, bu yil Yozgi maktab Archimedes xalqaro olimpiadasining finali sifatida ham o‘tkazilmoqda. Loyihada bu yil 🇺🇿O‘zbekistonlik va 🇹🇯Tojikistonlik jami 400 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etmoqda.


Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida loyiha rahbari Sardor Bozorboyev qoidalar va #yozgi_maktab_ustozlari ni tanishtirdi. Shuningdek, Tojikiston delegatsiyasi rahbari, xalqaro olimpiadalar g‘olibi va eksperti Farrukh Karimov ushbu olimpiadaning ahamiyati haqida tushuntirish berdi.

👕 🎒🧢 Shundan soʻng o‘quvchilarga futbolka, ryukzak, kepka va boshqa esdalik sovg‘alari tarqatildi.


💸 Shuningdek, Yozgi maktab ishtirokchilari orasidagi "Super final" ishtirokchilarga 10$ dan 60$ gacha pul yutuqlariga egalariga topshirildi.

🍛 Tushlik, erkin grafik va kechki ovqat tashkil qilindi.

➡️ Ertaga sizni qiziqarli darslar va tadbirlar kutmoqda

📍 LOKATSIYA

Loyiha hamkorlari TTPU va TIFT universitetlari

ℹ️ Admin: @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏107👍3🏆1