KHISO KHOREZM
2.19K subscribers
325 photos
327 videos
238 files
845 links
KHISO olimpiada maktabining Xorazm boʻyicha rasmiy telegram kanali.

Admin: @khiso_admin
Download Telegram
KHISO KHOREZM
🔥 Ertaga muhim kunda barchaga omad! Ertaga olimpiadamizning maxsus bayramona soni sizni kutmoqda: 11-KHISO matematika olimpiadasi — soat 10:00 da; Oldingi olimpiadalar taqdirlash marosimi mart oyi oxirida o‘tkaziladi. Qiziqish juda yuqori bo‘lgani sababli…
Bugun — ikki baravar muhim kun. Bugun nafaqat yakshanba, balki 8-mart — goʻzallik, mehr va ilhom bayrami hamdir.


Ko‘pchilik bu kunni dam olish bilan o‘tkazadi. Ammo sizlar — o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan o‘quvchilar — bugun ham olimpiadaga yo‘l olyapsiz. Bu esa sizning intilishingiz, mehnatsevarligingiz va haqiqiy g‘oliblik ruhingizni ko‘rsatadi. Unutmang: katta natijalar oddiy kunlarda emas, aynan mana shunday kunlarda yaratiladi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay bilim uchun qadam tashlayotgan har bir o‘quvchi allaqachon g‘olibdir.

Ayniqsa, bugun olimpiadada qatnashayotgan barcha qizlarni 8-mart bayrami bilan tabriklaymiz. Sizlarning bilimga bo‘lgan intilishingiz, jasoratingiz va mehnatingiz biz uchun qadrlidir.


11-KHISO matematika olimpiadasisoat 10:00 da;
Oldingi olimpiadalar taqdirlash marosimi mart oyi oxirida o‘tkaziladi.

1.  Manzil: Urganch shahrida joylashgan 6-sonli maktab binosi.

LOKATSIYA  📍 Maktab joylashuvi

2. Manzil: Xiva shahrida joylashgan Maʼmun maktabi binosi.

LOKATSIYA 📍  Maktab joylashuvi

❗️ Quyidagi maslahatlarga amal qiling:
🔺 Shoshmang, qanday yechgan bo‘lsangiz javoblar varaqasiga shuni ko‘chiring!
🔺 Savollar kitobchasi sizning mulkingiz, uni o‘zingiz bilan olib chiqing.
🔺 Bugun noto‘g‘ri javob uchun ball ayrilmaydi, shunday ekan barcha savolga javob berishga harakat qiling.
🔺 Eng muhimi, o‘zingizga ishoning!


Savollar bo‘lsa: 💬 @khiso_admin

🏆 Barchangizga omad!

Yuzingiz yorug‘, natijalaringiz baland bo‘lsin! 🚀
Ishoning — bugun siz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆5
Forwarded from KHISO olimpiada
⚡️ OLIMPIADA NATIJALARI QACHON E’LON QILINADI?

📌Xabaringiz bor, bugun respublikamiz boʻylab11-KHISO olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi!

⚡️Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 1500 ga yaqin iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi! 👏

🎞 Ertaga — video yechimlar e’lon qilinadi!
📊 Seshanba kuni — dastlabki natijalar!
🏅 Chorshanba kuni — yakuniy natijalar!

📁Barcha hududlardan ishlar yig‘ib olindi va tekshirish jarayoni boshlandi.


🎞 Bizning YOUTUBE kanalimizga a’zo bo‘ldingizmi? Hoziroq a’zo bo‘ling:
➡️ https://www.youtube.com/@KHISOUZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍1
Forwarded from KHISO olimpiada
11-KHISO olimpiadasida berilgan topshiriqlarning video yechimlarini e’lon qilamiz


🚀 8-mart kuni 1—11-sinf o‘quvchilar uchun 11-KHISO olimpiadasi butun Respublika bo‘ylab o‘tkazildi. Unda berilgan testlarning yechimlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin

🎞0-kategoriya (1-2 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/baTQKuG4SyI
✍️ Yechimlar muallifi: Davrbek Oltiboyev

🎞1-kategoriya (3-4 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/9GdxvD7LwKs
✍️ Yechimlar muallifi: Abrorjon Farmonov

🎞2-kategoriya (5-6 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️https://youtu.be/9DHZkozMBBY
✍️Yechimlar muallifi: Dilmurod Sobirov

🎞3-kategoriya (7-8 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️https://youtu.be/MQ_t-T_6x64
✍️Yechimlar muallifi: Dilmurod Sobirov

🎞4-kategoriya (9-11 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️https://youtu.be/1q8WaXNSYY0
✍️Yechimlar muallifi: Dilmurod Sobirov

ℹ️ 11-KHISO olimpiadasining dastlabki natijalari ertaga soat 23:00 ga qadar kanalimizda e'lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Farzandim yaxshi bilim olishi uchun mashinamni sotaman" — ta’limni boylikdan ustun qo‘ygan ota

Ko'pincha ota-onalar farzandi bilimi uchun yetarlicha investitsiya kiritolmaydi, bunga imkoniyatim yetmaydi deb o'ylaydi. Ammo, shunday ota-onalar borki, ular o'z mashinasini sotib bo'lsa-da, farzandini o'qitish niyatida.

"Tanaffus" podkastining 33-sonida ota-onalarning farzand ta'limidagi roli hamda KHISO olimpiadalar maktabi faoliyati haqida gaplashar ekanmiz, mazkur maktab asoschisi Sardor Bazarbayev olimpiadalar bola uchun shunchaki musobaqa emas, balki katta hayotga yo‘llanma ekanini tushuntirib berdi.

Ota-onalardan vakil sifatida ko'rsatuvda ishtirok etgan Ikromjon Yoʻlchiyevning suhbat davomida aytgan bir gapi barchamizni o‘ylantirib qo‘ydi.

"Hozir mashinamni sotmoqchiman. Maqsadim — bolam yaxshi bilim olsin. Mashina-ku topilaveradigan matoh, lekin bolaning o‘qish yoshi o‘tib ketsa, uni qaytarib bo‘lmaydi", - deydi u.


Keling, yaxshisi podkastning davomini hoziroq YouTube sahifamizda tomosha qiling va uni ota-onalarga ham albatta yuborib qo'yishni unutmang!

▶️ To'liq video — https://youtu.be/QlY7GikLwtw

Telegram l Instagram l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Eng uzoq kutilgan olimpiadalardan biri: FINAL olimpiadasi manzili — Turkiya!

🇺🇿 Oʻzbekistonlik o‘quvchilar endi yana bir xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega!

🇹🇷 Turkiyaning mashhur “Tales Matematik Muzesi” tashkiloti bilan hamkorlikda TALES xalqaro matematika olimpiadasining saralash bosqichi tashkil etilmoqda.

🗓 22-mart kuni butun Respublika bo‘ylab oflayn tarzda o‘tkaziladi.

🚀 Bu olimpiada sizga nima beradi?

📘Har bir ishtirokchi va ustoziga xalqaro elektron sertifikat

📊 Har bir ishtirokchiga reyting ballari;

🥇 G‘oliblarga medallar va diplomlar;

📚 Eng yuqori natija egalari Turkiyalik matematiklar bilan hamkorlikda nashr etilgan kitoblar bilan taqdirlanadi.


🏆 ENG ASOSIYSI — FINAL YO‘LLANMASI

🇹🇷
Saralash bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar
12–17 may
kunlari Turkiyada o‘tkaziladigan TALES xalqaro matematika olimpiadasi FINAL bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.


📎 Olimpiada o‘tkaziladigan manzillar va ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi:
➡️ t.me/khiso/5470

📧 Murojaat uchun admin:
💬 @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍1