KHISO KHOREZM
2.3K subscribers
296 photos
286 videos
237 files
753 links
KHISO olimpiada maktabining Xorazm boʻyicha rasmiy telegram kanali.

Admin: @khiso_admin
Download Telegram
KHISO KHOREZM
Video message
Assalomu alaykum, hurmatli Xorazmlik oʻquvchilar!

25-dekabr soat 14:00 da IT park binosida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan taqdirlash marosimi Toshkent-Urganch samolyot reysining noqulay ob-havo sababli kechikkani uchun qoldirilgan edi.

Taqdirlash marosimi bugun (26-dekabr) soat 15:00 da Xorazm IT park binosida oʻtkaziladi. Oldingi olimpiadalarda medallarini olmagan oʻquvchilar ham ushbu taqdirlash marosimida medallarini olishi mumkin.

Bizga bogʻliq boʻlmagan noqulaylik sababli uzr soʻraymiz va barchangizni bugun taqdirlash marosimida kutamiz!

Batafsil maʼlumotni @khiso_khorezm kanalidan olishingiz mumkin.
🥰64🔥2
Forwarded from KHISO olimpiada
📚2025-yilning eng soʻnggi yakshanbasini ham ilm bilan oʻtkazing!

📌28-dekabr (yakshanba) kuni onlayn BEPUL integratsion olimpiada oʻtkaziladi:
Matematika ➡️ Ingliz tili ➡️IQ Test

09:00 dan 23:00 gacha

🧐2026-yilda oʻquvchilarni yana qanday olimpiadalar kutmoqda?
➡️https://t.me/khiso/5366

🔝Yakshanba kunini behuda oʻtkazmang va muvaffaqiyatli insonlar qatorida boʻling! Zero, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

📲BEPUL onlayn integratsion olimpiadada barcha tanishlaringiz qatnashishi uchun ushbu xabarni ularga ham ulashib qoʻying!

💻Onlayn integratsion olimpiadalar oʻtkaziladigan manzil: ➡️ @khisouzbot

❗️Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha yoʻriqnoma: 
➡️https://t.me/khisofaq/2

❗️Izoh: Ushbu onlayn integratsion olimpiada natijalari xalqaro "YOZGI MAKTAB — 2026" yoʻllanmasini taqdim etuvchi umumiy reyting ballariga qoʻshilmaydi!

ℹ️ Savollar uchun admin:
➡️ @khiso_admin
📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring: 🔣@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆Xorazmda katta taqdirlash marosimi va iqtidorli oʻquvchilar bilan ochiq suhbat!🌟

⚡️26-dekabr kuni Xorazmda:
              🥇🥈🥉
⚡️7-dekabrdagi — 6-KHISO olimpiadasi
21-dekabrdagi —
🌐 KOMODO Math Competition
⚡️21-dekabrdagi — 7-KHISO olimpiadasining taqdirlash marosimlari o‘tkazildi.

📌KHISO olimpiada maktabi asoschisi, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Bozorboyev Xorazmlik iqtidorli oʻquvchilar bilan olimpiadalarning oʻrni va foydasi, yillik sarhisob hamda kelgusi rejalar haqida ochiq muloqot tashkil qildi.

👨‍👩‍👧‍👦Taqdirlash marosimida olingan fotolavhalarni Facebook sahifamizda koʻrishingiz mumkin:
➡️https://www.facebook.com/share/p/1GmuJu6x6t/?mibextid=wwXIfr

📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring:➡️@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏63🏆3
Forwarded from Sardor Bazarbaev
🎉 Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Zafarbek Azimbayevich! 🎉

📌Bugun KHISO olimpiada maktabining eng faol va yetakchi xodimlaridan biri — Zafarbek Ishchanovning tugʻilgan kuni!

🌟Hurmatli Zafarbek Azimbayevich! Sizni tavallud ayyomingiz bilan KHISO jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz! 📚Taʼlim yoʻlida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz, masʼuliyatli yondashuvingiz va tashabbuskorligingiz biz uchun nihoyatda qadrli.

🔝Sizning saʼy-harakatlaringiz tufayli ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar o‘z salohiyatini namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda. Jamoamizdagi yetakchilik, samimiyat va professional muhitni shakllantirishdagi hissangiz alohida eʼtirofga loyiq.

🤲Sizga mustahkam sogʻlik, cheksiz kuch-gʻayrat, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Har bir boshlagan ishingiz barakali, rejalaringiz esa doimo amalga oshuvchi boʻlsin! Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!

⚡️Hurmat bilan, KHISO jamoasi😀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🎉4
Forwarded from KHISO olimpiada
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi onlayn olimpiada boshlandi!

Aziz oʻquvchilar, onlayn olimpiada bugun soat 9:00 dan 23:00 gacha davom etadi. Ushbu videoda olimpiadaga kirish koʻrsatilgan.

Unutmang, onlayn olimpiada khiso.uz platformasida boʻlib oʻtadi. (Oflayn olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtish platformasida emas).

23:00 da barcha elektron sertifikatini yuklab olishi mumkin.

Hoziroq bepul qatnashing va doʻstlaringizga tavsiya qiling. Bu yakshanbani ham foydali va yangi savollar bilan oʻtkazing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆3
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎁Yarim yillik boʻyicha qaysi oʻquvchilar taqdirlanadi?🎯

🏆KHISO olimpiadasi va boshqa xalqaro olimpiadalar saralash bosqichlarida muntazam qatnashib, 2025-2026 oʻquv yilining dastlabki ikki choragiga koʻra eng yaxshi natija koʻrsatgan 25 nafar oʻquvchi qimmatbaho gadjetlar bilan taqdirlanadi!

🔥Bu hali hammasi emas, har bir sinf boʻyicha TOP 10 talik oʻquvchilarga 2026-yilning dastlabki choragida ishga tushadigan yangi mobil ilovamizdan 1 oylik bepul foydalanish huquqi yangi yil sovgʻasi sifatida taqdim etiladi!

Qolgan o‘quvchilar uchun ham imkoniyat saqlanib qolmoqda! Buning uchun keyingi yarim yillikda bilimlarini oshirib, barcha olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari zarur.

Barcha o‘quvchilarga omad!
Navbatdagi olimpiadalar bilan quyidagi havola orqali tanishing:

➡️https://t.me/khiso/5366

ℹ️ Savollar uchun admin:
➡️ @khiso_admin
📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring: 🔣@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1🥰1
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎯Copernicus xalqaro olimpiadasi saralash bosqichida kimlar ishtirok eta oladi?

📹Videoni oxirigacha ko‘rib chiqing! Ushbu saralash bosqichi haqida sizni qiziqtirgan ko‘plab savollarga aynan shu videoda javob topishingiz mumkin. 👀

🗓11-yanvar (yakshanba) kuni
🇺🇿O‘zbekiston bo‘ylab va 🌐 butun dunyoda 1–11-sinflar o‘rtasida Copernicus xalqaro olimpiadasining oflayn 2-saralash bosqichi o‘tkaziladi.

🏆Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar:
🇦🇪2026-yil iyun oyida — Dubayda,
🇺🇸iyul oyining oxirida — Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan 🌟 Global Final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

📊Ushbu saralash bosqichi natijalari ham reyting ballariga qo‘shiladi.

🎁31-dekabrgacha bayram munosabati bilan 💸 arzonroq narxda onlayn ro‘yxatdan o‘ting va 🆓shu kuni o‘tkaziladigan 8-KHISO olimpiadasida BEPUL ishtirok eting!

❗️Oflayn olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtish:
🔣 offline.khiso.uz

❗️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma (havola ustiga bosing!):
📲 t.me/khiso/5059

❗️Respublika bo‘ylab oʻtkaziladigan manzillar (khiso taplinkni ustiga bosing!):
📌 khiso.taplink.ws

❗️ Savollar bo‘lsa, murojaat qiling:
@khiso_admin

📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring:➡️@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🏆1
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎁Farzandingiz uchun eng yaxshi sovg‘a nima deb o‘ylaysiz?🧐

👨‍👩‍👧‍👦Ota-ona farzandi uchun bera oladigan eng katta yaxshiligi — uni ilm olishi uchun sharoit yaratib berishi bo‘lsa, 📚unga bera oladigan eng zo‘r sovg‘asi — bu kitob, aslida.Qolgan hamma narsa vaqt oʻtishi bilan eskirishi mumkin, 🧠ammo olingan bilim hech qachon eskirmaydi va keraksiz bo‘lib qolmaydi.

⚡️KHISO olimpiada maktabi ustozlari tomonidan yozilgan:
📘Mantiqiy matematika
📗Olimpiada testlari
📕Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar” to‘plamlari nafaqat farzandingizni xalqaro olimpiadalarga tayyorlanishida, balki 🎓Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablar
imtihonlariga tayyorlanish
imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishda eng foydali qo‘llanmalardan bo‘la oladi!

🔥2026-yil kirib kelishi munosabati bilan 26% gacha chegirma bilan kitoblarimizni xarid qilishingiz mumkin! 🕔Shoshiling, chegirma 10-yanvarga qadar davom etadi!

📩 Kitoblarga buyurtma berish:
@khiso_lc_admin

✍️ Taklif va hamkorlik uchun murojaat: @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32
Forwarded from KHISO olimpiada
2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣🔠🔠🔠 chinakam xayrli va barakali yil bo‘lsin!

😀Kirib kelayotgan 2026-yil barchamiz uchun muvaffaqiyatli yil bo‘lsin. Yurtimizda tinchlik, xotirjamlik va farovonlik bardavom bo‘lsin.

🇺🇿Taʼlimda qilinayotgan islohotlar o‘z samarasini berib, 2⃣0⃣2⃣6⃣-yildan boshlab yurtimizda bilimli yoshlar yana ham ko‘paysin. Xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida ilmga bo‘lgan muhabbat yanada oshib, kelgusida al-Xorazmiy, al-Buxoriy, al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa buyuk ajdodlarimiz kabi dunyoni ilm bilan tebratadigan avlodlar yetishib chiqsin! Davlatimiz rahbari taʼkidlagan 3-Renessansni bizning yoshlar qurishiga ishonamiz!📚

💫Har bir xonadonda sihat-salomatlik, ertangi kunga ishonch, qilinayotgan ishlarda baraka bo‘lsin. 2026-yil yurt ravnaqi yo‘lida harakat qilayotgan barchaning mehnati o‘z natijasini bersin!

🏆O‘quvchilarimiz xalqaro fan olimpiadalarida ulkan natijalarga erishib, o‘zbek yoshlari nafaqat sportda, balki taʼlimda ham dunyoda yetakchi o‘rinlarda ekanini isbotlash nasib qilsin! 🌍

Yangi yil hammaga qutlug‘ kelsin! Hurmat bilan, KHISO olimpiada maktabi jamoasi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoni har bir yosh ko‘rishini juda xohlardim.

Yozilmagan maqsad — tez unutiladi, yozilgan orzu esa rejaga, rejalar esa natijaga aylanadi.

Bu yil jamoamiz va shaxsan men uchun alohida mazmunli, barakali va unutilmas bo‘ldi.

Yil boshidan:
— Olimpiadalarimiz geografiyasi keskin kengaydi va bugun KHISO olimpiadalari butun respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda.
— Oflayn tarzda 30 000, onlayn tarzda 500 000 dan ortiq o‘quvchini qamrab oldik.
3 ta yangi kitob nashr etdik va jami kitoblarimiz soni 17 taga yetdi.

Ilk bor Copernicus xalqaro olimpiadasining rasmiy vakilligini qo‘lga kiritdik va hozirda 10 ga yaqin xalqaro olimpiadalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Iyun oyida ustozim Karim Raximov boshchiligida talabalar o‘rtasida rahmatli ustozimiz akademik Azimboy Sadullayev nomidagi Pi-olimpiadasini muvaffaqiyatli o‘tkazdik.

Iyul oyida esa O‘zbekiston va Tojikistondan eng kuchli 400 nafar o‘quvchini birlashtirgan “Yozgi maktab – 2026” loyihasini amalga oshirdik.

30 dan ortiq ishtirokchi biz orqali Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Copernicus Global bosqichida qatnashdi. Natija: 4 ta 🥇, 3 ta🥈, 7 ta 🥉 medal va o‘quvchimiz Ko‘palov Shohjahon — “Absolute Winner”, MacBook Air sohibi bo‘ldi 💻

Ammo eng asosiy va eng faxrli yutug‘im — bu nafaqat ilmiy, balki hayotiy ustozim, fizika-matematika fanlari doktori Karim Raximov rahbarligida PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritganim bo‘ldi.

Shuning uchun yana bir bor aytaman: 📝 Maqsadlaringizni bugunoq yozib qo‘ying. Bajarilganlari yoniga ✔️ belgisini qo‘yib boring.

Qissadan hissa shuki — sizga 2026-yilda barcha maqsadlaringiz yoniga ✔️ belgisini qo‘yishni chin dildan tilayman.
Omad, ilhom va katta yutuqlar siz bilan bo‘lsin! 🚀

👋 Darvoqe, men allaqachon 2026-yil uchun maqsadlarimni yozib qoʻydim. Navbat sizga!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤝1
Forwarded from KHISO olimpiada
🎯KOMODO Math Competition FINAL bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiriting! 🌎

🗓29-yanvardan 3-fevralgacha
🇮🇩Indoneziyaning Bali orolida KOMODO Math Competition Global FINAL bosqichi bo‘lib o‘tadi! ⭐️FINAL bosqichidan tashqari, o‘quvchilarni xalqaro tajriba va doʻstlashuv, maroqli ekskursiyalar hamda 🌴unutilmas sayohatlar kutmoqda!

📌4-yanvar kuni 21-dekabrda qatnasha olmagan o‘quvchilar uchun FINAL bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkonini beruvchi 💻ONLAYN qo‘shimcha saralash bosqichi oʻtkaziladi.

🎓1–11-sinflar uchun
😀Matematika fanidan
🌐Onlayn formatda

🚀Soʻnggi imkoniyatni oʻtkazib yubormang!

💻Onlayn olimpiadalar oʻtkaziladigan manzil: ➡️ @khisouzbot

❗️Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha yoʻriqnoma: ➡️  YOʻRIQNOMA

❗️Murojaat uchun admin:
💬@khiso_admin

📝 Olimpiadalar haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, kanalimizga obuna boʻling va bizni muntazam kuzatib boring:➡️@khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆1