KHISO KHOREZM
2.32K subscribers
292 photos
279 videos
237 files
744 links
KHISO olimpiada maktabining Xorazm boʻyicha rasmiy telegram kanali.

Admin: @khiso_admin
Download Telegram
KHISO KHOREZM
🏆3-4 sinf oʻquvchilari uchun soʻnggi reytingli olimpiadani e’lon qilamiz! 🎓 Ushbu maxsus test Prezident maktabi imtihonining asosiy bosqichi standartidagi oʻtkaziladi. 📆 Yakshanba 23-iyun kuni soat 8:00 da: 📍 Urganch shahridagi Hamid Olimjon nomidagi 6…
23-iyun Results (3-4 sinf).pdf
194.5 KB
📊 Yakuniy maxsus test natijalari va g‘oliblarni e'lon qilamiz!

Bugun 3-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "TANQIDIY FIKRLASH&MUAMMONI HAL QILISH&INGLIZ TILI" maxsus testida jami 68 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali soat 13:00 dan boshlab olishlari mumkin.

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 8 nafar o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan bugunning o‘zida taqdirlanishdi.

📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda har bir o‘quvchining reyting ballari jamg‘arib boriladi va yakuniy natijaga ko‘ra eng yaxshi natija egalari "YOZGI MAKTAB-2024" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Bugun 14:00 da yakuniy reytingni e'lon qilamiz.

❗️ IZOH: TJS - to‘g‘ri javoblar soni, NJS - noto‘g‘ri javoblar soni, BJS - belgilanmagan javoblar soni, M - matematika, I - ingliz tili.

❗️ ANIQLIK: Xohlovchilar uchun javoblar varaqasi @khiso_admin tomonidan tashlab beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9💯2
KHISO KHOREZM
23-iyun Results (3-4 sinf).pdf
4-sinf yakuniy reyting (XORAZM).pdf
540 KB
3-4 sinf o‘quvchilarining yakuniy reytingini e'lon qilamiz!


2024-yil 7-yanvardan 15-iyunga qadar 3-4-sinf o‘quvchilari uchun jami 9 ta olimpiada va 6 ta maxsus test o‘tkazildi. Ushbu olimpiadalar bo‘yicha yuqori natijaga erishgan jami 50 nafar o‘quvchiga "YOZGI MAKTAB-2024" ga 100% bepul yo‘llanma berdik va kamida 5 ta olimpiadada ishtirok etgan yana 19 nafar o‘quvchi iyul oyida nashrdan chiqadigan "MANTIQIY MATEMATIKA-3" nomli kitobimiz bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

YOZGI MAKTAB 14-21 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida o‘tkaziladi. Unda Tojikiston, Turkiya va boshqa davlatlardan o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

IZOH: Faylda yo‘llanmaga ega bo‘lganlar 🟦 rang bilan, kitob bilan taqdirlanadigan o‘quvchilar 🟥 rang bilan belgilangan.


Eslatib o‘tamiz, oldinroq 1-2 sinf va 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari uchun yakuniy reyting e'lon qilingan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🏆4👏1🎉1
KHISO KHOREZM
🏆3-4 sinf oʻquvchilari uchun soʻnggi reytingli olimpiadani e’lon qilamiz! 🎓 Ushbu maxsus test Prezident maktabi imtihonining asosiy bosqichi standartidagi oʻtkaziladi. 📆 Yakshanba 23-iyun kuni soat 8:00 da: 📍 Urganch shahridagi Hamid Olimjon nomidagi 6…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Mavsumning so‘nggi reytingli olimpiadasi oʻtkazildi!


23-iyun kuni Urganch shahrida 3-4 sinf o‘quvchilari uchun "TANQIDIY FIKRLASH&MUAMMONI HAL QILISH&INGLIZ TILI" maxsus testi o‘tkazildi!

Oʻquvchilarga nafaqat imtihon standartidagi savollar va javoblar varaqasi (boʻyaladigan) berildi.


🥇 G‘oliblar shu joyning o‘zida turli darajadagi medallar bilan taqdirlanishdi.

📊 Shuningdek, bugun yakuniy reyting ballari va "YOZGI MAKTAB-2024" yo‘llanmasini olgan o‘quvchilar e'lon qilindi.

🇺🇿 ning Xorazmdagi rasmiy kanali: 👉 @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🎉1🏆1
Hurmatli ota-onalar diqqatiga!

Yozgi maktabga yoʻllanma olgan ba’zi oʻquvchilarning ota-onalaridan bir nechta murojaatlar kelib tushmoqda:

1) Poyezdga chipta oldim. Nazorat qilib ketadigan odam bormi?

2) Yonida onasini yubormoqchiman yotoq joyi bormi?

3 kun ichida maslahatlashib yechim topishga harakat qilamiz. Iloji boricha hammaga qulay variantda yechim topishga harakat qilamiz. Siz oʻz fikringizni izohda qoldirsangiz bizga yechim topishda yordam boʻlishi mumkin.
👍442👏1🏆1
KHISO KHOREZM
Yozgi maktab va reyting natijalari bo‘yicha qoʻshimcha video murojaat! Barchasi haqida videodan bilib olishingiz mumkin. YOZGI MAKTAB 14-21 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida o‘tkaziladi. Unda Tojikiston, Turkiya va boshqa…
YOZGI MAKTABCHILAR.pdf
174.4 KB
"YOZGI MAKTAB-2024" - "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali ga bepul yo‘llanma olgan o‘quvchilarning umumiy ro‘yxati.

Bugundan boshlab ushbu ro‘yxatdagi 105 nafar o‘quvchi bilan adminstratorimiz (Dilnoza) birma-bir bog‘lanib chiqadi. Kelishini aniq tasdiqlashlari kerak bo‘ladi. Sababi, bo‘shagan o‘rinlar uchun qo‘shimcha joy e'lon qilinadi.
👍41
KHISO KHOREZM
Voice message
Yozgi maktab vaqti bilan maxsus maktablar imtihoni kesishmaydi
👏30👍142
KHISO KHOREZM
YOZGI MAKTABCHILAR.pdf
Yozgi maktabga bora olmasak ham kitob beriladimi?

Batafsil ovozli xabarda.
👏246👍5
Farzandingiz qaysi transport orqali Toshkentga kelmoqchi?

Izoh: Vokzal bilan gaplashdik. 16 yoshga toʻlmagan bola kuzatuvchi bilan kelishi mumkin. 13-sanada yuradigan poyezd uchun 1 ta va avtobus uchun (agar koʻpchilik boʻlsa) 1 ta kuzatuvchi qoʻyamiz.
Anonymous Poll
65%
Poyezda
14%
Avtobusda
21%
Oʻzim olib boraman
20👍7🎉32
KHISO KHOREZM
Farzandingiz qaysi transport orqali Toshkentga kelmoqchi?

Izoh: Vokzal bilan gaplashdik. 16 yoshga toʻlmagan bola kuzatuvchi bilan kelishi mumkin. 13-sanada yuradigan poyezd uchun 1 ta va avtobus uchun (agar koʻpchilik boʻlsa) 1 ta kuzatuvchi qoʻyamiz.
Hurmatli ota-onalar!

Koʻpchilik bilan maslahatlashib, eng qulay va eng xavfsiz transport vositasi poyezd degan xulosaga keldik.

13-iyul kuni 18:15 da Urganch shahridan yurib, 14-iyul kuni soat 08:02 da Toshkent shahriga yetib keladigan poyezd eng maqbul reys ekan. Bu reysda chiptalar ham yetarlicha (plaskartga ham, kupe ga).


Biz tomondan qoʻyilgan kuzatuvchiga (zarur boʻlsa yana koʻpaytiramiz) 10-vagon (boʻsh joy eng koʻp boʻlgan) dan chipta olindi.

14-iyul kuni kutib olish va yotoqxonaga yetkazishni tashkillashtiramiz. “Yozgi maktab”da qatnashishni rejalashtirganlar aynan shu sana va shu reysga chipta olishlari kerak boʻladi.

Izoh:
Hozircha 90 ta oʻquvchi aniq qatnashishini, 5 ta aniq qatnasha olmasligini va 10 ta “maslahatlashib javob berishi”ni ma’lum qildi. Bugun yana bir marta bogʻlanganimizdan keyin qoʻshimcha joylarni e’lon qilamiz. Hozirgi holatda 5 tadan 15 tagacha joy boʻlishi mumkin.


🥇 Yozgi ilm bilan oʻtkazing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34💯2
Ustozlarimiz omon boʻlsin!

Bundan oldin ham bir necha ustozlar kuzatuvchi sifatida yordam berishlarini yozishgandi. Kuch birlikda, bundan xursandmiz.


Darvoqe, final olimpiadasi 19-iyulda oʻtkazilib, taqdirlashi 20-iyulda oʻtkaziladi. 21-iyulda ham sayohat rejalashtirilgan. Xohlovchilar 20-iyulga (oʻzlari ketadiganlar) qaytish chiptasini olishlari mumkin. Lekin, koʻpchilik (iloji boricha hamma) 21-iyulga olgani maq’ul.
👍1511🏆1
KHISO KHOREZM
Hurmatli ota-onalar! Koʻpchilik bilan maslahatlashib, eng qulay va eng xavfsiz transport vositasi poyezd degan xulosaga keldik. 13-iyul kuni 18:15 da Urganch shahridan yurib, 14-iyul kuni soat 08:02 da Toshkent shahriga yetib keladigan poyezd eng maqbul…
Qaytish chiptasini qaysi vaqtga olaylik?


Mana shu savol bilan koʻpchilik murojaat qoldirgan. Qaytish chiptasini 21-iyul kuni soat 18:15 ga olishlari kerak boʻladi. Kuzatuvchilarimizga aynan shu sanaga (bu safar ham 10-vagon) chipta olindi.

Vokzalga kuzatib qoʻyish tashkillashtiriladi!

Izoh: Kimdirlar 21:09 dagi reysga olgan boʻlsa ham muammo boʻlmaydi. Agar ular koʻpchilikni tashkil etsa alohida kuzatuvchi biriktiriladi.
👍27
Yoʻllanma olmaganlar uchun qoʻshimcha joy e’lon qilinadimi?

Yotoqxona imkoniyatidan kelib chiqib hozircha atiga 10 ta qoʻshimcha joy ajrata olamiz. Bunda yotoqxona uchun kuniga 80.000 soʻm va 3+1 mahal (nonushta, tushlik-1-2 va kechki ovqat) 65.000 soʻm. Bu narxlar 150 kishiga shartnoma tuzilgani uchun arzon etib belgilangan.

Qoʻshimcha oʻrinlarga +998932825657 raqami orqali yozilishingiz mumkin.

Izoh: Qoʻshimcha oʻrinda kelganlar uchun ham futbolka, esdalik sovgʻalari va “Ulugʻbek izdoshlari-2024” kitobi bepul beriladi.
👍25👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz, Sardor Bazarbaev yozmoqda:

O‘zim matematik bo‘lganim uchun emas, hayotimda juda ko‘p saxiy matematiklar uchratganim uchun ham "matematiklardan yomon odam chiqmaydi" deyman. Mana shunday saxiy insonlardan biri - Bekzod aka To‘xtasinov bo‘ladilar. Yanvarda ustozim Karim Rahimov va Bekzod aka bilan uchrashganimizda "qarindoshlarim o‘rtasida kitobxonlik tanlovini tashkil qildim" deganlarida qoyil qolgandim. Sizga ulashayotgan videoni ko‘rganimdan keyin, to‘g‘risi hayratlandim va havas qildim.

Bekzod aka o‘qituvchilarning farzandi hisoblanadi. Rahmatlik otalari Soliyev Ilhomjon matematika fani o‘qituvchisi bo‘lganlar. Ularning otalari Soliyev To‘xtasin - boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi. Ya’ni, o‘qituvchining nevarasi. Onalari Soliyeva Faridaxon hozirda nafaqadalar. 30 yildan ortiq chet tili fanlaridan dars berganlar. Do‘stlik ordeni va "Xalq ta’lim a’lochisi" ko‘krak nishoni sohibasilar. Ularning otalari Qayumov Abdurahmon savdogar bo‘lganlar. Bugungi kunda Abdurahmon va To‘xtasin buvalarning 100 dan ortiq chevaralari bo‘lib, maktab yoshidagi 50 dan ortiq chevara mavjud.


Yoshlarni kitobga bo‘lgan mehrini oshirish va Ikki avlod hamjihatligini mustahkamlash maqsadida 2024-yil yanvar oyida Faridaxon buvi tashabbusi bilan #kitobxonlik_tanlovi e’lon qilindi. Tanlov shartiga ko‘ra har bir o‘quvchi bir oy mobaynida bitta kitob tanlab o‘qishi kerak edi. 5 oy mobaynida 42 nafar o‘quvchi 300 dan ortiq kitob o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi. Tanlov qat’iy nizom asosida tashkil qilinib, yoshlar har oy o‘qigan kitoblarni oldindan belgilangan tartib asosida hay’at a’zolariga taqdim qilib borishdi. Natijalarga bag‘ishlangan tantana 23-iyun kuni Soliyev Ilhomjon ustozning xonadonida tashkil etildi. Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.

To‘g‘risi, havas qildim. Agar hammamiz kitobga, ilmga Bekzod akadek shaxsiy namuna bilan munosabatda bo‘lsak tezroq buyuk davlatga aylanamiz. Shu o‘rinda, Bekzod aka va ularni tarbiyalagan insonlarga rahmat. Men uchun eng yaxshi e’tirof "otangga rahmat". Bekzod aka otangizga rahmat!
👍26🥰3👏2🏆21😍1
KHISO KHOREZM
Yoʻllanma olmaganlar uchun qoʻshimcha joy e’lon qilinadimi? Yotoqxona imkoniyatidan kelib chiqib hozircha atiga 10 ta qoʻshimcha joy ajrata olamiz. Bunda yotoqxona uchun kuniga 80.000 soʻm va 3+1 mahal (nonushta, tushlik-1-2 va kechki ovqat) 65.000 soʻm.…
Qo‘shimcha joylar uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha joy uchun ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar faqatgina yotoq joyi va ovqatlanish uchun to‘lov qiladi. Qolgan barcha imkoniyatlar (xususan darslarda va final olimpiadasida qatnashish, kitoblar hamda esdalik sovg‘alari) bepul taqdim etiladi.

Bo‘sh joylarga talabni inobatga olgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bepul) yo‘llanma olgan o‘quvchilar 5-iyul 12:00 ga qadar Yozgi maktab-2024 da qatnashishlarini yana bir bor tasdiqlashlari va yo‘l chiptalarini @khiso_admin ga yuborishlari talab etiladi. Chunki biz futbolka va ovqatlanish uchun oldindan shartnoma tuzishimiz kerak.

❗️Vaqtida tasdiqlamagan o‘quvchilar ro‘yxatdan chiqariladi va bo‘sh o‘rinlar e'lon qilinadi.

Hozircha atiga 6 ta bo‘sh o‘rin mavjud. Qoʻshimcha oʻrinlarga +998932825657 raqami orqali yozilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍203
Nihoyat uzoq kutilgan kitobimiz tayyor boʻldi!

Va’damizga binoan 1-2-3-4 sinf oʻquvchilaridan 115 ta (74 nafar finalga chiqqan va 41 nafar kamida 5 marta qatnashgan) oʻquvchiga bepul beriladi.

Ertaga Toshkent shahridan Xorazmga joʻnatamiz. Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari tugagach barcha taqdirlanuvchilarni Yoshlar Markaziga chaqirib, kitoblarni taqdim etamiz!
👍40🔥43👏1👌1