KHISO KHOREZM
2.18K subscribers
316 photos
313 videos
238 files
821 links
KHISO olimpiada maktabining Xorazm boʻyicha rasmiy telegram kanali.

Admin: @khiso_admin
Download Telegram
Forwarded from KHISO olimpiada
🚨 Farzandi final bosqichlariga borishni istagan ota-onalar diqqatiga!

Hurmatli ota-onalar, iltimos, ushbu xabarni jiddiy qabul qiling.

Finalga yo‘llanma olgan o‘quvchilarning platformadagi telefon raqamlariga avvalo avto-qo‘ng‘iroq, so‘ngra SMS xabarnoma yuboramiz.

Ammo amaliyotda quyidagi holatlar uchramoqda:
— Telefon ko‘tarilmaydi;
— Saytga noto‘g‘ri yoki ishlamaydigan raqam kiritilgan bo‘ladi;
— SMS’ni farzand ochadi, lekin ota-onaga aytmaydi yoki e’tiborsiz qoldiradi.

Natijada muhim imkoniyat qo‘ldan boy berilishi mumkin.

🌍 Finalga borish uchun muhim talablar:
1️⃣O‘quvchida xorijga chiqish pasporti (“qizil pasport”) bo‘lishi shart.
2️⃣Har bir olimpiadaning o‘z talabi va xarajatlari mavjud.
• Talablar – musobaqa o‘tkaziladigan davlat (viza tartibi) bilan bog‘liq.
• Xarajatlar – asosan o‘quvchining natijasiga bog‘liq.
🏅 Oltin, kumush va bronza medal sohiblariga 10% gacha chegirmalar mavjud.

📌 Iltimos:
— Doim ishlaydigan telefon raqami bilan akkaunt oching.
— Bizdan keladigan qo‘ng‘iroq va SMS’larni e’tiborsiz qoldirmang.
— Farzandingiz telefonini ham nazorat qiling.

Hozirda IMEC va JSEO olimpiadalari finallari uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlanmoqda.
Tez orada TeenEagle va Copernicus bo‘yicha bog‘lanish boshlanadi.
🇺🇸 Olympiad USA bo‘yicha deyarli barcha o‘quvchilarning AQSh viza suhbatlari allaqachon belgilangan (aprel oyidan boshlanadi).

Farzandingiz xalqaro maydonga chiqish arafasida. Iltimos, aloqada bo‘ling va imkoniyatni boy bermang!
⭐️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM